Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə24/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Исхоков Тарихий география

Topshiriqlar variantlari:

  1. Mavzuni o‘rganishda turli adabiyotlarda mavjud ma’lumotlarni jamlash, tahlil etish birinchi savolning asosiy mazmunini ochib berishga e’tibor qaratish.

  2. Ikkinchi va uchinchi asosiy savol mohiyati haqida ma’lumotlar, faktlar berish, voqea-hodisaning sabablarini ochib berish lozim.

  3. Tarixiy voqeani qiyoslash va solishtirish, tahlil etish orqali mustaqil fikr va xulosalar tayyorlash.

Nazorat savollari:
1) Mavzuning mohiyatini sharhlang!
2) Mavzu bo‘yicha manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni bilasizmi?
3) Mavzuda keltirilgan tarixiy hudud bugungi qaysi viloyat, shahar hududiga to’ri keladi?


Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati:
1. Бўриев О. Марказий Осиё тарихий географияси, ЎзМУ, Т., 2014
2. Камалиддинов Ш.С. Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязичним источникам IХ – начала ХIII вв. Т., 1996.
3. Merrills A.H. History and geography in Late Antiquity, Cambridge University Press, 2005, P. 406
4. Бўриев О. Ал-Фарғоний ва унинг илмий мероси. Т., 1998.
5. Малявкин А.Г. Историческая география Центральной Азии (Материали и исследования). Новосибирск СО, 1981


Seminar mashg‘uloti-IX. Katalon jahon atlasi va Markaziy Osiyo xaritasi

XVI – XVIII asrlarda G'arbiy Yevropada keng tarqalgan dunyoning siyosiy xaritalarida o'rta Osiyo hududlari O'zbek, O'zbekiya, Buxara, O'zbek Mova­raunnahr, O'zbek Turkistan deb umumiy nom bilan atalgan. Shuni qayd qilish kerakki, bu nomlarning barchasi xalq nomi sifatida emas, balki joy nomi, yana mamlakat nomi sifatida qo'llanilgan. Shunday xaritalardan biri, «Kaspiy dengizi va o'zbek mamlakati xaritasi» deb nomlanadi. Bu karta 1735 yilda Yoxannes van Gelen tomonidan Nyurenberg shahrida nashr etilgan. Xarita Gollandiyalik xaritashunos Abraham Maasning qo'lyozma xaritasi asosida amalga oshirilgan. Abraham Maas esa uni o'z navbatida 1723 yilda Pyotr I tomonidan Eron va boshqa Sharq mamlakat­lariga yuborilgan elchilari uchun maxsus tayyorlangan rus xaritasining asl nusxasidan ko'chirgan.


Karta Shimolda Rossiyaga qarashli Qalmuqiya (Kalmuchia) viloyati va Qozoq­lar viloyati, Sharqda - Qoshg'ar viloyati, Janubda Hindistonga qarashli Qobul viloyati va Eronga qarashli Zabuliston, Xuroson hamda Astrabod bilan chegaradosh bo'lgan. Agar xaritaga diqqat bilan qaraydigan bo'lsak, Abraham Maas xaritasida XVI –XVII asrning birinichi yarmida o'zbeklar yasha­gan hududlar, ikkinchi tarafdan esa Shayboniylar (XVI asr) va Ashtarxoniylar (XVII-XVIII asrning birinchi yarimi) sulolariga tegishli o'zbek xonlarining siyosiy hokimiyatiga bo'ysungan hududlar aks ettirilgan. Shuningdek, kartada bu hududlar 11 ta o'lka va viloyatlarga bo'lingan. Bu ma'muriy birliklar xaritada uch qatorda joylashtirilgan. Yuqori qatorda 6 viloyat joylashgan. Turkiston, Farg'ona, Tosh­kent, Axsikent, Farob, Orol, Turk­man cho'li; o'rta qatorda 3 ta viloyat Samarqand, Buxoro, Xiva, pastki qator­da ikkita qator joylashgan. Badaxshon va Balx. Shuningdek, 2 ta viloyat – Buxoro va Xivaga nisbatan Propria (mulk) so'zi ish­latil­gan. Fikri­mizcha, bu xonlik ma'nosini anglatgan bo'lsa kerak.
Xaritaning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, unda o'troq aholi yashay­digan joylar, (Bu joylar katta-kichikligiga qarab minorali masjid yoki 2 ta masjid shaklida maxsus belgilar bilan belgilangan) bilan bir qatorda ko'ch­manchi chor­vador aholi yashaydigan hududlar ham aks ettirgan bo'lib, ular qabilaning katta-kichikligiga qarab, bir necha o'tov shaklidagi belgilar bilan belgilangan.
Xaritada shahar va qishloqlar bir-biri bilan chiziqlar orqali birlash­tirilgan bo'lib, bu chiziqlar karvon yo'llarini anglatgan. Xaritada qora rangli doiracha va uning ustidagi bayroq shaklidagi belgilari ham mavjud. Bu doirachalar karvon yo'llari yoqasida joylashgan kichik qishloqlarni, bayroqli doirachalar esa karvo­nsaroylarni anglatgan bo'lishi mumkin.
Xaritada ko'plab tog' tizmalari aks ettirilgan lekin ulardan faqat ikkita­sining nomlari keltirilgan: karbadas montes (Samarqand viloyatida Keshdan ­sharq­­da va Termizdan shimolda) va Balchan montes (Xiva vilo­ya­tida Kaspiy dengizining Balxan qo'ltig'i qirg'oqlarida).
Xaritada ko'plab joy nomlari, shaharlar, aholi punkti nomlari ham qayd etil­gan. Xaritadagi mazkur nomlarning ko'pchiligi o'rta asr yozma manbalarida ham qayd etilgan. Joy nomlarining yozilishi va ularni joylanishidagi ayrim noaniqlik­larga qaramasdan bu xarita O'rta Osiyo tarixi va geografiyasi bo'yicha muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
Xulosa qilishimiz mumkinki, kartorafiya o'tmishda yashagan xalqlarning davlatchilik tarixi va ularning joylashish o'rni, xalqlar etnografiyasi, shaharsozligi tarixini bugungi kun nuqtai nazarida gavdalantirishda muhim manba sanaladi. Shuning uchun bu fan haqli ravishda yordamchi tarix fanlari asoslari yo'na­lishiga kiritilgan.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin