Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə28/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Исхоков Тарихий география

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • D arik
Girkan dengizi

Hyrcanus Sea



Гирканский море

Tarixiy manbalarda Kaspiy dengizining qadim­gi nomi. O‘rta asrlarda esa Jurjon, Harkon dengizi deb yuritilgan. Dengizning janubiy sohillaridagi tarixiy viloyat esa Girkaniya (Jurjoniya) deb atalgan.

Dabiriston

Dabiristan



Дабиристан

1) Podsholik huzuridagi mirzaxona. Bu yerda maxsus kotiblar, ya’ni dabirlar tomonidan dav­lat maktubi, xujjatlari tuzilgan va tahrir qilingan; 2) O‘rta asrlar davrida Movaroun­nahr shaharlaridagi eski maktab. Bunday mak­tab­larda bolalar ozmi-ko‘pmi dunyoviy fanlar­dan umumiy ma’lumot olishgan. Odat­da mashhur shoirlarning devonlarini o‘qib chi­qish­gan, yozish va hisoblashni o‘rgan­ganlar.

Darik

darik (gold coin)

дарик (золотая монета)

Qadimgi Eron oltin tangasi. Darikning paydo bo‘lishini Ahamoniylar podshosi Doro I (mil. avv. 522-486) nomi bilan bog‘laydilar. Bir darik (og‘irligi 8,4 g) 5,6 g og‘irlikdagi 20 ta kumush tanga qiymatiga teng bo‘lgan. Bu xildagi tanga­larining mamlakatimiz hududidan ham topil­gani­gi qadimdan O‘rta Osiyo bilan Eron o‘rtasida savdo aloqalari muvjudligini ko‘rsatadi.

Darxon

tarhan (title)

тархан (титул)

(mo‘g‘. - temirchi, kosib, ozod kishi) - 1) Chingiz­xon va uning vorislari tomonidan hukm­ron sinf vakil­lariga, oddiy xalq orasidan chiqib, hokimlarga alohida xizmat ko‘r­satgan kishilarga berilgan unvon. Darxonlik imtiyoziga ega bo‘l­gan kishi har qanday soliq va majburi­yat­lardan ozod qilingan, ulug‘ xon huzurida bo‘lish huquqidan ham foyda­langan. Darxonlarning 9 marta qilgan jino­yat­­lari kechirilgan. Bu unvon mo‘g‘ullar, temu­riy­lar va shaybo­niylar davrida Mova­roun­nahr va Yaqin Sharqda keng tarqal­gan; 2) O‘rta asrlarda turkiy xalqlardagi yer egasi - feodal; 3) O‘rta Osiyo xonliklarida feo­dal­lar­ning davlat soliqlari­dan ozod qilingan yer-suv, mol-mulklari.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin