Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 283,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix02.01.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#44144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
navoiy talqinida kuy badiiy mahorat va estetika birligi (1)

I bob. Navoiy talqinida kuy 

I.1. Kuy va kuychi so`zlarining shakl va ma`no xususiyatlari. 

Tilimizda kuy va kuychi ma`nolarini anglatuvchi bir necha so`zlar bor bo`lib, 

ayni paytda bu so`zlarning har biri o’rni bilan o’zgacha ma’no qirralarini kasb etib, 

o`z shakldoshlariga ham ega. Shu sabab e`tiborimizni ushbu so`zlarning Navoiy 

ijodiga xos leksik-semantik hamda morfem-morfologik jihatlariga qaratsak. Buyuk 

tilshunos olim “Muhokamat ul-lug`atayn” asarida kuy so`zini ham tilga oladi va 

uning shakldoshlik xususiyatlarini quyidagicha ochiqlab beradi: “va ko`k lafzin 

ham necha ma`no bila iste`mol qilurlar. Biri ko

`k−“osmon”  ni  derlar,  yana 

ko`k−“ohang”dur, yana ko`k−“tikarda ko`klamak”dir, yana ko`k−“qadag`”ni ham 

derlar, yana ko`k –“ sabza-vu o`lang” ni dag`i derlar”

3



Demak, bugungi tilimizda musiqa ma`nosini anglatuvchi kuy so`zi aslida “ko`k” 

shaklida bo`lib, u keyinchalik ayrim fonetik o`zgarishlar (“o’ ” unli fonemasining 

“u”, “k” undosh fonemasining “y” tovushlari) ga uchraganligi natijasida hozirgi 

holiga kelib qolgan. Shuning uchun ham “ohang” ma`nosidagi kuy hozirda Navoiy 

keltirgan “tikarda ko’klamak”, “osmon”, “qadag`” va “sabza-vu o`lang” kabilar 

bilan shakldoshlik hosil qilmaydi, balki fonetik o’zgarishga uchraganligi hisobidan 

“yuqori haroratda badan yoki uning biror qismiga shikast yetkazmoq” ma`nosidagi 

kuymoq fe`li bilan omonimdir. Kuy tub so`z bo`lib, morfologiyada ot so`z turkumi 

tarkibida o`rganiladi. 

Kuy so`zining bir necha ma`nodoshlari ham bor bo`lib, ulardan biri navodir. 

Porso Shamsiyev rahbarligida tuzilgan “Navoiy asarlari lug`ati”da navo so`zi 

shunday izohlanadi:  

Navo 1.Ovoz, sado. 2. Kuy, musiqa ohangi; mugnli un. 3. Navo nomli maxsus 

bir kuy. 4. Boylik. 5. Nasib, bahri; Navo topmoq-  bahra topmoq, bahralanmoq; 

                                                             

3

Qosimjon Sodiqov.“Muhokamat ul-lug`atayn” ni o`qib o`rganish. T. 2011. 34-b. 




 

Navo tuzmak

−kuylamoq, sayramoq; Navo chekmak−kuylammoq; Benavo−yo`qsil, 

bechora, bahrasiz; Xush navo–xushovoz, yaxshi kuylovchi; Navo naqshi

−navo 

kuyi; Navo-vu soz



−uy jihozlari. 

4

 



Lug`atda bu so`z yana bir qancha yasovchilarni qabul qilib, shuningdek, ba`zi 

birikmalar tarkibida kelib, o`zgacha ma’no qirralarini ham namoyon qilishi 

misollar bilan ko`rsatiladi. Qizig`i shundaki, kuy va navo so`zlarining yuqorida 

qayd etilgan har bir ma’nosi Navoiy lirikasida o`z aksini topgan. 

Navo forsiydan o`zlashgan so`z bo’lib, Navoiy davri turkchasida bu so`z 

lug`atda izohlangan har bir ma’nosi bilan faol bo`lgan. Masalan, Navoiyning ukasi 

Darveshaliga qarata aytgan quyidagi baytga diqqat qilsak: 

Navosiz ulusning navobaxshi bo`l, 

Navoiy yomon bo`lsa, sen yaxshi bo`l.  

Bu o`rinda navosiz

−“bebahra,  yo`qsil”  ma’nolarida,  navobaxsh  -  “bahra 

ulashuvchi, xalq koriga yarovchi” ma’nolarida kelyapti. 

Navo o`rin joy oti yasovchi–goh qo`shimchasini olib, “navo joyi, sayrash joyi” 

ma’nosini beradi: 

Anga sidra shoxi navogoh o`lub,  

Munga ravza bog`i charogoh o`lub.

5

 

Shuningdek,  navogo`, navozanda, navoiy, navosoz  so`zlarining ham asosi 



“navo” bo`lib, ularning barchasi “kuychi, cholg`uchi; ashulachi; allachi” kabi 

ma’nolarni beradi.  

                                                             

4

“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov. T.1972. 445-b. 



5

O`sha asar .446-b. 

 



 

Yana  nag`ma  so`zi ham birinchi ma’nosida “ohang, kuy, maqom”, ikkinchi 



ma’nosi bilan “sayrash” so`zlariga teng keladi.

6

 Masalan:  



So`zda Navoiy ne desang, chin degil, 

Rost navo nag`maga tahsin degil.

7

 

Navoiy davrida “nag`mayi rexta“nomli maxsus bir kuy bo`lgan: 



Mug`anniy, tuzat nag`mayi rexta, 

Ani qil o`zing birla omexta. 

8

 

Nag`ma so`zi ham nag`mazan, nag`makash, nag`makor, nag`mapardoz, 




Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin