Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 283,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix02.01.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#44144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
navoiy talqinida kuy badiiy mahorat va estetika birligi (1)

nag`masaroy, nag`masoz  kabi shakllarda kelib, “kuylovchi, xonanda, sozanda, 

ashula aytuvchi, cholg`uchi” ma’nolarini beradi

9

.  


Yana tarona so`zi ham quyidagi ma’nolarda keladi: 

1. Ashula, ohang, maqom; 2. Aruz ilmida ruboiy vaznining nomi; Tarona 



surmak

−kuylab  o`qimoq;  so`zlamoq;  Tarona tuzmak, tarona chekmak−ashula 

aytmoq, xonish qilmoq, kuylamoq

10



Masalan: 

Istasangkim, nag`mang ichra ko`p xaloyiq o`lmagay, 

Ul ikavdin ko`p, vale mendin tarone oz tuz. 

                                                             

6

“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 457-b. 



7

Alisher Navoiy  “Hayrat ul-abror” mukammal asarlar to`plami, yigirma tomlik, 7-tom. T. 1992. 93-b. 

8

“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 457-b. 



9

“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 458-b. 

10

“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 537-b. 




10 

 

Ushu so`zlarning ma’nodoshlaridan yana biri, surud  bo`lib, bu so`z Navoiy 



ijodida: ashula, qo`shiq, kuylash, musiqa, shuningdek, surud tortmoq

−kuylamoq; 



surud yasamoq

−ashula qilmoq, kuyga solmoq  kabi ma`no ko`lamini kasb etadi 

11



Masalan:  



Gar mening holim desang tuz barcha dostoni niyoz, 

Dilbarimdin nag`ma soz etsang, surudi noz tuz. 

Bu so`z surud chekmak  shaklida kelib, ashula aytmoq, kuylamoq ma’nolarini 

beradi: 


Subh bo`lg`och yana surud chekib, 

Nag`ma birla navoyi rud chekib.  

Bu so`zlarga ma’no jihatdan teng keluvchi yana bir so`z yir  bo`lib, “ashula, 

qo`shiq, jir” ma’nolarini beradi va yirlamaq, yirlag`uchi, yirov  tarzida so`z 

yasovchi qo`shimchalarni ham qabul qiladi. Lug`atda har uch so`zning ham izohi 

berilgan: yirlamoq

−jirlamoq, ashula qilmoq; yirlag`uchi−jirlovchi, ashula qiluvchi, 

hikoyachi; yirov

−jirov, baxshi, doston aytuvchi, hikoya aytuvchi; ashulachi

12

.  



Demak, yir so`ziga faol qo`shimcha -la  qo`shilib, otdan fe’l yasalgan, so`ng 

hosil bo`lgan yirla so`ziga -g`uvchi  sifatdosh shakli yasovchi qo`shimcha 

qo`shilgan. Ma’lumki, ko`pgina kasb otlari asli sifatdosh hisoblanib, yirlag`uvchi 

so`zi ham shular jumlasidandir. Ayni shu so`zga ma’nodosh hisoblangan yirov esa 

otdan yasalgan otdir. Umuman, yir va undan yasalgan so`zlar xalq kuy-qo`shiqlari 

uchun qo`llanilgan atamalardir:  

                                                                                                                                                                                                    

 

11



“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 567-b. 

12

“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 296-b. 



 


11 

 

 



Ey yirov, sen ham eshikni ko`rguz, 

Yo to`g`on birla ulug` yirni tuz. 

Yo to`g`onchi degay o`turgach un, 

Sen qadah ol-u to`quz qatla yukun

13



Yuqoridagi so`zlarning yana bir ma’nodoshi qo`shiq  so`zidir.Ammo bu 



so`zning asosini tashkil  etuvchi  qo`sh  so`zi qaysi ma’nodan kelib chiqqanini 

belgilashda biroz ehtiyotkorlik lozim. Navoiy va undan oldingi davr turkiysida 

“qo`shuq” so`zi “ashula” ma`nosidan sal yiroq bo`lgan. Tadqiqotlarga ko`ra, qo`sh 

so`zi eski tilimizda omonim so`z bo`lgan va quyidagi ma’nolarni anglatgan: 

1. Ikki narsani bir-biriga aralashtirmoq yoki ulamoq. 

2.  To`qimoq (she’rga nisbatan). 

3.  Omoch, ho`kiz 

14



Qo`shiq so`zi “qo`sh”ning ikkinchi ma’nosi “to`qimoq”dan yasalgan, 

“omoch”dan emas. Tilimizda  -k,  -q qo`shimchalarining fe’ldan (otdan emas) ot 

yasashi bunga yana bir isbot bo`la oladi. “Devoni lug`oti turk”da 

qo`shuq

−to`qilgan  narsa,  ya’ni  she’r  ma’nosini  bildirgan.  “Hayrat  ul-abror”dan 

olingan quyidagi bayt ham shu izohga yaqin: 

Anglamayin so`zda tuyuq bahrini,  

Qaysi tuyuq, balki qo`shuq bahrini. 

                                                             

13

Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” 698-b. 



14

Q. Sodiqov “Navoiy – kuy va qo`shiq so`zining ma`nosi”.  “Sharq mash`ali” jurnali 1,2-sonlar. T. 2001. 56-59-bb. 

 



12 

 

Shuningdek, “Mezon ul-avzon”da Navoiy quyidagilarni yozadi: 



“Yana  qo`shuq  durkim, arg`ushtak usulida shoye’dur va ba’zi advor kutubida 

ul usul zikr bo`lubtur va ul surud a’borning teva surar hudilari vazni bila madidiy 

musammaniy solimda voqe’ bo`lur, aning asli bu navdurkim, bayt: 

Vahki ul oy hasrati dard-u dog`i furqati, 

Ham erur jonimga o`t, ham hayotim ofati. 

Foilotun  foilun  Foilotun  foilun”. 

Ammo bu latif zamonda va sharif davronda  bu surudni ramali musammani 

mahzuf vaznig`a elitib, musiqiy va advor ilmida muloyim tabliq benazir yigitlar 

g`arib nag`omat va alhon bila ajab tasarruflar qilib, sulton sohibqiron majlisida 

ayturlarkim,  aning muloyimlig` va xush oyandalig`i vasfqa sig`mas va ta’sir va 

raboyandalig`i sifatqa rost kelmas, balki ul hazratning ixtiroidur va bu ham ul 

hazratning masihoso anfosi natoijidin istihshodg`a kelturmak munosibroq erdi, 

andoqkim, bayt: 

Sabzai xatting savodi la`li xandon ustina, 

Xizr go`yo soya solmish obi hayvon ustina.” 

Foilotun  foilun  foilotun foilun

15

 

Demak, Navoiy davrida “qo`shuq” nomli alohida she’riy janr bo`lib, unda 



musiqiylik yuqori darajada bo`lganligidan mug`anniylar ham bu qo`shuqlarga kuy 

bog`lashgan. Xulosa shuki, qo`shuqning “she’r” ma’nosidan “ashula” ma’nosiga 

qarab ketishi ayni shu jarayondan boshlangan. 

                                                             

15

Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon”   180-b. 



 


13 

 

Kuy, qo’shiq ma’nosini anglatuvchi yana bir so`z chingadir. “Mezonul-



avzon”da keltirilishichachinga  zufof (arabcha so`z bo`lib zifaf va zufof kabi 

talaffuz etiladi, ma`nosi “nikoh to`yi”) va qiz uzatish marosimlarida aytilgan. Bu 

jihatdan u hozirgi “yor-yor”ga to`g`ri keladi. Navoiyning uqtirishcha, chinganing 

ikki turi bo`lib, birinchisi hech qaysi vaznga teng kelmaydi. Ikkinchi turi esa 

munsarihi matviyi mavquf bahriga to`g`ri keladi va bu  qo`shiqqa yor-yor so`zini 

radif o`rnida keltiradilar: 

Qaysi chamandin esib keldi sabo,  yor-yor 

Kim damidin tushdi o`t jonim aro, yor-yor. 

Muftailun foilon muftailun foilon

16

 



Shoirning ayrim g`azallarida “ovoz” so`zi ham kuy ma`nosiniberadi. Masalan:  

Ey mug`anniy, chun nihon rozin bilursen soz tuz

Tortibon munglug` navo sozing bila ovoz tuz. 

Ushbu baytda ovoz tuzmoq matndan kelib chiqib “kuylamoq, qo`shiq aytmoq” 

ma`nolarida kelgan. 

Navoiy ijodida ayalg`u so`zi quyidagi ma`nolarda kelgan. 

1. Musiqa asboblaridan biri: 

Sovururda do`st javrin zaxm ichra darj etib, 

Do`stlar bedod-u zulmin ham, ayalg`u kelturung. 

2.  O`lan, ashula, alla, kuy, ohang ta`sirli qo`shiq: 

Holimg`a hajr bazmi aro tortsam surud

                                                             

16

Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon”  18-19-bb. 




14 

 

Bor navha maddi telba ko`nglumning ayalg`usi. 



17

 

Shoir asarlarida shu ma’noda keluvchi yana bir so`z ohangdir. Bu so`z ayni 



paytda shakldosh bo`lib, quyidagi ma’nolarni beradi: 

I.1. Qasd, niyat, istak, intilish. 2. Boshlash. 3. Yo`nalish. 

II. Ravish, tarz, o`xshash, monand, kabi: Oina  ohang  -  oyna monand, oina 

kabi. 


III. kuy, ohang; ohangi rost - rost ohangi, kuyi

18

 



Masalan:  

Navha ohangi tuzib, og`oz qil mahzun surud, 

Ul surud ichra hazin ko`nglumg`a maxfiy roz tuz. 

Shu ma’nodagi yana bir so`z savtdir. Lug’atda bu so`z quyidagicha izohlanadi:  

I.  Tovush, ovoz; shovqin; ohang, kuy, maqom: savti jaras - qo`ng`iroq ovozi; 

savti alhon: 1. kuy, ohang. 2. Kuylash, sayrash (qush-bulbul haqida) 

Chek navo, ey bulbuli gulzori shavq, 

Savt-u alhoning kelib asrori shavq

19

 

Yuqoridagi izohdan kelib chiqib, savt so`zi ham shakldoshdir deyish mumkin. 



Shuningdek, nag`am so`zi ham “kuy, soz” ma`nolarida keladi: 

                                                             

17

“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 31-b. 



 

18

“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 494-b. 



19

O`sha asar. 539-b. 




15 

 

“Ulki ko`rguzgay muloyim tarona-u nag`am, agar eshituvchining hayoti, naqdi 



anga fido bo`lsa ne g`am”

20

 



Yana zaxma so`zi ham quyidagi ma’nolarni beradi:  

1. Urish, zarb, chertish. 2. Yara, zaxm. 3. Cholg`u (chunonchi tanbur)ni 

chertadigan asbob (noxun). 4. Cholg`u kuyi

21

 



“har mug`anniyki, dardomandonaroq nag`ma chekar, aning zaxmasi zaxmliq 

yurakka korgarroq tegar” 

Kuy, ohang ma'nosini beruvchi maqom so`zi ham shakldosh hisoblanadi: 

1. Joy, o`rin, turar joy. 2. Daraja, bosqich. 3. Musiqada asosiy kuy, ohang

22

.  


Shu ma`nodagi yana bir  so`z rost bo`lib, u Navoiy ijodida quyidagi ma`nolarni 

beradi: 


I.1. o`ng. 2. To`g`ri, tik. 

II. musiqa kuylaridan biri

23

.  



Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin