Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 283,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix02.01.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#44144
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
navoiy talqinida kuy badiiy mahorat va estetika birligi (1)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


27 

 

II bob. Badiiy mahorat va estetika uyg`unligi. 



II.1. Navoiyning kuy bilan bog`liq estetik qarashlari. 

Bundan salkam olti asr avval yashab ijod etgan Navoiyning musiqa borasidagi 

qarashlari  qanday edi? Ul zotning nafosat olamida kuyning qanchalik o’rni bor? 

Bu savollarga ilk javoblarini “Mahbub ul-qulub” dan topish mumkin: 

“Mutribi tarab afzo, mug`anniyi g`amzudo –  ikkalasiga dard-u hol ahli jon 

qilurlar fido. 

Ulki ko`rguzgay muloyim tarona-u nag’am, agar eshituvchining hayoti naqdi 

anga fidobo`lsa ne g`am” 

Zamonaviy psixologiya musiqaning insoniyat hayotidagi ahamiyati haqida 

bahs yuritar ekan, uning farzandlar tarbiyasi, ularning taqdirida tutgan o`rni 

sezilarli darajada ekanligi, shuning uchun har qanday turdagi, ayniqsa, rok, rep 

kabi yo`nalishlardagi qo`shiqlarni eshitavermaslik, aks holda bu befarqlik ayanchli 

hollarga olib kelishi mumkinligi haqida butun bashariyatni 

ogohlantirmoqda.Aksincha, milliy, klassik ruhdagi kuy-qo`shiqlarni tinglash 

insonni kamolot sari yetaklashi mumkinligi ham e’tibordan chetda qolmasligi 

kerak. Ana shularning barchasi haqida salkam olti asr avval Navoiy hazratlari 

o`zining dohiyona qarashlarini bildirib ketadi:  

“Har mug`anniyki, dardomandonaroq nag`ma chekar, aning zaxmasi zaxmliq 

yurakka korgarroq tegar.Otashin yuzluk mug`anniyki, halqidin  muloyim surud 

chiqarg`ay, hol ahlining kuygan bag`ridin dud chiqarg`ay. Muloyim mutribki, ta`b 

va fahm anga yor bo`lgay, odami ko`ngli toshdin bo`lsa anga zor bo`lg`ay, 

xususanki, ham aytg`ay va ham chalg`ay, ko`ngul mulkiga ne qo`zg`olonlarki 

solg`ay. 



28 

 

Suluk ahlig`a bir maxuf yer bu manzildurkim, anda ham kamol, ham nuqson 



hosildur. Solik bu yerda bir muhlik oh bila ham maqsudg`a yetibdur va bir na’rayi 

jonkoh bila yillar qazg`ang`ani ham ilgidin ketibdur”

29



Zahiriddin Muhammad Bobur ta’kidlaganidek. “ahli  fazl va ahli hunarg’a 



Alisherbekcha  murabbiy va muqavviy  ma’lum  emaskim, hargiz paydo bo’lishi 

bo’lg’ay... yana musiqiyda yaxshi nimalar bog’labtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi 

peshravlari bordur”. 

Darhaqiqat,  Navoiy homiyligi ostida taraqqiy topgan ilm  ahli orasida musiqa 

bilimdonlarining o’rni bo’lakcha edi. Ma’lumotlarga ko’ra, qonun chalishda tengi 

yo’q  sozanda Hofiz qozoq Muhammad, mashhur gijjakchilar Said Ahmad va 

Shohquli, nay chalishning ustasi Shayxiy Noiy hamda ud ustasi Husayn Udiylar 

Navoiyning ham moddiy, ham ma’naviy ko’magi bilan shuhrat qozonganlar. 

Yana zamonasining buyuk mutafakkir shoiri hisoblangan Abdurahmon Jomiy 

ham “Risolai musiqiy” asarini shogirdi Navoiyning talab va taklifiga binoan 

yozganligini alohida ta’kidlaydi: 

Nafs, tan, ilmu jon berding xudovand

Jonlarni tanlar bilan qilib payvand. 

Agar aytuvchi beparvo desa “tan tan”, 

Quyida ushbu tanlar ayri jondan. 

Tani bejonga joy xok bo’lgani yaxshi, 

Tiriklar ulardan pok bo’lgani yaxshi. 

                                                             

29

Alisher Navoiy “Majolis un- nafois”  



 


29 

 

Jomiyning risolasini o`qib chiqqan Navoiy: “… bu fanda andoq munaqqah va 



mufid risola yo`qdur”, -  deb baholagan edi. Ma’lumki, biror mavzudagi ilmiy 

asarni o`qib, unga izoh berish uchun kishida yetarlicha ilm bo`lishi kerak. 

Navoiyning musiqaga bu qadar mehr berishi bejizga emas, bu ilmga bo`lgan 

muhabbat mutafakkir shoirning qon-qoniga singib ketgan edi. Davlatshoh 

Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”da uqtirishicha, Navoiy ona tomonidan 

amrzoda Shayx Abu Said Changning nabirasi edi, ya’ni shoirning bobosi chang 

sozini chaluvchi mohir sozanda bo`lgan. Tog`asi Muhammad Ali G`aribiy ham 

zamonasining mashhur musiqashunos olimi bo`lgan. Mashhur tarixchi Xondamir 

bergan ma’lumotlarga ko`ra, G`aribiy ham musiqa ilmiga oid bir risola yozgan.   

Buyuk shoir g’azallaridagi yoqimli musiqiylik ham fikrlarimizni  dalillaydi. 

Aytishlaricha, Navoiyning  

Din ofati bir mug`bachai mohliqodir  

mayxora-u bebok 

Kim, ishqidin oning vatanim deydi fanodur 

sarmast-u yoqam chok 

−deb  boshlanuvchi  mustazodiga  bastakor  Abdulloh  Marvarid  bir  kuy 

bastalagan. O`sha kezlarda Hirotda bu kuyni miriqib tinlamagan, yod bilamagn va 

hirgoya qilmagan odam topilmas edi. Bir bazmda hofiz shu mustazodni 

kuylayotganda qo`shiqning ta’siri kuchliligidan majlis ahli o`z yoqalarini yirtgan 

ekanlar.Ushbu mustazodning bu qadar ta’sirchan chiqishi uning vaznidagi yuqori 

musiqiylik bilan bog`liqdir.Chunki, Navoiy aruzning yetuk bilimdoni edi.Ustoz 

shoir atrofidagi ba’zi shoirlarni aruz ilmining sir-u asrorlarini yaxshi bilmasligi 

hamda musiqadan bexabarligi bois she’r vaznlarini buzib yozayotganlarini 

“Majolis un-nafois”da xolis tanqid qiladi.Ularning aruzdagi musiqiylikni nozik 

idrok qilmasdan turib, mukammal she’r yoza olmasliklarini qayta-qayta uqtiradi. 



30 

 

Shuningdek, Binoiyning “Risola dar musiqiy”, Husayniyning “Qonuni ilmiy va 



amaliy musiqiy” asarlari  ham Alisher Navoiy rahnomaligi ostida yozilgani 

mualliflar tomonidan e’tirof etilgan. “Boburnoma” da ham quyidagi tarixiy asoslar 

borki, ular ham fikrimizni quvvatlaydi: 

“Movlono Binoiy… burunlar musiqiydin bexabar ekandur, bu jihatdin 

Alisherbek ta’na qilur ekandur.Bir yil Sulton Husayn Boyqaro Marvg’a qishlay 

borg’onda Alisherbek ham borur.Binoiy Hirotda qolur.O’qish musiqiy mashq 

qilur, yozg’onga ancha bilurkim, ishlar bog’lar. Yoz Mirzo Hiriy kelganda Savt va 

naqsh o’tkarur. Alisherbek taajjub qilib, tahsin qilur”

30



“O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” asarida Fitrat “Qari Navo” kuyi 



haqida shunday yozadi: 

“Bu kuyning juda eski bir kuy ekanini har tomonda so’zlashib turur, Farg’ona 

va Toshkentda ham bu kuyni “Qari Navo” derlar. Biroq bu kuyning nomi 

yanglishdir.Buxoroning eski musiqashunoslari asarida bu kuyni Navoiy asari 

bo’lg’oni so’ylanadir.Mana shu ma’lumotlardan so’ng “Qari Navo” kuyining 

Alisher Navoiy bo’lg’oni ehtimoli kuchlanib qoladir.”

31

 

Zero, zamonasining tarixchi olimlari ma’lumotlariga  ko’ra,  Navoiy “musiqiy 



ilmidan yaxshi xabardor” bo’lgan. U musiqani o’z davrining yetuk musiqashunos 

olimi Xoja Yusuf Burxondan o’rgangan. Ulug’ mutafakkir qonun chalishning  

ustasi bo’lgan ekan. Navoiyning musiqa ilmi bobida yaxshi bir risola yozganligi 

ham e’tirof etiladi, ammo bu risolaning taqdiri haligacha ma`lum emas. 

Shoirning kuyni yaxshi idrok etishi, bu borada ham nozik did sohibi ekanligini 

uning g’azallaridagi musiqiylikning yuqori darajada ekani ham isbotlaydi. Ana 

                                                             

30

R. Abdurahmonov va boshq. “Navoiy va uning musiqiy olami” T. 2012. 



31

R. Abdurahmonov va boshq. “Navoiy va uning musiqiy olami” T. 2012. 

 



31 

 

shundan ham o’z davrida siyohi qurimasdanoq maqomga aylangan asarlar – 



Munojot, Ushshoq, Aylagach, Mo’g’ulchai dugoh, Koshki, Topmadim, Qaro 

bo’lubtur, Ko’rmadim kabi  qo’shiqlar  mana bir qancha vaqt o’tsa-da o’z 

tinglovchilarini yo’qotgani yo’q. 

Go’yo bu g’azallar o’z kuylari bilan quyilib kelgandek, shoir dildaftariga. Ana 

shular haqida o’ylarkanmiz, Zayniddin Vosifiyning “Oliy hazrat amir Alisher 

musiqa ilmida ham shu qadar mahorat hosil qilganlarki, agar Abu Nasr Forobiy 

hayot bo’lganlarida unga shogirdlik sirg’asini taqib olardi”

, −degan so’zlari yodga 

tushadi. Zero, Alisher Navoiy Forobiy ishlab chiqqan balog’at ilmini egallashdagi 

har bir olim zimmasida turuvchi  uch bosqich: 

1.   Har bir bilimning usul va qoidalarini to’la bilishi lozim. 

2. Shu bilimning turli holatlarida hosil bo’lgan usul va qoidalarning natijalarini 

sharh va izoh etishga qobil va iste’dodli bo’lishi kerak. 

3. Musiqa (san’ati) haqida noto’g’ri nazariyaga ega bo’lgan yozuvchilarning 

noto’g’ri nazariyalarini tanqid eta bilsin, xato va noto’g’ri nazariyalar o’rtasidagi 

farqni ko’rsata bilsin, hamda xatolarini oydinlashtira olsin”, kabi masalalarga 

qattiq amal qildi.  

Ushbu fiklarimizni “Boburnoma” dan olingan quyidagi parcha ham 

tasdiqlaydi: 

“Binoiyning musiqashunoslik borasida yutuqlarini Navoiy 

 

“Majolis  un-nafois” da va “Xamsat ul-mutahayyirin” da olqishlaydi. Amirning 



iltifotlari soyasida to’liq qimmatga ega bo’lib, ul hazratning nom-sharaflariga 

bag’ishlangan “Balog’at nishonali kitoblar va fasohatli tasniflar” qatorida nazariy 

ma’lumotini orttirmoq uchun to’rt buyuk ustoziga to’rtta musiqiy risola 

yozdirganini, risolalarni fanning ta’lim yog’idan yararlik topmag’ani uchun eng 

so’ng Mullo Jomiydan so’rab, beshinchi risola yozdirg’onini xabar beradi”. 



32 

 

Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaydilar: “Vatanimiz 



kelajagi xalqimizning ertangi kuni, mmlakatimizning jahon hamjamiyatidagi 

obro’-e’tibori avvalambor farzandlarimizning o’qib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson 

bo’lib hayotga kirib borishiga bog’iqdir…” 

Shu o’rinda yurtboshimizning fikrlariga qo’shimcha ravishda yoshlarimizning 

ma’naviy tarbiyasida ularning qanday turdagi kuy-qo’shiqlar shinavandasi ekanligi 

alohida ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tish joiz. 

Navoiynning kuyga bo`lgan ishtiyoqi bejizga emas, chunki ulug` mutafakkir 

o`ziga ustoz deb bilgan Forobiy, Jalolddin Rumiy. Nizomiy Ganjaviy, Xisrav 

Dehlaviy, Abdurahmon Jomiylarning barchasi o`z ijodida musiqa sohasiga alohida 

e`tibor qaratgan. Xususan. Nizomiy Ganjaviy “Xisrav va Shirin” dostonida o`sha 

davrlarda Eronda mahhur bo`lgan o`ttizta kuyning nomini keltiradi. Dostonda bu 

kuylar musiqa olamida tengi yo`q mashshoq Borbad tomonidan kashf etilgani 

e’tirof etilgan bo`lib, ular quyidagicha nomlanadi: 

 

1.  Ganji bodovard 



11. Oroyishi Xurshid 

21. Mehrigoniy 

2.  Ganji gov  

12. Nim ro`z 

22. Marvoyi nek 

3.  Ganji suxta 

13. Sabz dar sabz 

23. Shabdiz 

4.  Shodirvoni marvarid  

14. Qufli Rumiy 

24. Shabi Farrux 

5.  Taxti toqdisiy 

15. Sarviston  

25. Farrux ruz 

6.  Noqusiy  

16. Sarvi saxiy 

26. G`unchai kabki dariy 

7.  Avrangiy  

17. No`shinboda 

27. Nag`chirgon  

8.  Huqqani Qobus 

18. Romishijon 

28. Kiyni Siyovush 

9.  Mohbarkuhon  

19. Nozi navro`z 

29. Kiyni Eraj 

10. 

 Mushkdona  



20. Mushko`ya 

30. Bog`i Shirin 

 



33 

 

Xisrav Dehlaviyning  “Xisrav va Shirin”ida esa bu kuylardan ikkitasi quyidagi 



munosabat bilan tilga olinadi. Bayon qilinishicha, Xisravning odamlari olis 

dengizda xazinalar to`la bir necha kemalar kimsasiz sargardon yurganining guvohi 

bo`lishadi va bu haqida shohga yetkazishadi. Voqeadan xabar topgan Xisrav 

kemalardagi bor boyliklarni mamalakat xazinasiga keltirishlarini buyuradi. 

Shohning farmoni amalga oshirilgach yana uning buyrug`i bilan bu xazina 

sharafiga bir bazm uyishtiriladi. Ayni shu bazmda Borbad o`zining “Ganji 

bodovard” (shamol olib kelgan xazina) deb nomlangan yangi kuyini shohga tuhfa 

etadi. Borbadning bu kuyi Xisravga ma’qul keladi va musiqa sadolaridan xushhol 

bo`lgan shoh mashshoqga “Shodirgoni marvarid” (atrofi marvarid bilan o`raglan 

chodirlar)ni hadya qiladi. Iste’dodli musiqashunos shu nom bilan yana bir kuyni 

kashf etib, uni ham shohga taqdim etadi. Shunday qilib, “Ganji bodovard” va 

“Shodirvoniy marvarid” kuylarining yaratilish tarixi ana shunday kechadi. 

Ma’lumotlarga ko’ra, Navoiy musiqaga bo’lgan benihoya muhabbati bois 

yuqoridagi kuylar muallifi eronlik mashhur musiqashunos Borbad Marvaziy 

ijodiga juda qiziqqan va uni zo’r ishtiyoq bilan o’rgangan   


Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin