Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti bitiruv malakaviy ishi


I. 2. Kuy so`zida badiiy ramziylikning aks etishi



Yüklə 283,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix02.01.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#44144
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
navoiy talqinida kuy badiiy mahorat va estetika birligi (1)

I. 2. Kuy so`zida badiiy ramziylikning aks etishi. 

Navoiy ijodining ayrim pallalarida kuy-u navo so`zlarining badiiy ramziylik 

kashf etishiga ham guvoh bo`lamiz: 

So`zda Navoiy ne desang, chin degil 

Rost navo nag`maga tahsin degil. 

“Hayrat ul -abror” dan olingan ushbu  baytning birinchi misrasidagi so`z 

kalimasi “badiiy so`z, she`r” ma`nolarida ekanligi hisobga olinsa, ikkinchi 

misradagi  rost, navo nag`ma  so`zlari ham “ijod; she’riyat” ma’nolarini beradi. 

Shuningdek,  baytdagirost  so`zi iyhom san`atining go`zal namunalaridan biridir: 

bu so`z bilan bir jihatda  “chin, haqiqiy” kabi ma’nolar ifodalangan bo`lsa, ikkinchi 

jihatdan maqomning bir turiga ishora qilinmoqda.  

Navoiy “Mahbub ul-qulubning” shoirlarga atalgan o`n oltinchi faslini “Nazm 

gulistonining xushnag`ma qushlari zikrida” deb ataydi. Ayni shu nomlanishdan 



19 

 

shoirning nazm va navo haqidagi qarashlari uyg`unlik hosil qilishini ko`rish 



mumkin.  

Yana “Badoye ul-bidoya” ning debochasida shunday bayt bor: 

Vafo bo`stonining doston saroyi

Malomat bulbuli, ya’ni Navoiy. 

Shu o`rinda shoirning taxallusi ham aynan “navo-kuy” bilan bog`liqligi kishi 

e’tiborini jalb etadi. Xalqimiz orasida Navoiyning taxallusi haqida bir rivoyat 

borki, mavzuyimizga taalluqligi bois shu rivoyatni keltirib o`tmoqchimiz: 

Ma’lumki, Alisher Navoiy to`qqiz yoshga yetganda she’r yozishni mashq qila 

boshlaydi. O`sha paytlarda yosh Alisher o`zi yozgan kichik-kichik she’rlarini 

o`qiganda atrofdagilar qiziqib tinglaganlar.  

Kunlardan bir kuni yangi bitgan she’rlarini boqqa chiqib, baland musiqiy ovoz 

bilan o`qiy boshlabdi.Bu xush ovozga bulbullar ham lol qolib, sukunatga 

cho`mibdilar. Shu payt daraxt teppasidan bir bulbul uchub kelib, Alisherning 

tegrasida gir-gir aylanib, so`ng yelkasiga qo`nibdi va uni suhbatga chorlabdi: 

-  Ey xushovoz kichik shoir, sen o`qigan g`azallaring bulbullarning tong 

sahardagi navolaridan ham yoqimli ekan, ismingni balsam bo`ladimi? 

−Alisher, −javob beribdi bola. 

−Bildim, bildim, yangi chiqqan shoir sen ekansan-da.Endi o`zingga chiroyli bir 

taxallus tanlagin, −debdi bulbul. 

Alisherga bulbulning boyagi navo  degan so`zi xush yoqibdi. Shundan keyin 

yozgan g`azallarining ostiga Navoiy deb yozib qo`yadigan bo`libdi

26



                                                             

26

R. Abdurahmonov va boshq. “Navoiy va uning musiqiy olami” T. 2012.6-7-bb. 



 


20 

 

Antik davrning buyuk olimi Arastu ta’kidlaganidek, “Afsonalar haqiqatdan 



xabar beruvchi yolg`on hikoyalardir”. Shunday ekan, yuqoridagi “yolg`on 

hikoya”,ya’ni rivoyatdan ham bir haqiqatni –  shoirning murg`aklik davridanoq 

kuy-u navoning shinavandasi bo`lgani va umrining so`ngiga qadar xushxon 

bulbullarning yoqimli navosidek odamlarga manzur keluvchi tom ma’nodagi 

navoiyona g`azallar yozishga ahd qilganligini taxmin qilish mumkin.  

“Xamsa” dostonlaridan birini tugatayotib, Navoiy shunday yozgan edi:  

Men dag`i bu mayniki suzibmen, 

Turkona surud anga suzibmen 

El ko`ngluga andin bo`lg`usi jub, 

Kim keldi bu navhaning mungi ko`p. 

Munglug` men-u mung bila payomim 

Munglug` kishilar kabi qalamim

27



Demak, shoir yozgan asarlarini mayga qiyoslab, o`zi esa turkiy qo`shiq aytib 



uning ichida suzib yurganini bayon qilmoqda. Ya’ni Navoiy yozgan asarini 

turkona suruddek bo`lishini istayapti.  

Shoir ijodida may va kuyning teng qo`yilish holatlari ham talaygina:  

Zuhd ichida Navoiy topmadi chu maqom  

emdi qilur ohang, 

Kim bo`lg`ay ul-u, boda-u, bir turfa mug`nniy 

mug` kulbasi ma`vo

28

 



                                                             

27

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.253-b. 




21 

 

tasavvufiy ruhda yozilgan mustazoddan olingan ushbu parchada  “o`zlarini 



toat- ibodat qilayotgandek ko`rsatuvchi zohidlar” aro o`ziga o`rin yo`qligini bilgan 

shoir e


ndi mug` kulbasi−mayxonani maskan tutib, unda boda ichgancha bir turfa 

mug`anniy hamrohlari bilan birga ohang surishini aytmoqda. Xo`sh, o`z o`rnini 

zohidlar ichida deb topmagan Navoiy nega aynan mayxonani tanladi-yu va qaysi 

turfadagi mug`anniylar bilan qay ohangni tuzmoqchi?!  

Bir qarashda ifodalar juda jo`ndek tuyuladi: zamonasining riyokor shayxlaridan 

ko`ngli qolgan shoir o`z maqomini ular orasida deb bilmadi va buning natijasida 

butun dindan yuz o`girib, mayxonani makon qildi hamda mayxo`rlikka berilib, 

atrofida mug`anniylarni to`plagancha kayf-u safosin surdi. Ta’kidlash joizki, agar 

baytni shunday tahlil qilsak, qaltis xatoga yo`l qo`ygan bo`lamiz. Zero, baytning 

to`g`ri tahliliga faqat tasavvufiy qarashlar bilan yondashibgina erishiladi. Buning 

uchun ba’zi tasavvuf atamalari va bugungi kitobxon uchun tushunilishi qiyin 

bo`lgan  so`zlarning  izohini  keltiramiz:  yuqorida  aytganimizdek,  zuhd−dunyodan 

voz kechib, toat-ibodat bilan shug`ullanish va bu ishlar bilan o`zini riyokorona 

mashg`ul ko`rsatish; boda

−  bizning  nazarimizdagi  mast  qiluvchi  ichimlik  emas, 

balki, ishq, ishq  bo`lganda ham eng oliy ISHQ, ya`ni Allohga bo`lgan 

muhabbatdir;  mug`  kulbasi−mayxona,  ammo  shunday  mayxonaki,  unda  ilohiy 

may–ISHQ ichiladi; maqom so`zi bu yerda iyhom san’atini vujudga keltirgan: bir 

ma`nosi o`rin-joy bo`lsa, ikkinchi ma’nosi kuy-

navodir;  ma’vo−  boshpana,  turar 

joy, makon demakdir.  

Baytdagi mug`anniylar kim-u, ohang nima ekanini sharhlashdan oldin 

Mavlono Rumiyning “Masnaviy” sidagi “nay hikoyati” ning  nasriy bayonini 

keltirib o`tishni maqsadga muvofiq deb bildik:  

Tinglagil nay ne hikoyat aylagay

                                                                                                                                                                                                    

28

Alisher Navoiy  “G`aroyib us-sig`ar ” o`n besh tomlik, 1-tom. T. 1963. 



 


22 

 

Ayriliqlardin shikoyat aylagay: 



“Meni vatanimdan, yoru-do`stlarimdan tortib oldilar. Ayriliqqa giriftor etdilar. 

Keyin bir ustaning qo`liga topshirdilar. U meni olovga tutdi, ichimni yoqib 

kirlardan tozaladi.Qizib turgan temir bilan tanamda yetti parda ochdi.Shundan 

keyingina hech nimasiz qamishdan yoniq ohangli nayga aylandim. Ortiq menda 

qamishlikdan asar ham qolmadi, o`zimdan bo`shadim va sohibimning nafasi ila 

to`ldim. U nimaniki puflasa, men o`shani kuylayman. Ey inson, mening hikoyam, 

aslida sening  o`z hikoyangdir.  Shuning boisidan ham, mening yoniq ovozimni 

tinglab titraysan va o`z mojarongni xotirlaysan”. 

Mavlono Rumiyning “Masnaviy” da nay hikoyatini keltirishdan murodlari 

benihoyadir. Biz ushbu hikoyatdan kelib chiquvchi ikki falsafiy mushohadani berib 

o`tishni maqsadga muvofiq deb bildik: 

1. Demak, qamishdan yasalgan nayda endi qamishlikdan asar yo`q, u 

naybonning nafasi bilan to`lgan va undan taralagan navo odam hikoyasi bo`lgani 

uchun ham odamlarga manzur.  

2.  Hayotimizdagi odamlarni ham qamishlarga mengzash mumkin, ya’ni bu 

qamishlarning ba’zilarigina nay bo`lishga loyiq. Zero, qamishzorga borgan usta 

nay uchun maxsus qamishlarnigina kesib oladi, ya’ni hamma qamishlar  ham 

naylikka yaramaydi. Xuddi shuningdek, Parvardigor ham bandalari orasida 

munosiblarinigina tanlab oladi va uning ichini bor chirkinliklardan xalos etadi. Ana 

shundan bu suyukli bandalarning so`zlaganlari sohibining nafasini nola qilgan nay 

yang`lig` Hikmat dan o`zgasi emas. 

Endi Navoiy baytining tahliliga qaytsak. Ha, zamonasining qamishsifat 

zohidlaridan zorlangan Navoiy kuy-u navolari bilan oliy ishq sari chaqiruvchi 

mug`anniylar−  so`fiylar  davrasida  mug`  kulbasi−darveshxonani  makon  aylarkan, 

may ichi

b,  ya’ni  ishqini  jazavaga  keltirib,  ohang  tuzishi−Hikmat  yozishini 

aytmoqda.  



23 

 

Chindan ham, Navoiy nay-u, uning bari kuylaganlari hikmat edi. Besh yarim 



asrdirki ustozning asarlari avloddan avlodga o`tib keladi. Albatta, Yaratganning 

irodasi bilan bu asarlar yana shuncha asrlar osha avlodlarda ma’naviy ozuqa 

berajak.  

Navoiyning kuy bilan bog`liq ramziy ifodalari joy olgan yana bir-ikki misolni 

e’tiboringizga havola qilmoqchimiz: 

Mug`anniy nag`masi jon bersa, bazm ahliga tong yo`qki  

Navoiy rishtai jonin eshib changiga tor etmish. 

Ya’ni:  


Agar qo`shiqchining nolasi bazm ahliga jon bersa, uni ruhlantirsa, shubha 

yo`qki,  

Navoiy jonining iplarini eshib, uning changidagi torlarni tizgandir. 

She’r−ilohiy ne’mat. Unga musiqa bog`lanib, xush ovoz bilan kuylanishi esa el 

orasida birdek baham ko`rilishini ta’minlab beradi. Endi ana shu ne’mat ta’siridan 

tinglovchilar jonlansa, ruhlari orom topsa, bu poklanish uchun bir vosita 

bo`layotgan changning  torlari shoirning jon rishtalari bo`lsa, ne ajab?! Zero, 

mug`anniy qo`shig`ining so`zlari shoirning qalb qo`ridan yaralgan. Qalbdan 

yangragan navoning yana qalbga borib aks sado berishi shundan.  

Yana bir o`rinda Navoiy yozadi:  

Ey mug`anniylar, Navoiy mast edi, kech uyg`onur 

Oni uyg`otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz. 

Savol tug`iladiki, nega kech uyg`onishini sezayotgan Navoiy uyg`otmoq uchun 

mug`anniyni chorlab, undan bir dilkash qo`

shiq  istayapti?Bilamizki,  uyqu−bu 

g`aflat.G`aflat esa odamzotga o`zligini unuttiruvchi bir illatdir.Uzoq uxlab 




24 

 

g`aflatga botishdan xavotirga tushgan Navoiy bundan qutulmoq uchun diltortar 



taronasidan hushyor tortish istagida mug`anniyni kuylashga undayapti.Zero, uning 

kuyi shoirga o`zligini eslatadi. O`zligini yodda saqlagan inson esa har vaqt 

g`aflatga botishdan tiyiladi, hayotga ziyraklik bilan qaraydi.  

Mug`anniy surude chiqor dilnavoz, 

Bo`lub ahli kashmirdek sehrsoz. 

Ey mug`anniy, shunday yoqimli bir qo`shiq kuylaginki, u bamisoli Kashmir 

ahlidek sehrlovchi bo`lsin.  

Agar nag`ma bas qilmoq etsang havas,  

Hamul jon gum bo`lmayin qilma bas. 

Agar kuylashni tugatmoqchi bo`lsang, shu jom yo`q bo`lmaguncha sabr qil.  

Navoiy agar topsang ul nav jom, 

Nekim bodadin o`zga ichsang harom. 

Ey Navoiy, shu jomdan boshqasi-yu, bu bodadan o`zgasi senga harom. 

Xitob  etga sen jomi boqiy ani, 

Vale tutsa gulchehra soqiy ani. 

Shunday ekan bu jomni boqiy deb anglagin, ammo buning uchun jomni 

gulchehraning o`zi tutishi, ya’ni uning o`zi soqiylik qilishi darkor. 

Ushbu baytlarda ham Navoiy ijodida kuy may kabi ramziylik ifoda etganini 

fahmlab olish mumkin. Tasavvur qilaylik tabiat qo`ynidasiz: bir yoqda mug`anniy 

Kashmir ahlidek sehrlovchi, yoqimli, diltortar bir qo`shiqni maromiga yetkazib ijro 

etmoqda; bir yoqda qadahlar to`la may-u yana uni go`zallikda tengi yo`q bir 

gulchehra quyib turibdi, ya`ni sizga soqiylik qilmoqda.  Agar shu holat bir 

muddatga o`tib ketgulik bo`lsa-da, uning qahramoni o`sha vaqt davomida 



25 

 

yelkasidagi bor tashvishlarni, umuman, bu dunyoni unutadi, ko`ngil qirg`oqlarida 



zavq-ushavq oshib toshadi.  

“Ey malomat shevalik…” deb boshlanuvchi g`azalda shoir oshiqlik yo`lidagi 

bir qancha qiyinchiliklarni keltirib o`tadi-da, maqta`ga borib quyidagicha yakun 

yasaydi: 

Hajrdin o`ldi Navoiy, soqiyo, tut jomi may, 

Ey mug`anniy, sen navo ohangida qo`psa qo`buz. 

“Hajrdin o`lgan Navoiy” bejizga soqiy-u mug`anniyga murojaat etayotgani 

yo`q. chunki shoir u ikkisining may-u ohangida kishini jonlantiruvchi, unga ruh 

beruvchi bir quvvat borligini  yaxshi biladi.  

Yana bir o`rinda Navoiy mug`anniyga qarata shunday deydi: 

E qalandarvash mug`anniy, gar Navoiy ko`nglini  

Istasang har lahza behol aylamak tuzgil qo`buz. 

Ya’ni: ey qalandarsifat xonanda, agar Navoiy ko`nglini har lahza behol 

bo`lishini istasang, qo`buzingni sozla.  

Qo`buz−mashhur g`ijjaksimon cholg`u asbobi. 

Ajablanarli jihati shundaki, avvalgi baytda shoir behush holatda bo`lib, 

mug`anniydan qo`buzini sozlab ruhlantiruvchi, jonlantiruvchi kuy so`ragan bo`lsa, 

bu baytda qo`buzining ohangidan behalovat ettiruvchi navo chekishini so`ramoqda. 

Umuman, Navoiy kuy qo`shiqlarning vaziyatga qarab kayfiyat ulashishini nozik 

his etgan holda bu hodisani o`z g`azallarida go`zal badiiy ohanglarda kuylagan 

hassos shoirdir.  

Demak,Navoiy talqinida musiqaga oid tushunchalar o’zining lug’aviy 

ma’nolari bilan birga ba’zi o’rinlarda “badiiy so’z; ijod”, ba’zi o’rinlarda 



26 

 

tasavvufiy ma’nodagi  may  bilan teng qo’yilib, o’ziga xos ramziy ifodalarni ham 



beradi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin