Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 283,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix02.01.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#44144
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
navoiy talqinida kuy badiiy mahorat va estetika birligi (1)

 

 

 


56 

 

Xulosa: 

Ushbutadqiqotimizniyakunlarekanmizquyidagilarniasosiyxulosalarsifatidakeltir

ibo`tmoqchimiz: 

-  Navoiyijodidakuyso`zibilanbirma’nodanavo,  nag`ma,  tarona,  surud,  yir, 

qo`shuq, chinga, ovoz, ayalg`u, ohang, savt, nag`am, zaxma, maqom, rost, alhon, 

amal, 

romishkabiso`zlarqo`llanilganvabuatamalarninggenezisihamo`zigaxos. 

Chunonchi, kuy, yir, qo`shuq, chinga, ayalg`uso`zlarisofturkiybo`lsa, nag`ma, savt, 



nag`am,  maqom,  alhon,  amalso`zlariasliarabvanavo,  tarona,  surud,  ovoz,  ohang, 

zahma,  rost,  romishso`zlariasliforstillarigamansubbo`lib,  turkiygao`zlashgandir. 

Ta’kidlashjoizki, 

buso`zlarningdeyarlibarchasiomonimso`zlarhamdirvaaynishugrammatikhodisalarN

avoiybadiiyatidanozikbirholatlarvujudgakelishiga, 

ya’niko`phollardatajnisyokiiyhomsan’atlariningyuzagakelishigasababbo’lganhamd

ashe’rlarningbadiiysaviyasioshishigayetarliasosbo`libxizmatqilgan. 

Aytish 

mumkinki, yuqoridagi so`zlarning barchasi Navoiyning ham nazmiy, ham nasriy 

asarlarida o`ta faol qo`llangan.  

-  Musiqaga tegishli ushbu atamalarning hozirgi o`zbek adabiy tilidagi 

qo`llanilish darajasini esa quyidagicha belgilash mumkin: kuy, qo`shiq, navo, 

tarona, ohang, maqom  so`zlari keng doirada faol qo`llaniluvchi; rost, amal, savt, 

surud, alhon  so`zlari tor doiraga tegishli bo`lib, qo`llanilishi biroz cheklangan 

so`zlardir. Yir so’zi ba’zi shevalarda jir tarzida saqlanib, adabiy tilimizda ham xalq 

qo’shiqlarining bir turi sifatida iste’molda bo`lsa, chinga so`zi  yor-yor yoki o`lan 

so`zlariga o`z o`rnini bo`shatib bergan. Nag`ma  so`zi ko`p hollarda “noz-

karashma” ma’nosida, ovoz so`zi esa tovush ma’nosida keladi. Ayalg`u, zaxma 

so`zlari deyarli iste`moldan chiqib ketgan.  

-  Navoiy ijodida navogo`, navozanda, navosoz, nag`makash, nag`mazan, 

nag`makor, nag`masaroy, nag`mapardoz, nag`masoz, yirov, mug`anniy, 



57 

 

mutribkabi so`zlar va ahli navo brikmasi  musiqa sohasiga tegishli kasb otlari 

bo`lib kelgan. 

-  Shuningdek,  xushnavo, xushnavoz, xushnag`masaro, bulbul  so`zlari esa 

ashulachilarga berilgan sifatlar qatorida faol ishlatilgan. Qizig`i shundaki, shoir 

ijodida kuy va kuychi so`zlarining barcha ma’nodoshlari va xonandalarga 

 

beriladigan sifatlarning hammasi go`zal badiiy manzaralar yaratish uchun asos 



bo`lgan.  

-  Navoiy ijodida kuy so`zining ma’nodoshlari nafaqat asl ma’nosida, balki bir 

qancha ramziy ma’nolarda kelganiga ham guvoh bo`lish mumkin. Masalan, bir 

o`rinda “ijod; she’riyat”, yana bir o`rinda may bilan bir qatorda “so`fiyning insonni 

g`aflatga botishdan ogohlikka chorlovchi purhikmat so`zlari” ma`nolarida kelgan.  

-  Tadqiqotimiz samarasi o`laroq yana shuni aytib o`tish mumkinki, Navoiy 

musiqani yaxshi idrok etgan, shoirning musiqa ilmiga atab bir  risola yozgani ham 

manbalarda qayd etilgan, ammo  hozircha bu ilmiy asarning taqdiri noma’lum. 

Ulug` mutafakkir musiqa ilmida ham salaflariga munosib shogird edi. U Abu Nasr 

Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xisrav 

Dehlaviylarning musiqa sohasida amalga oshirgan ishlarining munosib davomchisi 

bo`ldi. Ustozi Abdurahmon Jomiydan esa musiqa ilmida bir risola yozishini 

iltimos qildiki, bu bejiz emas. Navoiy musiqani she’riyatdan ayro holda tasavvur 

eta olmasdi. Uning fikricha, bu ikki soha bir-birini taqozo etar, ularning alohida 

alohida rivojlanishi mumkin emas edi. Abdurahmon Jomiy esa she’riyat ilmida 

ham, musiqa ilmida ham zamonasining yetuk olimi edi. Tarixchi olim Xondamir 

va temuriyzoda olim Boburning bayon qilishlaricha, Navoiyning talab va taklifiga 

binoan musiqa sohasida yana to`rt olim musiqiy risola yozganlar, ammo bu 

risolalardan shoirning ko`ngli to`lmagani bois ustozi Abdurahmon Jomiydan ham 

musiqiy risola yozishini so`ragan. Yana  Zahiriddin Muhammad Boburning xabar 

berishicha, Navoiy o`z davrining bir qancha iste`dodli xonanda va sozandalariga 

ham moddiy, ham ma’naviy yordam bergan. Xususan, musiqadan mutlaqo bexabar 




58 

 

Binoiyning shu sohada ilmiy asar yozishdek darajaga yetishishida ham Navoiyning 



hissasi benihoya bo`lgan.  

-  Abdurauf Fitratning “O`zbek klassik musiqasi va uning tarixi” asaridagi 

ma’lumotlarga ko`ra, “Qari Navo” nomli kuyning muallifi asli Navoiy ekan. Zero, 

Navoiy musiqa ilmidan yaxshi xabardor bo`lgan va bu boradagi bilimlarini 

zamonasining peshqadam musiqashunos olimi Yusuf Burxonning ko`magi bilan 

mukammallashtirgan.  

-  Umuman,  Navoiy musiqaning inson ruhiyatiga bo`lgan katta ta’sirini nozik 

his etgan. Shoirning bu boradagi estetik qarashlari ham nazmiy, ham nasriy 

asarlarida o`z aksini topgan. Zero, Navoiy musiqaning asl mohiyatini nozik idrok 

etish bilan bir qatorda bu nafis olamdan barchaning birdek bahramand bo`lishini 

chin dildan istagan va shu yo`lda xalqqa beminnat xizmat qilgan.  

-  Navoiyning kuy-u navo haqidagi qarashlari uning nafosat olamini bir butun 

holda tasavvur etishga yordam beradi. Bu estetik yondashuvlar shoir badiiyatida 

go`zal mazmun va shakllarda o`z izini qoldirgan. “Ey mug`anniy…” deb 

boshlanuvchi g`azaldagi badiiy ifodalarning o`ziyoq fikrimizni dalillaydi. 

G`azaldagi nido, iyhom, ra’ddi matla’ kabi san’atlar uning badiiyligiga alohida 

joziba bag`ishlagan. Quyilib kelayotgan fikrlarning bir nuqtada boshlanib, o`sha 

nuqtada yakunlanishi, ya’ni matla’dagi birnchi misraning maqta’da takrorlanishi 

Navoiy badiiy mahoratining qanchalar yuksak ekanligini yana bir karra namoyish 

qilib, g`azalning badiiy – g`oyaviy qimmatini oshirish uchun xizmat qilgan.  

-  Ushbu mavzudagi tadqiqotchini o`ziga jalb etuvchi yana bir holat “Saddi 

Iskandariy” dostonidagi ayrim boblarning xotima qismidir, desak adashmaymiz. 

Diqqat bilan kuzatsak, Navoiy dostonning yigirma olti o`rnida har safar ma’lum bir 

bobni yakunlar ekan avval soqiyga, so`ng mug`anniyga, yakunda o`ziga murojaat 

qilib xotima yasaydi. Bunday yakunlanish “Saddi Iskandariy”ni boshqa 

qahramonlik dostonlaridan ajratib turish bilan birga kitobxonni mushohada 




59 

 

qilishga undaydi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu holat dunyoviy hamda 



tasavvufiy tarzda talqin qilinganda ham o`z qimmatini yo`qotmaydi.  Xususan, 

mug`anniyga qilingan murojaatlar zamirida Navoiyning o`tkir falsafiy fikrlari 

yashiringan. Zero, mug’anniy debocha qismida doston yozishga kirishayotgan 

Navoiyni yakkalatmay u bilan ulfatlikda bir qo`shiq kuylashi; shoh gulshan aro 

bazm tuzgan holat tasvirlangan bobda unga muvofiq keluvchi sho`xchan bir navo 

tuzishi; el orasida  qadri baland odamlar haqida gap ketganda kuy-u navo ham 

shunga monand ravishda bo`lishi; muallif Ajam shohlari ta’rifini so`zlar bilan 

marjon kabi tizgan payt  mug`anniy ham ularni madh etuvchi “Ajam” , “Pahlaviy” 

kuylarini chalishi; Iskandarshohning taxtga o`tirar bazmida , qutlov qo`shig`ini 

aytishi; agar bobda jang tasviriribayon qilinar bo’lsa,  “Shohnoma” ohangidagi 

qahramonlik kuyini chalishi; ikki shoh (Iskandar va Doro) xafalashib qolar bo`lsa, 

ularni murosaga chorlovchi yarashuv kuyini chalishi; dostondan ta’sirlangan 

muallif yoshligini qo`msagan vaqt yoshlik kuyini tuzishi; shohning nikoh bazmida 

yor-yorni kuylashi; safar yo`nalishi Hind sari bo`lsa hindcha, Chin sari bo`lsa 

chincha, Kashmir sari bo`lganda kashmirliklarga monand bir kuy chalishi; shoh 

vafot etganda motam navosini kuylashi; kitobxonlar bilan xayrlashish vaqti 

kelganida vidolashuv kuyini chalishi lozim edi. Ana shundan kelib chiqib, bu 

mug`anniynomalarni dostonning yirik boblari uchun munosib xotima bo`lgan, 

desak adashmaymiz.  

Umuman olganda, Navoiy dunyoni musiqasiz, kuysiz tasavvur eta 

olmagan.Ulug` mutafakkirning badiiy qarashlari bilan uning nafosat olami 

uyg`unlashib ketgandir. 

 

 

 



 


60 

 


Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin