Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 283,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix02.01.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#44144
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
navoiy talqinida kuy badiiy mahorat va estetika birligi (1)

alhon, ilhon so`zlari ham yoqimli ovozlar, ashulalar, xonishlar, sayrashlar kabi 

ma’nolarni anglatib, alhonnamoy  va  alhonsaro  tarzida sayroqi, sayrovchi; 

ashulachi so`zlariga to`g`ri keladi.  

Shu ma’nodagi yana bir shakldosh so`z amaldir. Lug`atda bu so`z quyidagicha 

izohlanadi:  

I.  Umid, istak, tilak, orzu. 

                                                             

20

 O`sha asar.  457-b. 



21

“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 248-b. 

22

O`sha asar. 381-b. 



23

O`sha asar.  530-b. 




16 

 

II. 1. Ish –harakat, ijro. 2. Mansab. 



III. Kuy, ashula, ohang.  

Amal ahli – kuy bog`lovchi; amal-u qavl - kuy-ohang: 

Arg`aning savti-yu noqus uni birla har yon

Yuz mug`oni amal-u qavl ila g`avg`o erdi.  

Yana  romish  so`zi ham Navoiy lirikasida ashula, musiqa ma`nolarida kelib, 



romish aylamak

−kuylamoq,  musiqa  chalmoq;  romishiy−kuylovchi,  chol`guvchi 

deganidir: 

Bir ohang ila aylagil romishe 

Ki, yetgay manga bir dam oromishe.

24

 



Shunday qilib, Navoiy talqinida navo, nag`ma, tarona, surud, yir, qo`shuq, 

chinga, ovoz, ayalg`u, ohang, savt, nag`am, zaxma, maqom, rost, alhon, amal, 

romish  kabi so`zlarning barchasi “kuy; qo`shiq” so`zlariga ma’nodosh bo`lib, ular 

ayni paytda shakldosh so`zlardir. Bulardan kuy, yir, qo`shuq, chinga, ayalg`u 



so`zlari  turkiy;  nag`ma, savt,  nag`am, maqom, alhon, amal  so`zlari arabiy; navo, 

tarona, surud, ovoz, ohang, zaxma, rost, romish  so`zlari forsiy tillarga mansubdir.  

Yuqorida ushbu so`zlardan yasalgan shu sohaga oid ayrim kasb otlarini ham 

keltirib o`tdik. Navoiy ijodida musiqa yo`nalishidagi yana bir qancha so`zlar 

qo`llanilganki, ular tubandagilarni tashkil etadi: 



Mug`anniy

−ashulachi,  sozanda,  cholg`uchi  kabi  ma`nolarni  anglatuvchi  arab 

tilidan o`zlashgan so`z. Bu so`z Navoiyning ham nazmiy, ham nasriy asarlarida 

ko`p bor uchraydi:  

                                                             

24

“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 530-b. 



 


17 

 

Mug`anniy, “ajam” ichra tutqil nag`am,  



Sig`ur anda zikri “muluki ajam”  

Yoki: 


“Otashin yuzluk mug`anniyki, halqidin muloyim surud chiqarg`ay hol ahlining 

kuygan bag`ridin dud chiqarg`ay” 

Mug`anniyga ma`nodosh so`zlardan biri “mutrib” bo`lib, bu so’z o’rni  bilan 

shakldoshlik ham hosil qiladi: 

1. Cholg`uchi, sozanda, ashulachi. 

2. Zuhra (vinera) sayyorasi

25



Masalan: 



“muloyim mutribki, tab va fahm anga yor bo`lg`ay, odamiy ko`ngli toshdin 

bo`lsa anga zor bo`lg`ay…”  

Yana  xushovoz  so`zi ham yaxshi cholg`uchi, usta sozanda ma’nolarini 

anglatgan.  

Shoir asarlarida navo qiluvchi, xonanda, xonish qiluvchi ma’nolarini beruvchi 

ahli navo birikmasi ham bir necha o`rinda qo`llanilgan: 

Agarchi ahli navodur ul oy boqmas, 

Navoiyo, necha bulbul kibi navo qilsang. 

Shuningdek,  xushnag`ma, xushnag`masaro  so`zlari ham xushovoz, yaxshi 

kuylovchi, yoqimli sayrovchi, sayroqi kabi ma’nolarni anglatadi. Bu so`zlar ko`p 

                                                             

25

“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov. T.1972.  429-b. 



 


18 

 

hollarda qushlarga nisbatan qo`llanilgan, ammo o`rni bilan ashulachilarga berilgan 



sifatlar qatorida ham kelaveradi: 

Nag`malar turkona soz ettim o`gush, 

Mastlig`din o`ylakim, xushnag`ma qush [] 

Xulosa qilib aytish mumkinki, kuy va kuychi so`zlarining shakl va ma’no 

jihatlarini talqin qilish yordamida ushbu so`zlarning Navoiy ijodiga xos ayrim 

qirralarini inkishof etdik. Shoirning ijodida ayni shu ma’noni beruvchi yana bir 

qancha so`zlar borki, ular haqida keyingi tadqiqotlarimizda fikr yuritish 

niyatidamiz. Muhimi, Alisher Navoiy yuqoridagi so`zlardan shunday mohirona 

foydalanadiki, natijada har bir vaziyat, har bir holatdan kelib chiqib, so`zlarning 

ma’nodoshlarini o`rnida qo`llashga erishadi.Tadqiqotimizning keyingi qismlarida 

bu masalaga alohida to`xtalib boramiz. 


Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin