Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 283,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix02.01.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#44144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
navoiy talqinida kuy badiiy mahorat va estetika birligi (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH
 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

KIRISH 



Mavzuning dolzarbligi.Har bir xalqning qanchalar qadim va navqiron ekanligi 

uning boy va qimmatli tarixi bilan o`lchanadi. O`zbek xalqi navqiron xalqdir, zero, 

uning Navoiydek daholari ko`p. Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov 

ta`kidlaganlaridek: “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”

1

. Bizning  tariximizni boy va 



sermazmun qilishda o`zining beminnat xizmatlarini ayamagan Alisher Navoiy 

ijodini o`rganish bugun biz –  yosh filologlar oldida turgan sharafli burchdir. 

Navoiyning  asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ul zotning qo`l urmagan 

mavzulari, fikr yuritmagan sohalari qolmagandek tuyiladi kishiga. Ustozning nazm 

va nasrdagi  mavzu ko`lami shu qadar kengki, ular shoirning qanchalar zukko, 

ijtimoiy hayotda yuz berayotgan voqea -  hodisalarga nisbatan mushohadakor  va 

ayni paytda hozirjavob ekanidan dalolat beradi. Xususan, dunyoning achchiq-

chuchugini totgan, undan goho “komronlig`”, goho “notavonlig`”  topgan buyuk 

shoir va mutafakkirning oltmish  yillik hayot tajribalari asosida yozilgan asar 

“Mahbub ul-qulub” da ham Navoiy bir qancha soha vakillari haqida xolisona fikr 

yuritar ekan, ularning ayrim xatti-harakatlarini tanqid ostiga ham olgan. Shulardan 

bir toifasi “Ashulachi va cholg`uchilar ” to`g`risida bo`lib, adib asarning yigirma 

ikkinchi faslini shu soha egalariga ajratadi va uni “Mutrib va mug`anniylar zikrida” 

deb nomlaydi. 

Navoiyning kuy va kuy ahli haqidagi qarashlari faqat bu kitobda emas, balki 

uning boshqa asarlari, xususan, ayrim g`azallarida ham uchraydi. Muhimi, shoir bu 

so`zlardan shunday mohirona foydalanadiki, natijada har bir vaziyat, har bir 

holatdan kelib chiqib, so`zlarni ma`nodoshlari bilan birga o`rnida qo`llashga 

erishadi.  

Xo`sh, o`zi kuy nima?Uning insoniyat hayotida qanchalik o`rni bor?Odamlar 

uni faqat estetik zavq olish uchun tinglashadimi, yoki bundan boshqa muddao ham 

                                                             

1

Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” T. 2007.



 


 

bormi?  Musiqani tinglashdan murod,g’am, anduh-u chigalliklarni ko`ngildan forig` 



etmoqmi, yohud uning mahzun ohanglaridan dard ustiga dard qo`shmoqmi? Aytish 

mumkinki, ushbu savollarning to`g`ri javobini topish va yosh avlodni o`sha yo`l sari 

undash bugungi kun oldida turgan bosh masalalardandir. Buning uchun ustoz 

merosini bot-bot varaqlamoq, ul zotning teran fikrlarini diqqat bilan ilg`ab olmoq 

kerak. 

Mustaqilikka erishgach, buyuk mutafakkir Navoiy ijodini o`rganish davlat 

ahamiyati darajasiga ko`tarildi. Toshkent davlat Sharqshunoslik institutida Sharq 

mumtoz filologiyasi yo`nalishi va shu nomdagi kafedraning yo`lga qo`yilishi hamda 

navoiyshunoslik fanining o`qitila boshlangani fikrimizning yaqqol dalilidir. Tan 

olish kerakki, sobiq ittifoq davrida ham o`zbek navoiyshunosligida katta ishlar 

qilindi, ammo sir emaski, nashr jarayonidagi qisqartirishlar, asarlar talqinidagi 

noto`g`ri tahlillar ham talaygina. Ayni shu holatlar o`sha davrda bu sohada bemalol 

faoliyat olib borishning cheklanganidan darak beradi.Bugun esa Navoiyni asliyatdan 

o`rganish, uning me`rosini to`laqonli tahlil qilish uchun keng yo`l ochib berildi.Bu 

ishlarning boshida muhtaram yurtboshimiz turganligi, ayniqsa, quvonarli holdir. 

Islom Abdug`aniyevich Karimov buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning 

millatimiz, xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari haqida so`z yuritar ekan: “Alisher 

Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni 

tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, 

millatimizning g`ururi, sha`n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z 

san`atkoridir. 

Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, 

mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir” degan edi

2




Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin