Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti bitiruv malakaviy ishi


II. 2. Shoir badiiyatida estetik qarashlarning o`rni



Yüklə 283,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix02.01.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#44144
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
navoiy talqinida kuy badiiy mahorat va estetika birligi (1)

II. 2. Shoir badiiyatida estetik qarashlarning o`rni. 

Avval ham aytganimizdek, Navoiy musiqani yaxshi idrok etgan.Shoirning kuy 

bilan bog`liq estetik qarashlari uning baddiiyatiga ham o`z ta’sirini o`tkazgan. 

Ushbu fikrlarimizni “Ey mug`anniy…” deb boshlanuvchi g`azalning badiiy-

g`oyaviy tahlili orqali dalillashga urunib ko`ramiz: 

Ey mug`anniy, chun nihon rozim bilursen, soz tuz, 

Tortibon munglug` navo sozing bila, ovoz tuz. 

Ey sozanda, yashirin sirimni bilganing bois, (undan) soz tuz,  

Sozing bilan mungli navo chekarkan, qo`shiq ham ayt. 

Navha ohangi tuzub, og`oz qil mahzun surud, 



34 

 

Ul surud ichra hazin ko`nglumg`a maxfiy roz tuz. 

Nola chekib, mahzun bir qo`shiqni boshla-yu, 

Bu qo`shiq ichra hazin ko`nglim tomon  maxfiylik kashf et. 



Tuzma og`oz  aylabon Farhod-u  Majnun qissasin

Desang el kuysun, mening  dardim qilib og`oz tuz. 

Bu tuzgan  qo`shig`ingni  Farhod-u Majnun qissasidan boshlama. 

Agar  uni tinglab el kuysin desang, mening qissasamdan muqaddima tuz. 

Istasangkim,  nag`mang ichra  ko`p xaloyiq o`lmagay, 

Ul ikavdin  ko`p, vale mendin tarone oz tuz. 

Tuzgan kuying somelari ko`p bo`lmasligini istasang, 

U ikkisidan, ya’ni Farhod-u Majnun qissasidan ko`p, mening qissamdan esa oz 

tuz. 


Gar mening holim desang tuz barcha dostoni niyoz

Dilbarimdin nag`ma soz etsang, surudi noz tuz. 

Agar mening dardim kuylasang, ehtiyoj bor dostanlarning barchasini kuyla,  

Mabodo dilbarim haqida so`z desang, yaxshisi noz kuyini chal. 

Chun bu gulshanda nasimin qilg`ali qo`ymas xazon,    

Gul firoqi sqvtin, ey bulbul, qilib parvoz tuz. 

Bu gulshan ichra tong shabadasidek sayr etgani xazon yo`l bermaydi, 

Shunday ekan, ey bulbul, guldan ayrilish kuyini chalib, parvoz qil. 

Bazm aro o`rtar Navoiyni nihon munglug` surud. 



35 

 

Ey mug`anniy, chun nihon rozim bilursen, soz tuz



32

.  

Bazm aro Navoiyni bu pinhoniy, mungli qo`shiq qiynaydi, unga azob beradi, 

ey sozanda, yashirin sirimni bilganing bois,( undan) soz tuz. 

G`azal matla’sidan maqta’siga qadar shoirning mug`anniyga xitobi asosida 

qurilgan. Matla’dan anglashiladiki, lirik qahramon va sozanda orasida pinhona bir 

ulfatlik bor, ya’ni uning qismatidagi ayrim chizgilar mug`anniyga ayon. Ana 

shundan qismat sohibi o`z qissasini bir kuyga solinishini istaydi va bu navo bir 

qo`shiq bo`lishi istagida, hofizni ham chalish, ham aytishga undaydi.   Lirik 

qahramon bu qo`shiq mungli ohangda aytilib, hazin ko`ngilga sirli bir yo`l topishi 

ilinjida. Uning fikricha, qo`shiqchi  bu maqomi bilan elni kuydirmoqchi, uni o`ziga 

jalb etmoqchi bo`lsa, Farhod va Majnun qissasini kuylashi shart emas, balki 

shoirning qissasi ularnikidan g`amliroq. Shuning uchun qo`shiq tinglovchilarining 

ko`p yoki oz bo`lishi bu qissalarning qay biri kuylanishiga bog`liq. Shoir shuni 

tilaydiki, agar mug`anniy uning dardini kuylamoqchi bo`lsa, bari dostonlarni 

kuylasin, agar so`z mashuqadan ketar bo`lsa, noz kuyini chalgani ma’qulroq. Bu 

gulshan ichra erta tong shamolidek sayr qilgani xazonlar yo`l bermagani yanglig` 

yor ham diydorin nasib etmaydi, shunday ekan, ey bulbul, gulingdan ayrilish 

kuyini chalib, ko`klarda parvoz qil. Maqta’dan oldingi bu baytda nido san`atini 

vujudga keltirgan bulbul so`zini bir necha ma`noda tushunish mumkin.Agar 

misradagi gul so`zi e`tiborga olinsa, bulbul o`z ma`nosida.Agar g`azal boshidan 

oxiriga qadar kuy-u navoga bag`ishlanganligi  va undagi har bir baytda 

mug`anniyga xitob qilinayotgani hisobga olinsa, “qo`shiqchi” ma`nosida, agar 

misradagi gul “Yor” ma`nosida anglansa, “Lirik qahramonning o`z-o`ziga 

murojati” ma`nosida ham anglandi.Asar maqta’sida esa mungli surud-  qo`shiqni 

tinglab azoblangan Navoiy bazm ichra mug`anniyga takror xitob qiladi. “Ey 

                                                             

32

Alisher Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” – “Badoe ul-vasat” o`n besh tomlik, 3-tom.T.1963. 121-b. 



 


36 

 

mug`anniy, chun nihon rozim bilursen, soz tuz”.   Ma’lum bo`ladiki, g`azalda 

ra’ddi matla’ san’atidan ham mohirona foydalanilgan va ayni qaytarilgan 

misradagi g`azal qofiyalanishi uchun asos bo`luvchi “soz ” so`zi bir ma’nosi bilan 

kuyga borib taqalsa, ikkinchi tomondan taklifga binoan kuylangan qo`shiqning o`ta 

mungliligidan benihoya o`rtangan Navoiy mug`anniyga qayta murojaatidan kelib 

chiqqan holda “muvofiq, yoqimli” kabi ma’nolarni ham anglatib, iyhom san’atini 

vujudga keltirgan, deyish mumkin. G`azal sharhidan ma’lum bo`ladiki, shoir 

musiqaga oid mug`anniy, soz, navo, ovoz, ovoz tuzmak, ohang, surud, nag`ma, 

tarona, savt  kabi so`zlarni o`rnini topib qo`llagan. 

Guvohi bo`lganimizdek, yuqoridagi g`azal boshdan oyoq kuy-u navoni 

tarannum etgan. Navoiyning she’riyat bo`stonida yana bir qancha g`azallari borki, 

ularning ayrim baytlari mavzumizga dahldor bo`lganligi uchun tahlil qilishga 

kirishdik: 

G`ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro, 

To Navoiydek asir-u benavo bo`ldum sanga. 

 “Bo`ldum sanga” radifli g`azalning maqta’si bo`lgan ushbu bayt Navoiyning 

shohbaytlaridan biridir. Zero, bu bayt shakli bilan ham, mazmuni bilan ham 

o`quvchini hayratga soladi:  

Navo so`zi omonim ekanligi, ya’ni bu o`rinda bir ma’nosi bilan “kuy, tarona”, 

bir ma’nosi bilan “nasib, baha” tushunchalarini ifodalayotgani e’tiborga olinsa, 

iyhom; Navoiy va benavo so`zlari zid qo`yilishi bilan tazod; navoye, Navoiy, 

benavo so`zlari o`zakdosh ekanligi hisobga olinsa, ishtiqoq san’atlari baytga ajib 

lisoniy joziba bag`ishlab turibdi. Ta’kidlash joiz, baytning g`oyaviy jihati uning 

ana shunday g`ozal shaklidan ham hayratlanarlidir.Navoiy “Nasoim ul-

muhabbat”da Jaloliddin Rumiy haqida yozar ekan mavlononing musiqani idrok 

etish haqidagi falsafiy fikrlarini ham berib o`tadi. Ushbu parcha yuqoridagi 

shohbaytning mazmunini teranroq anglashda yordam bergani bois uni eslab 



37 

 

o`tishni maqsadga muvofiq deb bildik: “Alar der emishlarki, rubob uni behisht 



eshigining sariridir. Agar bizga ondin zavq va xushhollik bo`lsa, jihat budur. Bizga 

nechuk ul zavq va hol bo`lmas? Alar debturlarki, siz ul eshikning yopqonining 

saririni eshtursiz, biz ochqonining, sabab budurki, bizga zavq va hol bo`lur va 

sizga yo`q”. Ushbu parchadan tegishli xulosa chiqargan holda yuqoridagi baytining 

nasriy bayoni va g`oyaviy mazmunini keltiramiz: 

Senga to Navoiydek asir-u muhtoj bo`lmaguncha 

Oshiqlar o`rtasida bu qayg`u changidan bir navo topolmadim. 

Shu o`rinda “Sabayi sayyor” dostonining bosh qahramoni Diloromning 

changchi qiz obrazi sifatida gavdalantirilgani ham alohida e`tiborga loyiq. Ishq 

yo`lida bor zahmatlarni chekib, o`rtanayotgan oshiqlar uchun qayg`uli navolar 

taratayotgan chang dard ustiga chipqondek tuyulishi mumkin. Ammo bu ishq 

gadolari Yorga Navoiydek asir, Navoiydek muhtoj bo`lsa-chi?! Bunday holda 

changing qayg`uga bottiruvchi alamli sadolari oshiqqa “Behisht eshigining 

ochqonining sariri”, ya`ni“Visol onlariga bir necha qadam qolganidan darak 

beruvchi nido”  bo`lib tinglanadi. Demak, musiqani tushunish, badiiy adabiyotni 

o`qib, undan bahra olish uchun kerak bo`ladigan nozik idrok va estetik did 

o’quvchi va tinglovchilar saviyasini belgilab beruvchi zaruriy omil ekan. Ushbu 

xususiyatlarni o`zida jamlagan tug`ma iste’dod egasi Navoiy quyidagi baytlarni 

yozarkan qanchalar haq edi: 

Baski, Navoiy ayladi dard surudida navo 

Ahli tarabni yig`latur majlisining taronasi. 

Ya`ni: agar Navoiy dard qo`shig`i ichra bir navo aylasa,  bu tarona majlisda 

kayfi chog`, xursand holda o`tirgan barchani yig`lata olishdek bir kuchga egadir.  

Yoki: 


To tuzdi Navoiy oyati ishq, 


38 

 

Ishq ahli aro navo bo`libdur.  



Ushbu faxriyada ta’kidlanganidek, haqiqiy ishq otashida toblangan, sham 

yanglig` o`zi yonsa-da atrofdagilarni yoritgan Navoiyning bari yozganlari ishq ahli 

uchun bir oyat  kabidir. Haqiqatan, ipga tizilgan marvarid shodalaridek bu 

purma’no so`zlar jamiki oshiqlarning madhiyasi bo`la oluvchi bir navo kabidir! 




Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin