Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti bitiruv malakaviy ishi


II.3.  Shoir mug`anniynomalarining badiiy jozibasi



Yüklə 283,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix02.01.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#44144
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
navoiy talqinida kuy badiiy mahorat va estetika birligi (1)

II.3.  Shoir mug`anniynomalarining badiiy jozibasi. 

“Xamsa”  dostonlarining ham bir necha o`rinlarida kuy-u navo bilan  bog`liq 

misralar borki, ularda Navoiyning musiqiy olamini yanada yaqinroq va yaxshiroq 

kashf etgandek bo`lamiz. Xususan, “Saddi Iskandariy”ning yigirma olti o`rnida 

Navoiyning mug`anniyga murojaati keladi. Navoiyshunos olima Suyima 

G’aniyeva ana shu baytlarninglarning barini bir o`ringa jamlab:“shoirning 

mug`anniynomalaridir”,  -  degan fikrni o’rtaga tashlaydilar. Bu ta’rif o’zini 

oqlaydi. Zero, bu baytlarda shoirning kuy-u navo bilan bog’liq butun estetik 

qarashlari she’riy shaklda mug’anniyga qarata  yo’llanadi. Bu nomalardan 

birinchisi dostonning sakkizinchi bobidadir:  

Mug`anniy, surudi harifona chek, 

Bir un birla tek turmag`il, yona chek! 

Dema so`z, meni ayla mast-u xarob 

Ki, tongla so`z ayturg`a qilg`um shitob! 

Navoiy necha soqiyi shangdur 

Mug`anniy dog`i dilkash ohangdur. 

O`zing asragaysen ichar chog`da roh 

Ki, kulli ish ollingg`a tushmish saboh!

33

 

                                                             



33

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.64-b.

 



39 

 

Ey mug`anniy, sherikchilikda bir qo`shiq kuyla, bir marta aytarkan jim 



turmagin, yana kuyla! Kuylayotgan qo`shig`ingda matn bo`lmasin. Kuyingning 

o`zi bilan  meni mast-u xarob aylaginki, tongda bu qo`shig`ing so`zlarini yozish 

uchun  o`zim  shitob  qilay!  Ey  Navoiy,  soqiyi  shang−o`ynoqi  mahbubalar  qancha 

ko`p bo`lsa-da, bilginki mug`anniy ularning barchasidan ham a`lo  -  bir diltortar 

ohangdir go`yo! Shunday ekan saboh roh-may ichar chog`ingda oldingga 

tushadigan kulliyot (bu o`rinda “Saddi Iskandariy” nazarda tutilmoqda) ni o`zing 

asragaysan! Ushbu baytlardan shuni anglash mumkinki, Navoiy yozgan dostoniga 

mug`anniy tomonidan bir kuy bog`lanib, uning xalq orasida keng yoyilishini 

istayapti. 

Mug`anniyga atalgan keyingi nido dostonning Husayn Boyqaroga 

bag`ishlangan bobi yakunida bo`lib, unda shunday yoziladi: 

Mug`anniy! Chu gulshanda bazm o`ldi rost, 

Budur xostkim tuzsang ohangi “Rost!” 

U ohangdin bizni qilsang xushon 

Ki, bo`lsak sarandoz-u domanfishon! 

Navoiy, chu bazm o`ldi orosta 

Qadahdin tutub mohi nokosta. 

Bu shohona majlis aro boda ich, 

Valekin qachon tutsa shahzoda, ich.

34

 



Birinchi baytdagi rost so`zi tajnis san`atini yuzaga keltirgan: Ey mug`anniy, 

gulshanda bazm rost bo`lganda, ya`ni bazm tashkillashtirilgan paytda “rost” kuyini 

                                                             

34

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.70-b.



 


40 

 

chalganing juda mos keladi! Bu tuzgan kuying bilan bizni shod-u xurram qilsang, 



kayfimiz chog`-u zavqdan o`zimizni tuta olmasak! 

Yana Sulton Badiuzzamon madh etilgan bobda ham shunday keladi: 

Mug`anniy, surude chek andoq baland 

Ki, tushsun sipehr ahlig`a dilpisand! 

Unung savtini oliy ovoza et, 

So`z ovozasin ko`ngluma toza et! 

Navoiy, so`z ayturda farzona bo`l 

Chu ish boshingga tushdi mardona bo`l ! 

Bahona tariqini barbod qil, 

Surub doston, nukta bunyod qil!

35

 

Ey mug`anniy, el orasida qadri baland bir qo`shiq kuylaginki, u butun dunyo 



ahliga xush kelsin! Bu qo`shig`ing ovozini yuksak pardalarda tuz, so`zining 

dovrug`ini ham ko`nglumga maqbul tuz.Ey Navoiy so’z aytishda farzona bo’lgin, 

nogahon boshingga ish tushganda mardona bo’lgin, turli bahonalar qilishni bas 

qilginda, dostonni davom ettirgan holda purma’no hikmatlaring bunyod qilgin. 

Dostonning Ajam shohlaridan Peshdodiylar sulolasi haqidagi bobi so`ngida 

ham mug`anniyga noma yo`llanadi:  

 Mug`anniy, “Ajam” ichra tutqil nag`am, 

Sig`ur anda zikri “Mukuki ajam”. 

Alar Peshdod erkanin yod qil, 

                                                             

35

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.73-b.



 


41 

 

Manga sen dog`i tarki bedod qil. 



Navoiy, ajab yerga yetmish so`zung, 

Ne eldur bular xud bilursen o`zung! 

Adab birla shohona sog`ar sumur 

Dimog`ing chu garm o`ldi afsona sur.

36

 

Birinchi misradagi “ajam” so`zida o`sha vaqtlarda Xuroson va 



Movarounnahrda mashhur qadimiy kuylardan birining nomi nazarda tutilmoqda: 

ey mug`anniy, “Ajam” kuyini chal, bu kuy aro Ajam shohlari zikrini jo qil, 

ularning Peshdodlardan ekanini yodda saqlarkan, menga zulm qilishni tark qil! Ey 

Navoiy, so’zing –  dostoning ham ajib bir yerga yetdi, zero madh etayotganing   

qanday xalq ekanini o’zing bilasan. Endi odob bilan bir qadah shohona may ichgin 

va dimog’ing isidim degan zahoti doston yozishni davom ettirgin. 

Shuningdek, Kayoniylar haqidagi bob yakunida ham shunday keladi:  

Mug`anniy, tuzub nag`mai Pahlaviy, 

Surude aning birla chek ma`naviy! 

Bu shahlarki, nazm ichra qildim savod, 

Surudun aro sen dog`i ayla yod. 

Navoiy may ich dog`i bo`l rahshunus, 

Bu shahlardin et o`z ishingni qiyos! 

Jahondorlarni jahon qilsa past, 

Topa olmag`aymu gadolarg`a dast.

37

 



                                                             

36

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.77-b.



 


42 

 

Ey mug`anniy, “Pahlaviy” nag`masi (bu o`rinda O`rta Osiyo xalqlari orasida 



mashhur bo`lgan qadimiy kuylardan biri) ni tuz. Bu kuy bilan birga ma’naviyni 

chal. Men nazmim ichra yozgan bu shohlarni sen ham kuying aro yana bir yod qil. 

Navoiy, may ich-u yo’lingda adashmagin hech, ushbu shohlar qismatidan o’z 

yo’lingni qiyos etgin, unutmaginki, ana shunday jahondorlarniki xor qilgan bu 

bevafo dunyo sendek gadolarga o’z xiylalarini qo’llolmaydimi?  

Shoirning mug`anniyga qarata keyingi murojaati Ashkoniylar sulolasi haqidagi 

bobning so`ngidan o`rin olgan: 

 Mug`anniy bu shahlarki chekdim tiroz, 

Alar yodig`a nag`ma chek dilnavoz 

Ki, nag`mang bila bir qadah no’sh etay, 

Dame nuktadin tilni xomush etay! 

Navoiy bu shahlarki ko`rdi jahon, 

Bukun barcha tufrog` arodir nihon. 

Chu borig`a ulyon azimat durur, 

Zamone xush o`lmoq g`animat durur.

38

 



Ey mug`anniy, bu shohlarning madhini so`z bilan ko`p ziynatladim,  sen ham 

ularning yodiga yoqimli bir qo`shiq aytginki, uni tinglash bilan birga bir qadah 

may ichay va shu vaqt davomida nukta bunyod qilishdan, ya’ni purhikmat 

so`zlarni aytishdan bu tilimga bir oz dam beray! Navoiy, mana butun dunyoni 

kezgan ushbu shohlar bugun tuproq ostida yotarlar, shunday ekan, bu zamonda 

boriga shukur qilib, xursand holda  yashash buyuklikdan dalolatdir. 

                                                                                                                                                                                                    

37

 O`sha asar. 80-b. 



38

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.82-b.

 



43 

 

Mug`anniyni Ajam shohlari tarixini kuylashga chorlovchi so`nggi noma 



Sosoniylar madhiga bag`ishlangan bobning yakunida keladi:  

 Mug`anniy, surud aytibon rud tuz  

Vafosiz jahon birla padrud tuz! 

Chu ketmaklik andin erur noguzir, 

Dame xushdil o`lmoq erur dilpazir. 

Navoiy , bu yanglig` emish dahr ishi, 

Vafo ko`rmamish hargiz andin kishi. 

Kishilik budurkim, unutsang ani, 

Chu tarking qilur, tark tutsang ani!

39

 



Mug`anniy, surud aytibon rud tuz.Ushbu misradagi rud so`zi shakldosh bo`lib, 

iyhom san’atini vujudga keltirgan. Ya’ni: ey mug`anniy, qo`shiq aytarkan uning 

musiqasini rud cholg`u asbobida tuz yoki ey mug`anniy, qo`shiq aytarkan uning 

ta’sirida bizlarni mast aylab, ko`zyoshlarimizdan daryo tuz! Shunday kuylaginki, 

bu bevafo dunyo bilan vidolashish ahdini tuzsin, zero, undan ketishimiz 

muqarrardir, shunday ekan, vaqtni xush o`tkazgan maqulroqdir.Navoiy, bu 

dunyoning ishlari shunday ekanki, undan kishiga vafo yetmas ekan. Odamiylik esa 

shunday xislatki, mabodo sen uni lahzaga bo’lsa-da unutar bo`lsang, u seni 

butunlay tark etar ekan.    

Keyingi mug`anniynoma Shoh Iskandarning taxtga o`tirishiga bag`ishlangan 

bob xotimasida keladi: 

 Mug`anniy, qilib soz rudi nishot, 

                                                             

39

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.85-b.



 


44 

 

Aning birla tuzgil surudi nishot 



Ki, so`z taxtida bo`ldung oromgir, 

Bo`lay tahniyat bazmida jomgir! 

Navoiy, jahonning firibin yema, 

Xirad olliyda naqsh-u zebin dema. 

Chu davron ishi bevafoliq durur, 

Fuzun shohlig`din gadoliq durur. 

Gadoyeki qayd o`lg`ay andin yiroq, 

Muqayyad jahondordan yaxshiroq.

40

 

Ey mug`anniy, rudingni xursandchilik kuyini chalishga sozlagin va shu kuyga 



moslab zavq beruvchi bir qo`shiq aytginki, so`zlarni marjonlarga tizaverib 

oromimni oldirgan men –  shoir bu qutlov bazmida, ya’ni Iskandarning taxtga 

o`tirish marosimida sening kuy-u qo`shig`ing tinglab, may ichar ekan, rohat olay! 

Ey Navoiy,bu dunyoning g’amini also yemaginki, uning ishi bevafolik qilishdan 

o’zgasi emas.va shohlikdan ko’ra gadolikning gashti yoqimliroqdir. 

Yana Iskandarning Rumga qarab qilgan yurishi bayonidagi bobda ham 

quyidagi misralar yoziladi: 

 Mug`anniy, navoda tuzub mo`tadil, 

Navosozliq qil manga muttasil. 

Qulog`imga dilkash sadoye yetur, 

Meni benavog`a navoye yetur. 

                                                             

40

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.95-b.



 


45 

 

Ey mug`anniy, mo`tadil bir navo chekkin-u, kuylashdan tinmagin. Qulog`imga 



dilkash sadoyingni yetkazarkan men benavo – bechorani navoga yetkazgin!  

Iskandarshoh huzuriga kelgan Doro elchisi voqealari bayon etilgan bob 

yakunida yana bir mug`anniynoma bitilgan: 

Mug`anniy, cholib garm hangoma tuz, 

Surudungda ohangi “Shahnoma” tuz. 

Chu ohangi kin ettilar ikki shoh

Daler o`lsun ul nag`ma birla sipoh.

41

 



Ey mug`anniy,  kuy chalib bir yig`in tuz, qo`shig`ingni “Shohnoma” ohangida 

ayt. Toki bu ikki shoh –  Iskandar va Doro bir-biriga kek saqlagan vaqtda sipoh 

sening kuy-u navongdan kuch olib botir, qo`rqmas bo`lsinlar! 

Mug`anniyga yo`llangan keyingi noma Iskandar va Doro qo`shinlarining 

to`qnashuvi haqidagi bobdan joy olgan: 

 Mug`anniy, bugun nag`mai chang tuz, 

Vale navha soz aylab ohang tuz. 

Ki, dardimg`a tortib fig`on yig`layin, 

Dame, o`ylakim, shisha qon yig`layin!

42

 



Ey mug`anniy, kel bugun chang sozida bir kuy chalgin, ammo sozingni sho`x 

sayratmasdan mungli bir ohangda chalgilki, kuy-u navongni tinglar vaqtda dard 

chekib, fig`on yig`layin, ko`zlarimdan yosh emas, shisha qon to`kib yig`layin! Ey 

Navoiy, bu jahonda vafo yo`qdur, chunki uning bilgan odat-u rasmi 

                                                             

41

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.115-b.



 

42

 O`sha asar 148-b. 




46 

 

jafodur−o`qdir.Shunday ekan, biriga vafo qilib, undan vafo kutmagin. Agar navo 



topishni−bahramand bo`lishni istasang, benavo, ya’ni yo`qsil bo`lgin. 

Keyingi mug`anniynoma Iskandarning Doro yerlariga hukmron bo`lib, 

mamlakatni obod qilgani va Kashmir, Hind va Xitoy xoqonlarini tilab, ular 

huzuriga elchilar yuborgani haqidagi bobda bo`lib, unda shunday yoziladi: 

 Mug`anniy, degil hinduyi rexta, 

Anga sehri kashmiri omexta. 

Men ichganda chiniy ayog`ini olib 

Degil savt ollimda chiniy cholib.

43

 

Ey mug`anniy, Hind kuyida bir qo`shiq aytginki, unda Kashmir ahlining sehri 



(tarixda Kashmirliklar sehrgarlikning ustasi bo`lganligi naql qilinadi) ham qorishib 

ketsin. Men chin mayini ichar chog`imda esa sen ham chincha bir kuy chalgin!  

Iskandarning bir qancha shaharlarni fath etib, so`ng Kashmirga ketgani 

haqidagi bobda ham muallif mug`anniyga bir noma yo`llaydiki, biz bu baytlarni 

mavumiz talabi yuzasidan avvalgi bobda tahlil etgan edik. 

Yana bir noma Iskandarning Aflotun yordami bilan Mallu yashiringan tilsimni 

ochgani va tilsim ortidagi Mallu o`z eli bilan yakson qilinib, uning o`rniga 

Feruzning taxtga ko`tarilishi to`g`risidagi bobdan o`rin olgan: 

 Mug`anniy hazin nag`ma bunyod qil, 

Yigitlikning ayyomini yod qil 

Ki, ul nag`madin toza hushe topay, 

Sog`inib yigitlikni jo`she topay!

44

 

                                                             



43

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.193-b.

 



47 

 

Ey mug`anniy, hazin bir navo kashf et, bu kuying sadolari ostida yoshligimni 



yodga olay! Chalayotgan kuyingdan yoqimli ta`sir topay, yoshlikni sog`inib yana 

jo`shqinlik topay! 

Mug`anniyga atalgan yana  bir noma Iskandarning Hindistonga qilgan safari 

tafsilotlari yozilgan bobdadir: 

 Mug`anniy, tuzat nag`mayi rexta 

Ani qil unung birla omexta 

Ki, bir sabzi shirin yana Hind aro, 

Mening ro`zgorimni qildi qaro.

45

 

Ey mug`anniy, “rexta” kuyini chalgin, bu kuyga moslab o`z ovozingda bir 



qo`shiq ham aytginki, bu hind aro bir pari mening boshimga yana g`avg`olar soldi. 

Mug`anniy, kel-u chert turkona soz, 

Maqomi “Navo”, yo`qsa “Turki hijoz”. 

Navoiyning ashoridin necha bayt, 

Mening hasbi holim topib turkiy ayt! 

Navoiy


, tutub fol−devonni och, 

O`qurda dur-u la’l olamga` soch. 

Mug`nniyg`a ham ayla ta’lim ani  

Ki, qilsun surud ichra taqsim ani!

46

 

                                                                                                                                                                                                    



44

 O`sha asar. 222-b. 

45

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.282-b.



 

46

 O`sha asar 314-b. 




48 

 

Yuqoridagi baytlar dostondan joy olgan mug`anniynomalar ichida alohida 



ahamiyatga egadir. Zero, unda shoir mug`anniydan turkona soz chalishini, yo 

“Navo”, yoki “Turki hijoz”ni kuylashini va o`zining she’rlaridan bir nechtasini 

olib, ularning ichidan hasbihol tarzida yozilganlarini saralab olishi hamda turkiy 

qo`shiq aytishini so`ramoqda. Shunday ekan, ey Navoiy fol tutib, ya’ni tavakkal 

qilib devonning bir sahifasini och va undagi yozuvlarni o`qirkan olamga dur-u la’l 

soch! Gahvar yanglig` bu satrlardan mug`anniyga ham ta’lim bergin, toki u ham bu 

durlarni o`z qo`shiqlariga taqsim etsin!  

Ushbu satrlarga hamohang ravishda yozilgan yana bir mug`anniynomada 

quyidagilar bayon etiladi: 

 Mug`anniy, ulug` yir sadosini tuz, 

Bijir ko`kka piypo sadosini tuz! 

Meni bir navo birla xushhol qil, 

Jahon fikridin forig`ulbol qil ! 

Navoiy, ichib may eshitgil surud, 

Ki bas, bevafodur sipehri qabud 

Ki, Xoqong`a gar juz jafo qilmadi. 

Skandarg`a dog`i vafo qilmadi.

47

 



Ey mug`anniy, buyuk yir kuyini chalgin, bu yir bilan ko`klarga yetuvchi bir 

sado ham tuzgin. Tuzgan navong bilan meni xushhol qil, lahzaga bo`lsa-da dunyo 

tashvishlaridan forig` qil! Ey Navoiy, may ichib qo`shiq tinglagil, yetar ortiqki, bu 

charxi kajraftor bevafo ekan. Xoqongaki boshqa jafo qilmadi, demak, Iskandarga 

yana vafo qilmadi.  

                                                             

47

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.358-b.



 


49 

 

Iskandarning nikoh kechasiga bag`ishlangan bazmida ham Navoiy 



mug`anniyga atab shunday yozadi: 

 Mug`anniy, tuzub chinga vaznida chang, 

Navo chekki, hay-hay o`lang, hoy o`lang, 

Desang senki: jon qardoshim, yor-yor! 

Men aytayki: munglug` boshim, yor-yor! 

Navoiy, chu sarmanziling Chingadur, 

Surudung dog`i sur aro chingadur. 

 Ayalg`ung necha yor-yor o`lg`usi, 

Mening yig`larim zor-zor o`lg`usi.

48

 



Ey mug`anniy, changing sadosini chinga vazniga mosla va “hay-hay o`lang, 

hoy o`lang” ni aytib bir qo`shiq kuyla. Ashulangda “jon qardoshim,  yor-yor!”,  - 

degan vaqting men aytaman: “mungli boshim, yor-yor!”.Ey Navoiy, endi 

sarmanziling, ya’ni ilk qo`nar joying Chindir, qo`shig`ing (bu o`rinda doston 

nazarda tutilmoqda) ham sur ichida chingadir. Baytda Iskandarning chin eliga 

kuyov bo`lgni aytilmoqda. Ikkinchi misradagi “sur” so`zida iyhom san’ati mavjud 

bo`lib, bu so`z bir ma’nosi bilan bazm, to`y, bir ma’nosi bilan qal’a, qo`rg`on kabi 

tushunchalarni ifodalamoqda. So`nggi baytda esa shoir qalbining tub-tubiga 

yashiringan alamlar aks etgandek tuyuladi: yor-yorlar kuylangan necha 

qo`shiqlaringki bor, ularni eshitib mening ko`zyoshlarim shashqator. Iskandarning 

nikoh bazmini tuzib mug`anniy orqali “yor-yor”lar bilan ulug` shohni qutlashni 

istagan Navoiy shu “yor-yor”lardan bittasi o`ziga nasib etmaganidan 

o`kinayotgandek nazarimizda. Balki, shundandir qo`shiqchi: “jon qardoshim,  yor-

                                                             

48

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.383-b.



 


50 

 

yor” deb kuylagan vaqt dardkash shoir: “munglug` boshim, yor-yor” deb zor-zor 



yig`lamoqda.   

Yana bir mug`anniynoma Iskandarning Mag`rib tomon qilgan safari 

bayonidagi bobda joylashgan: 

 Mug`anniy, g`aribona un chek hazin 

Ki, manzilga ham bo`ldi Mag`rib zamin. 

Sochay boshing uzra zari mag`ribiy,  

Quyosh yerga mag`ribda sochqon kibi.

49

 



Ey mug`anniy, hazin bir ohangda g`arib kuy chalginki, bugun qo`nar yerimiz 

Mag`rib zamini bo`ldi. Shunda men ham quyosh botar chog`i yerga zarrin nurlarini 

sochgandek Mag`ribning zarlarini boshing uzra sochay. 

Yana bir o`rinda shunday keladi: 

 Mug`anniy surudi visol ayla soz 

Ki, hijronda ko`p topdi jonim gudoz.  

Aningdekki, ul qavm topdi visol, 

Manga ham nasib aylagay Zuljalol!

50

 

Ey mug`anniy, visol kuyini chalginki, bu jonim hajrda ko`p kuyib-yondi. 



Shunday kuylaginki, ul qavm (bu o`rinda mo`r xayli, ya’ni chumolilar galasi 

nazarda  tutilmoqda)  visol  topganidek,  menga  ham  Zuljalol−buyuklik  egasi  visol 

nasib aylasin!  

                                                             

49

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.401-b.



 

50

 O`sha asar. 423-b. 




51 

 

 Mug`anniyga atalgan keyingi noma Iskandarning Mag`rib diyoridan Rum sari 



qilgan safari haqidagi bobdadir: 

 Mug`anniy, chu topdim maqomimda kom, 

Tuzat kom ila sen dog`i bir maqom. 

Qilib fahm ul ohangning rangini 

Yana tark etay sayr ohangini.

51

 



Ey mug`anniy, maqomim - dostonim ichra bir maqsadga erishgan chog`da sen 

ham o`z maqomingdan dillarni bahramand etgin. Tuzgan bu ohanging nafini fahm 

etarkan bir muddat sayr etish xayolini tark etay!  

Yana bir o`rinda mug`anniyga xitob keladi:  

 Mug`anniy, tarona tuzat rexta, 

Hazin rudungga lahne omexta 

Ki, ashkimni to`kkay duri nobdek, 

Buyurg`ay manga charxi girdobdek. 

Ey mug`anniy! Mungli bir kuy chal, sozingga hazin bir qo`shiqni ham jo`r 

qilginki, u toza sadaflardek ko`zyoshlarimni to`kib, go`yo uyirma suvni 

aylantiruvchi charxdek ta`sir etsin menga!   

Shuningdek, Iskandarning Muhit markaziga yetib, Iskandariyani azm etgani 

borasidagi bobda ham bir mug`anniynoma bor: 

 Mug`annniy, chekib nag`ma qil bizni shod, 

Kerak bo`lsa ul nag`mai xayrbod. 

                                                             

51

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.445-b.



 


52 

 

Agar munglug` istar esang anda bayt,  



Navoiyning oshufta nazmidin ayt ! 

Navoiy, topib soqiyi mohvash, 

Yonida aning mutribi nag`makash. 

Bo`lub mast, yod etma ogohliq,  

Agar istar ersang dame shohliq.

52

 



Ey mug`anniy, kuy chalib bizni shod qil, agar lozim topsang vidolashuv kuyini 

chalgin, mabodo bu qo`shig`ing mungliroq bo`lishini istasang, uning matnini 

Navoiyning oshiqona ruhda yozilgan nazmidan tuzgin! Ey Navoiy, oy kabi bir 

soqiy bo`lsa, yonida yoqimli ovoz egasi bo`lgan bir hofiz bo`lsa, shunda bir damga 

bo`lsa-da shoh bo`lishni istar esang, may ichib mast bo`lgin-u, ogohlikni yoddan 

ko`targin!  

Keyingi noma shoh Iskandarning vafot etgani haqidagi bobdadir: 

 Mug`anniy, kel-u navha ohangi tuz, 

Buzug` ko`nglumizni yana do`gi buz.  

Ki, ham motamiy qildi, ham g`amzada, 

Firoq ichra bizni bu motamkada. 

Navoiy, jahondin vafo istama,  

Tutub benavolig`, navo istama ! 

Birovga jahondin yetishmas ano  

Kim, ul tutsa oyini faqr-u fano.

53

 



                                                             

52

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.514-b.



 


53 

 

Ey mug`anniy, kel-u hazin bir navo tuzgin, shundoq ham ezilgan dillarimizni 



yanada buzgin. Bu motam uyida firoq ichra azador bo`lib, qayg`uga botib qoldik. 

Ey Navoiy, bu jahondan vafo istama, o`zni benavo –  bechora tutib, navo –  nasib 

istama! Zero, faqr-u fanoni rasm qilgan biror kishi –  biror so`fiyga bu jahondan 

kulfat yetmadi. Bu baytda faqr-u fano tasavvufiy faqrlik va yo`qlik, ya’ni o`zidan, 

nafsidan kechib ilohiyotga berilish ma’nosida kelgan. 

Dostonning Hikmat boblaridan birida Navoiy mug’anniyga qarata aytadi: 

Mug`anniy, tuzat nay unin dilpazir 

Ki, bas qilg`udek bo`ldi kilkim sarir 

Ki, mast o`lg`onimda ichib jomi may, 

Gar ul nay uni sokin o`lsa, bu nay.

54

 

Ey mug`anniy, ko`ngilga yoquvchi nay kuyini chalginki, bu qamish qalamim 



g`ijirlashni, ya’ni yozishni tugatar bo`ldi. Agar jom to`la may ichib mast 

bo`lganimda u nayning sadolari ajib bir sokinlik baxsh etsa, bu haqiqiy naydir! 

Nihoyat, dostonning oxirgi bobida so`nggi mug`anniynomaga duch kelamiz: 

 Mug`anniy, so`zum tingla oxirgahi, 

Hazin nag`maye soz qil xirgahi. 

Bir ohang ila aylagil romishe 

Ki, yetgay manga bir dam oromishe. 

Navoiy, qilib tengri koming ravo, 

Sanga ro`zi etti ajoyib navo. 

                                                                                                                                                                                                    

53

O`sha asar. 533-b.



 

54

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” yigirma tomlik, 11-tom. T. 1993.558-b.



 


54 

 

Uzot tengri shukri navosig`a til, 



Navo ortuq istar esang, shukr qil!

55

 



Ey mug’anniy, oxirgi vaqt so`zim tinglagin va ularga quloq berarkan hazin bir 

kuyni hirgoya qilgin. Ha, ohang tuzib, bir ashula aytginki, uni tinglab bir oz tin 

olay. Ey Navoiy, senga tangri o`z nasibasini ravo ko`rdi, yani U seni bir ajoyib 

xazinaga erishtirdi. Shunday ekan, endi bu bahramandlik uchun tangriga shukrona 

keltirgin, nasibang ziyoda bo`lishini tilar bo`lsang, yana shukr qilgin. 

Ushbu mug`anniynomalardan olgan xulosalarimizni savol-u javob tarzida 

berishni maqul deb topdik.E`tibor qilinsa, “Saddi Iskandariy” dostonining yuqorida 

nomlari zikr qilingan yigirma olti bobning barchasida muallif so`nggi so`z o`rnida 

avval soqiyga, so`ng mug`anniyga, yakunda o`ziga murojaat etadi.Xo`sh, buning 

siri nimada? Soqiy, mug`anniy va Navoiy shaxslarini nima bir joyda bog`lab 

turadi? Navoiy nega aynan soqiy va mug`anniyga xitob qiladi? Shu o`rinda 

“O`tgan kunlar” romanining bir lavhasini eslab o`tish joiz. Qandaydir 

tushunmovchiliklar sababli Marg`ilondan quvilgan Otabekning birinchi borar 

manzili nega mayxona bo`ldi? Nima uchun Otabekdek iymoni butun, xudojo`y 

inson aynan sharobning ko`magida dard-u alamlaridan qutulishni afzal deb bildi? 

Nima Yusufbek Hojidek mo`min-musulmon otaning tarbiyasini olgan bu yigit 

g`am-u tashvishlarni aritishning haqiqiy chorasi qayerda va qanday ekanini 

bilmasmidi? Yoki asar muallifi ayni shu bobni boshqacharoq yozishiga biror nima 

to`sqinlik qilarmidi? Ha, to`sqinlik qilar edi, fikrimizcha, bu hodisaning boshqacha 

tus olishiga haqiqat to`sqinlik qilar edi. Chunki Otabek ham oddiy odam edi. Odam 

esa adasha-adasha to`g`ri yo`lni topadi. U may ichish harom ekanligini juda yaxshi 

bilar edi, shu bilan birga unda lahzalarga bo`lsa-da kechmishni unuttiruvchi 

xususiyat borligini ham bilar edi. Biz ushbu fikrlarimiz bilan dard ustida turgan 

odam sharob ichib, tashvishlarini yengishi mumkin, degan fikrdan tamoman 

                                                             

55

 O`sha asar. 582-b. 




55 

 

yiroqmiz, balki, may vaqtinchalik bo`lsa-da rohat bera oladigan xususiyati bilan 



odamni o`ziga jalb qiladi demoqchimiz, xolos. Endi xuddi shu voqeada kitobxon 

Otabekning tinimsiz sharob ichish bilan birga mashshoqdan bir kuy tinglashni ham 

istaganiga guvoh bo`ladi. Bu kuy Otabek uchun atalgan “Ayriliq” kuyi edi.Zero, 

Rumiy aytganidek, nayning sadosi insonga o`z mojarosini eslatgani uchun ham 

sevib  tinglanadi. Demak, soqiy, mashshoq va Otabek orasidagi bog`liqlik ham 

qahramonimizning o`tli dard sohibi ekanligi-yu, soqiyning sharobida bu dardni 

unuttirib, mashshoqning qo`shig`ida esa o`z dardini eslata turib, orom beruvchi 

xususiyatning borligidadir.  Ushbu misolni mug`anniynomalarni dunyoviy talqin 

qilishdagi bir usul deb tushunaylikda, baytlarni botiniy-tasavvufiy tahliliga 

kirishaylik. Mug`anniynomada ta`riflanayotgan mayxona –  Allohning sevimli 

bandalari to`planadigan bir xarobot; may – Allohning ishqi; soqiy – bu may-ishqni 

jom-ko`ngilga quyib turuvchi Azalning o`zi; mug`anniy –  Uning hikmatlarini 

ko`ngillarga xush yoqadigan turfa ohanglarda kuylab turuvchi piri murshid bo`lsa! 

Bir g`amnok inson –  o`z qo`shigi, ya`ni dostonini yozish mobaynida hayotning 

butun ikir-chikirlariga guvoh bo`lgan, teskari aylanuvchi falakning na Iskandar va 

na Xoqonga vafo qilmaganining shohidiga aylangan,  faqat faqr-u fanoni o`ziga 

rasm qilgan so`fiygina bu jafokor jahondan aziyat chekmasligiga amin bo`lgan 

Navoiy uchun rohat va qanoat beruvchi bundan ortiq manzara bormi?! 

Bu mug`anniynomalar Otabek haqidagi voqeani xotirlab dunyoviy talqin 

qilinganda ham, so`zlarga tasavvufiy ifor berib irfoniy talqin qilinganda ham o`z 

mantig`ini yo`qotmaydi. Ushbu bob yakunida shuni ta`kidlash mumkinki, bu 

satrlar ana shuning uchun ham asrlar o`tsa-da o`tkinchi bo`lib qolmayapti.  

 


Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin