Yakuniy qism yoki “pasportichka" respondentning shaxsiy sifatidagi ob'ektiv ma'lumotlarni olishga qaratilgan bo'lib, unda shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va boshqalar so'raladi.
Anketalar tarqatilish uslubiga ko'ra, qo‘l bilan tarqatiladigan, pochta orqali yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali to'ldiriladigan formalarga bo'linadi. To'plangan ma'lumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular kompyuterlar yordamida analiz qilinadi. Ijtimoiy-psixologik testlar Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qiska sinov usuli bo'lib, ular yordamida u yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qiska muddat ichida bir texnik usul — testda tekshiriladi. Testlarni qo'llashning qulaylik tomoni— bir test yordamida bir ob'ektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko'rish mumkin. Lekin ularni universal deb bo'lmaydi, chunki u yoki bu testni faqat qanday turdagi ob'ektda sinalgan bo'lsa, shunga o'xshash ob'ektlardagina qo'llash mumkin, qolaversa, bunda olingan ma'lumotlar nisbiy xarakterga ega bo'ladi. Lekin shunday bo'lishiga qaramay, testlar, ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot sistemasidagi o'rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo'qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo'llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni ob'ektlarda sinovdan o'tkazish, xattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir. Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o‘z ''kaliti" bo‘ladi va bu kalitning egasida maxsus lisenziyalar, ya’ni kelishuvga ko‘ra ishonchli shaxslargagina sotish, berish huquqi bo‘ladi. ''Kalitsiz" esa maxsus testlarni hech kim ishlata olmaydi. Test - so‘rovoldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya - ekstroversiyani o‘lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo‘q» tarzida javob berish so‘raladi.