Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti


-jadval Ayrim neftlardagi oltingugurt miqdori



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix20.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#163191
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Ozbekistonda kimyo sanoati rivojlanishi

1.3-jadval
Ayrim neftlardagi oltingugurt miqdori
Kon 
Oltingugurt 
miqdori, % 
Kon 
Oltingugurt 
miqdori, % 
Surahan 
0,02-0,08 
Romashkin 
1,62 
Dossor
0,11-0,15 
Т
yumen (Sibir) 
1,5-2,0 
Grozniy
0,20-0,25 
Bavlin
(Та
tariston) 
1,22-2,45 
Ма
ykop 
0,18-0,28 
Ishimboy
2,5-2,95 
К
rasnokamsk 
0,58-0,96 
Stavropol
2,58 
Ма
rkov (Sibir) 
0,46 
А
rlan 
2,79 
Saxalin
0,33-1,28 
Buguruslan 
2,92 
Uxta
1,12-1,24 
Ха
u-Dog` (O`zbekiston) 
3,22 
Т
uymazin 
1,47 
Uch qizil (O`zbekiston) 
1,82-6,32 
Manba: Foydalanilgan adabiyotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan

Umuman neft konlari oltingugurtli yoki yuqori oltingugurtli hisoblanib, 
bundan O`zbekiston kimyo sanoatida keng foydalanilmoqda. Jadvalda ham shuni 
ko`rish mumkinki o`zbek neftida oltingugurtni miqdori boshqa neftlarga 
qaraganda yuqoriroqdir. Volga - Ural, G`arbiy Sibir
,
, Janubiy O`zbekiston va 
Qozog`istonning ayrim neftlari tarkibida 1 - 2% (mass.) oltingugurt mavjud. 
Yuqoridagi natijalarga binoan neftning oltingugurtli birikmalari tarkibini chuqur 
o`rganish va ularning xossalarini, ularni yo`qotish usullarini va ishlatilishini 
o`rganish va bilish talab qilinadi. 
Kimyo sanoati tarkibida mineral o`g`itlar ishlab chiqarish salmoqli o`rin 
egallaydi. Shuningdek, qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham 
ishlab chiqariladi. 
Kimyo sanoati sifat jihatdan tabiiy mahsulotlardan ustun 
turuvchi sun’iy 
materiallar yaratadi. Bunday materiallar tufayli kishilar mehnati ham , qishloq 
xo`jaligi xomashyosi ham tejaladi. Masalan, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy 


18 
ipak tayyorlashga qaraganda 20 barobar kam mehnat sarf qilinadi. Shuningdek 
kimyo sanoati tufayli ishlab chiqarishni kombinatlashtirish
 
istiqbollari yaraldi. 
Chunonchi, ko`mir, neft, gaz singari yoqilg`i xomashyolaridan energiya hosil 
qilishda ham, kimyo mahsulotlari (benzin, parafin) olishda ham foydalanilishi 
energetika-kimyo kombinatlari qurishga olib keldi. 
Kimyo sanoatining xomashyo bazasi boy va xilma-xil. U turli foydali 
qazilmalardan, ishlab chiqarish chiqindilaridan yog`och, suv, hatto havodan 
foydalanadi. Turli xil xomashyolardan foydalanish imkoniyatining cheksizligi 
kimyo sanoati korxonalarini hamma joyda qurishga imkon beradi. Biroq kimyo 
korxonalari energiya va suvni ko`
p ishlatishi, ayniqsa, tabiatga jiddiy salbiy ta’sir 
ko`rsatishi sababidan ularni hamma joyda ham qurish maqbul bo`lavermaydi. 
Kimyo sanoatining yirik korxonasi 

Chirchiq elektrkimyo kombinati 1940-
yilda ishga tushgan. Chirchiq elektrkimyo kombinati dastlab havo tarkibidagi 
azotdan elektr energiyasi vositasida azotli o`g`it ishlab chiqargan. Buxoro 
viloyatida topilgan tabiiy gaz quvur orqali Chirchiqqa keltirilgach, kombinat 
gazdan xomashyo o`rnida foydalanadigan bo`ldi. Bu mahsulot ishlab chiqarishning 
keskin ko`payishi va tannarxning arzonlashishiga olib keldi. Kombinatda azotli 
o`g`itdan tashqari, magniy xlorit (g`o`za bargini to`kishda qo`llaniladigan 
kimyoviy modda) hamda plastmassa va sintetik tola olish uchun organik sintez 
mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda
8


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin