Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan
investitsiyalar miqdorini o‘z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan
investitsiyalarga tovar — moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi
kutilmagan o‘zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan
investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg‘arma va
investitsiyalar miadorining o‘zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi
va makroiktisodiy muvozanatni ta’minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va
tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga
mo‘ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan uzgarishlar tovar
moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib
kelsa, haqiqiyiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq
qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi
(E=C+I+G+Xn) grafigi,
iste’mol funksiyasi
(S = a + v(U-T)) grafigi ko‘rinishidagidek bo‘lib
unga nisbatan
I+G+Xn mqdorda yuqoriga surilgan bo‘ladi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko‘rib chiqish
jarayonini soddalaiggirish uchun sof eksport miqdori yalpi
daromadlar (U) o‘zgarishiga bog‘liq emas deb olinadi. Shuning
uchun sof eksport to‘lig‘icha avtonom xarajatlar miqdoriga
qo‘shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar.
(a+I+G+Xn) Avtonom xarajatlar mi^dori sof eksport funksiyasini hisobga olgan
holda quyidagiga teng bo‘ladi:
a+I+G+g
Sof eksport funksiyasi esa quyidagi ko‘rinishga ega:
Xp = g - m’Y Bu erda:
Xp — sof eksport;
g — avtonom sof eksport;