Klassiklar nazariyasi bo‘yicha
jamg‘arma
va investitsiya¬lar miqdorini aniqlaydigan
asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi.
Agarda, u oshsa, uy xo‘jaliklari
kamroq
iste’mol qilib, ko‘proq jamg‘arishga
harakat kilishadi. Uy xo‘jaliklarida
jamg‘armalarning ko‘payishi kredit
narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu
esa o‘z vaqtida investitsiyaning o‘sishini
ta’minlaydi.
Keynschilar fikricha esa
, foiz
stavkasi
emas, balki aholining
ixtiyoridagi
daromadi iste’mol va jamg‘arish
dinamikasini belgilab beradi.
Keyns modelida jamg'arish va investitsiya
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo‘lgan
yo‘qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib
turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham
Keynsning
iqtisodiy nazariyasini
ko‘p hollarda jami talab nazariyasi deb
yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa eng barqaror komponent
bo‘lgan investitsiyalarning o‘zgarishi makroiqtisodiy barqarorlik
sabablaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: