II BOB. ABBOSIYLARNING QOHIRA DAVRIDAGI AHAMIYATI 2.1. Qohiradagi abbosiylar hokimiyatining oziga xosligi Orta asr musulmon tarixchilari xalifalik tushunchasiga baho berganda bu siyosiy institutning X asrdayoq oz nufuzini yoqotib bolganligi, xalifa faqat ramziy manoda hukmdor ekanligini eslashadi. Hijriy 656/milodiy 1258-yilda yuz bergan mogullarning Bagdod bosqini davrida xalifa instituti rasmiy jihatdan butkul tugatildi. Bu voqea islom olamida kata larzaga sabab boldi, abbosiylar xalifaligini tiklash musulmon mamlakatlarida asosiy oringa chiqa boshladi. Bu masalada hali mogullar bosqiniga uchramagan mamlakat Misr kurash maydoniga kirdi.29 Osha davrda Misrni mamluklarning bahriylar sulolasi idora etardi. Ular hukmronligi ostida Misrdan tashqari Shom, Falastin, Yaman va Hijoz yerlari ham bor edi. 1258-yilda Bagdodda xalifa Mustasim va uning yaqin qarindoshlari qatl etilishi bilan qiyin siyosiy vaziyat yuzaga keldi. Abbosiylar xalifaligitiklangan taqdirda ham unga abbosiylar xonadonidan bolgan kishi qoyilmaguniga qadar xalifalik boshqa musulmon mamlakatlari tomonidan rasman etirof etilmasdi. Buning uchun abbosiylar xonadonidan omon qolgan kishini xavfsiz yerda xalifa sifatida elon qilish zarur edi. Bagdod bosqini davrida qatldan omon qolgan bazi abbosiylar sulolasi vakillari Frot daryosi boyidagi qarorgohlarida yashar edilar. Tarixchi Ibn al-Fuvatiyning sozlariga kora, ular 1259-yil boshida Suriya hududlariga kelib joylashganlar.30 1225-1226-yillarda Bagdod xalifasi bolgan az-Zohir Biamrillahning ogli Abul Qosim Ahmad mamluklar sultoni Rukniddin Beybars (1260-1277) tashabbusi bilan 1261-yilda Qohiraga olib kelinadi va abbosiylar xalifasi deb elon qilinadi. Shu tariqa islom tarixida abbosiylarning Qohira davri deb atalgan davr boshlanadi. Bu davrda saltanatda aslida mamluk sultonlari yakka hokim bolsalar-da, diniy masalalar yuzasidan abbosiy xalifalar bilan kelishib ish tutgan, abbosiylarning islom yurtlaridagi nufuzidan oz hokimiyatlarini qonuniylashtirish va mustahkamlashda foydalansihgan.
1261-yil iyunda al-Mustansir Billah nomi bilan xalifa deb elon qilingan Abul Qosim Ahmad osha yili mamluklar bergan qoshin bilan Bagdodni mogullardan qaytarib olish uchun otlanadi, ammo 1261-yilning noyabrida Iroqning Anbor shahri yaqinida (hozirgi Falluja shahri) yuz bergan jangda oldirilgan. 1262-yil 16-noyabrda abbosiylar xonadonining yana bir vakili Abul Abbos Ahmad xalifa al-Hakim Biamrillah I nomi bilan xalifa deb elon qilinadi. Abul Abbos Ahmadning toliq ismi: Abul Abbos Ahmad ibn Abu Ali Hasan ibn Abu Bakr ibn Hasan ibn Ali bolib, 1118-1135-yillarda abbosiylar xalifasi bolgan al-Mustarshidning avlodidan edi.31 Xalifa al-Hakim Biamrilah I abbosiylar xalifasi deb tan olinsa-da, amalda mamluklarning Qohiradagi qalasida xuddi bir asirdek kun kechirardi. Mamluklar sultoni unga davlat xazinasidan nafaqa tayinlagan bolsa-da, Qohiradan boshqa yerga chiqishiga ruxsat bermasdi. Faqatgina 1296-yil dekabrda mamluklar sultoni Husomiddin Lochin al-Mansuriy xalifa al-Hakim I ni asirlikdan ozod etdi va Qohira shahridagi uylardan birida erkin shaxs sifatida yashashiga imkon berdi. Xalifa al-Hakim Biamrillah I 1302-yil 19-yanvarda Qohirada vafot etdi.
Abbosiylar xalifaligining Qohirada davom etishi uchun asos kerak edi, albatta. Chunki mamluklar Qohirada abbosiylar sulolasi hukmronligi davom etshini istar ekan, bunga qonuniy tus berishlari lozim edi. Tarixchi Abul Barakot an-Nasafiy Haj surasi 41-oyati haqida bayon etib, ushbu oyat hijrat qilgan muhojirlarning ahvolidan xabar berib, xulafoi roshidin, yani tort xalifa Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon hamda Ali ibn Abu Tolib faoliyatlarining togriligini tasdiqlamoqda.32 Sahih hadis toplamlarida xulafoi roshidin togrisidagi quyidagi hadislar keltirilgan: Mendan keyin Abu Bakr va Umarga ergashinglar, Ozlaringizga mening va togri yoldagi xalifalarning sunnatlarini lozim tutinglar. Uning ushbu tafsiridan xalifalik ishlarini bajara oladigan, Quron va shariat korsatmalarini bu oyatda korsatilgandek bajara oladigan xalifalar, faqatgina ushbu tort sahoba ekani, ulardan keyingi xalifalik deb nomlangan boshqaruvlarda mazkur oyat mazmuni oz ifodasini topa olmagani togrisidagi xulosalar kelib chiqadi. Paygambarimiz Muhammad alayhissalom asos solgan, tarixda birinchi va oxirgi tom manodagi islom davlati, ilk arab xalifalari davlat boshqaruvida diniylik ustuvor bolgan. Tarixiy sharoit taqozosiga kora, dunyoviylik xarakteridagi unsurlarning paydo bolish jarayoni va paygambarning Xalifalik mendan song ottiz yildir degan hadisini ilmiy asoslash alohida ahamiyatga ega.
Vasiliy Bartoldning takidlashicha: Muhammad paygambarga xalifa tanlashda hech qanday umumxalq saylovlari otkazilmadi, saylov otkazish haqida biror qonun-qoida va tartiblar mavjud emas edi.33 Ammo Q. Zohidovning Ilk islom davlatchiligi va uning shakllanish jarayonlari (632661 yillar) nomli ilmiy-tadqiqot ishida Manbalar Muhammad paygambarning orinbosariga bayat qilish arablarning islomdan oldin qabila ulugini (sayyid) saylash jarayoniga oxshash tarzda olib borilganiga guvohlik beradilar. Bu amalga paygambar rioya etgan, u islomni qabul qilgan (yani ummatga boysungan) qabila azolaridan shunday qasamyodlarni qabul qilgan. Bu amaliyot hech qanday diniy ananaga boysunmay, balki sof dunyoviy unsur ekanligiga guvoh bolamiz, deb qayd etilgan.34 Ushbu davrda xalifa tayinlash uslublari bir turli bolmay, balki xilma-xilligi ham bu fikrimizni tasdiqlaydi. Keyingi davr tadqiqotchilari bu saylash usullarini shartli ravishda tort turga boladilar:
1) umumiy saylov xalifalikka nomzod masjidda barcha jamoa azolaridan bayat oladi. Bunga misol tariqasida Abu Bakr (632634) va Ali ibn Abu Tolib (656661) saylanishlarini kiritish mumkin;
2) nomzod usuli bu shakl bilan Umar ibn al-Xattob (634644) xalifalikka tayinlangan edi. Unga kora, oldingi xalifa ozi tanlagan kishini valiahd sifatida oz orniga qoldiradi va qaror ummat tomonidan qabul etiladi;
3) xususiy saylov oldingi xalifa tomonidan saylov uchun tanlangan sanoqli kishilar ichidan birini xalifalikka tayinlash. Usmon ibn Affon (644656) mazkur usulda xalifalikka otirdi;
4) Qilich haqqi orqali Ali ibn Abu Tolib hokimiyatdan olinib, uning orniga Muoviya (661680) davlat boshiga keldi.35 Umaviylar xalifaligi 661-yilda Muoviya ibn Abu Sufyon taxtga otirgach, boshlandi. Uning davridan boshlab, boshqaruv dunyoviylashib, Muoviya hattoki ozini Islomdagi birinchi shoh, deb atagan ekan. Bu bilan xalifalik masalasidagi hadisni manosi nechogli togri kelishi oz isbotini topgan.36 Umaviylar sulolasi davrida xalifa titulida bir qancha ozgarishlar kiritildi. Xalifalar endilikda diniy rahnamolikdan kora, koproq dunyoviylikka yuz tuta boshladi. Xalifalik yagona poytaxt atrofida markazlashtirildi, viloyatlarga xalifa tomonidan tayinlanadigan voliylarning markazga sozsiz boysunishi, xiroj, ushr va zakotlarni oz vaqtida xazinaga berib turishi belgilandi. Davlat xazinasidan mamlakatdagi qoshinga va uning lashkarboshilariga maosh tolash joriy etildi. Bunday tartiblar Vizantiya imperiyasi boshqaruvidan olingan bolib, ilgari yunonlar boshqaruvi ostida bolgan Shomda yaxshi ish bera boshladi. Shomdagi umaviylarning yirik tayanchi bolgan Banu Kalb qabilasi xalifalikning otadan bolaga meros tarzida otishi hamda xalifalikning koproq dunyoviy ahamiyatga ega davlat bolishi tarafdori edi. Buning ustiga xalifalikning hududlari kengayib brogan sari uni faqatgina shariy ahkomlar asosida boshqarish qiyinlashdi, chunki zabt etilgan olkalar aholisi bilan kelishish hamda ularga islomni majburiy singdirmaslik muhim edi. Aks holda xalifalikda markaziy hukumatga qarshi isyonlar yuz berishi turgan gap edi.
Islomdan avval umaviylar urugi Quraysh qabilasiga tegishli bolgan. Bu qabilaning ikkinchi tarmogi hoshimiylar bolib, qadimdan bu ikki tarmoq orasida raqobat va hokimiyat uchun kurash davom etib kelganki, hattoki umaviy xalifalar hukmronligi davrida azaldan mavjud bolgan bu raqobat koplab qonli toqnashuvlarga sabab bolgan. Umaviylar hukmronligi davrida yer soligi xirojlarning haddan ziyod kopaytirilishi, arab bolmagan mahalliy aholining umaviylar tomonidan majburan qurilish ishlariga jalb qilinishi qator qozgolonlarga sabab boldi. Shunday qozgolonlardan biri 747-yilda keng tus olib, xalq harakatiga asli forslardan bolgan Abu Muslim boshchilik qildi. Mesopotomiyadagi harbiy arablar oilasiga mansub Abul Abbos Saffoh taxtni egalladi. U davlatni boshqarishga biroz bolsa-da davogar bolgan barcha umaviylar vakillarini qatl qildi. Shu sababli Abul Abbos as-Saffoh qonxor laqabini olgan. Abbos yangi abbosiylar sulolasiga asos soldi.
Abbosiylar hukmronligi ikki muhim davrga ega bolib, birinchisi 750-yildan 1258-yilgacha bolgan davr hisoblanadi. Besh asrdan oshiq davom etgan bu davr ham bir qancha qismlarga ajratilib organiladi:
a) 750-861-yillar. Bu yillarda abbosiy xalifalar umaviylarga davomchi sulola oz qolida markaziy hokimiyatni tola saqlab qolishdi, hududiy va mamuriy boshqaruv tizimlari takomillashtirildi, ilm-fanda katta yutuqlarga erishildi. Ular Yaqin Sharqning katta qismida oz hukmronligini ornatgan bolib, bu davr islomning oltin davri deb nomlandi. Xalifa Horun ar-Rashid va Mamun davrlarida (786-833-yillar) Bagdodda Bayt ul-hikma tashkil etildi va unda Movarounnahr, Xuroson, Misr, Shom, Iroq, Hindiston, Vizantiya kabi mamlakatlardan yigilgan olim va mutafakkirlar faoliyat korsatgan;37 b) 861-1194-yillar. Bu davrda xalifalik hokimiyati zaiflashdi, poytaxtda forslardan chiqqan vazirlar va turklardan chiqqan sarkardalarning tasiri ortib bordi, shialar markaziy hukumatda barcha lavozimlarni egallab olishdi, turklar esa harbiy va moliya tizimni oz qollarida topladi. 861-yilda xalifa al-Mutavakkilning turk lashkarboshilari tomonidan qatl etilishi ham abbosiy xalifalarning siyosiy nufuzi va kuchi qay ahvolga tushib qolganligini korsatgan. Bu davrgakelib xalifalarning siyosiy hokimiyati butunlay cheklandi, u faqat duniy rahnamo sifatida nomiga hokimiyat tepasida qoldi;38 c) 1194-1258-yillar. Bu davrda abbosiylar saljuqiy turklar hukmronligidan zod etilgan bolsa-da, siyosiy hokimiyati faqat Iroq hududi bilan cheklandi. Xalifa Nosir davrida (1180-1225) siyosiy mustaqillik birmuncha tiklangan, ammo kop otmay, mogul qoshinlari poytaxt Bagdodni qolga kiritgach (1258-yil fevral), abbosiy xalifalar Misrga qochishga majbur bolgan. Abbosiy xalifalar hukmronligining ikkinchi davri 1261-yildan 1517-yilgacha bolib, Qohira shahri abbosiy xalifalar hukmronligining poytaxti hisoblangan, abbosiylar islom dunyosida diniy rahbarlar hisoblanishgan, ammo mamluk sultonlari osha davrda mintaqadagi siyosiy va harbiy kuchga ega edi.39 Edmund Bosvortning yozishicha, abbosiylar ozlarining kelib chiqishini paygambarimiz Muhammad alayhissalomning amakisi Abbos ibn Abdulmuttalibning avlodi, Makkadagi Hoshim qabilasiga mansub Abbosga boglashadi. Ulamolar nazdida bu holat umaviylarga qarshi olaroq abbosiylarning hokimiyatga nisbatan davolariga qonuniy tus bergan. Shunga qaramasdan, dastlabki abbosiy xalifalar Muhammad alayhissalomning kuyovi Ali ibn Abu Tolib avlodlari, xalifalik taxtiga ozlarini haqliroq deb hisoblagan shialar tomonidan kotarilgan isyonlarni bostirib turishga majbur bolishgan. Ularning qarashicha, Alining xalifa bolishiga paygambarning ozi fatvo bergan. Abbosiylar kop otmay ozlarini himoya qilish maqsadida xalifalikka voris bolishga bahona boladigan, hokimiyatga ilohiy tus beradigan faxrli unvonlar tizimini (alqob, birligi laqab) joriy qildilar. Bunday unvonu laqablar umaviylar hukmronligi davrida malum emas edi.40 Bu sulola besh asrdan koproq xalifalik qilishgan. Xalifalik poytaxtini Damashqdan Bagdodga kochirish ham yangicha, sharqqa talpinishning ramzidir.41 IX asr oxiri X asr boshlariga kelib, asta-sekin xalifalikning siyosiy yaxlitligiga putur yetdi. Fotimiylar dastlab Shimoliy Afrikani, keyinroq Misr va Suriya (Shom)ni bosib olib, Qohirada ozlarini xalifa deb elon qilishdi. Iroq va Eronda hokimiyat tepasiga daylamlik buvayhiylar keldi (945-yil). Ularning hammasi abbosiy xalifalarga muxolifatda bola boshlashdi. Shia buvayhiylar nufuzini pasaytirish uchun ularning sharqiy hududlari bolgan Ray, Isfahon, Hamadonni Gaznaviylar podshohi Mahmud Gaznaviy egallab oldi (1009-1029). 1055-yilda saljuqiy turklar sultoni Togrulbek (1038-1063) Bagdodni egallab, shia buvayhiylarni taxtdan qulatgach, abbosiy xalifalar hukmronligi diniy jihatdan qayta tiklanadi, ammo turk amirlari va askarlari bu davrda siyosiy hamda harbiy sohalarni toliq egallab bolgan edilar. Saljuqiylarning 1194-yilda Xorazmshoh Aloviddin Takash hujumlari natijasida Eron va Iroqdan surib chiqarilishi abbosiy xalifalarni turklardan xalos etdi. Ammo Xorazmshohlarning ozi ham Bagdod xalifasidan hokimiyatni olib qoyishga intildilar. Xususan, 1217-yilda sulton Alouddin Muhammad Xorazmshoh boshchiligidagi Xorazm qoshinlari Bagdodga yurish qiladi, biroq qishning qattiq kelganligi bois yurish muvaffaqiyatsiz tugaydi. Sekin-asta bu atrofdagi mamlakatlarda, ayniqsa Sharqiy Osiyoda mogullar hukmronligi kengayganidan song, 1200-yillarning boshlarida ular Yaqin Sharqqa tomon yonalishdi.42 1258-yil fevralda mogullar abbosiylar xalifaligining qarorgohi bolgan Bagdodga yetib bordi. Osha paytda abbosiylar xalifasi mogullarning boshligi Xulaguxon shaharni qamal qilib, u mogullarning har qanday talablarini rad qilmaguncha Bagdodni hech qanday shaklda bostirib bolmaydi, deb ishongandi. Bu kurash atigi ikki hafta davom etib, shahar talon-taroj qilnib, xalifa Mustasim esa qatl qilindi. Abbosiylar xalifaligining poytaxti Bagdodning Xulagu boshchiligidagi butparast mogullar qolida vayron qilindi, ot qoyildi, masjidlar, saroylar buzib tashlandi, kutubxonalarda mavjud bolgan kitoblar yo yoqib yuborildi, yoki Dajla daryosiga tashlab, yoq qilindi. Xalifa Mustasimning oldirilishi va besh asr davomida islom dunyosining kop qismini boshqarib kelgan abbosiylar xalifaligining qulashi bilan musulmonlar dunyo ahli boshiga tushgan dahshatli musibat tufayli, ozlarini xalifasiz qolib ketishganliklari kabi his qilishdi, chunki ular abbosiy xalifalarni rahnamo sifatida korishar edi.
Mogullar faqat Iroq bilan cheklanmasdan Suriya, Falstin va Misrni ham zabt etishni maqsad qilgan edi. 1243-yilda yuz bergan Kosadog jangi Kichik Osiyo (Rum) saljuqiylarini mogullarga vassal qilib qoygan edi. Shu bosi ular bu hududlarni himoya qila olmas edilar. Ammo bu davrda Misrda ham siyosiy ozgarishlar yuz berib, 1250-yilda ayubiylar sulolasi hukmronligi tugatilib, ularning turkiylardan tuzilgan qoshinlari mamluklar hokimiyatni qolga oladilar. 1250-1257-yillarda hukmronlik qilgan sulton al-Malik al-Muizz Izzatdin Oybek at-Turkmaniy mamluklar hukmronligini Misr va Shomda mustahkamladi, sobiq ayyubiy noiblari va amirlarini oziga boysundirdi. Misr taxtiga 1259-yilda asli kelib chiqishi xorazmlik bolgan Sayfiddin Qutuz otirdi. U sarkarda Jaloliddin Manguberdining jiyani hisoblanar, bevosita anushteginiylar sulolasiga daxldor shahzoda edi. Qutuzning maqsadi Xorazmshohlar saltanatining ayanchli qismati uchun mogullardan qasos olish hamda Misr, Arabiston va Shom tuproqlariga ularning kirib kelishiga imkon bermaslik edi. 1260-yil 3-sentabrda sulton Sayfiddin Qutuz boshliq mamluk qoshinlari noyon Kitbuga boshchiligidagi yigirma ming nafar mogul askarlari ustidan Ayn Jolut jangida erishgan galaba mogullarni Kichik Osiyodagi boshqa davlatlarga oz yurishlarini toxtatishga majbur qilgan.43 Ushbu ulugvor galabaning natijalaridan biri shundaki, Sulton Qutuz Ayn Jolut jangining qahramonigina emas, balki tom manoda Bagdodda yakun topgan xalifalikni Misrda tiklash imkoniyati paydo qilgan lashkarboshi hamdir.44 Chingizxonning nevarasi Xulaguxonning Bagdodni olishi bilan Iroqda abbosiylar xalifaligi tugatildi. Mogullar Bagdodga kirganida abbosiy xonadonidan Ahmad ibn Zohir qamoqxonada edi. Shu sabab shaharda otkazilgan umumiy qatldan omon qoldi. U oxirgi ottiz yettinchi Iroq abbosiy xalifasi Mustasim Billohning amakisi edi. U Bagdoddan qochib, Iroqning garbiga yashirindi. 1258-yilda sodir bolgan bu hodisadan song Makkaga Kabaposh (kisva) yuborish masalasi ham toxtab qoldi. Makkaga kisva yuborilishi ikki haram egasi nomini ham berardi. 1261-yilda Yaman hukmdori Bagdod zavol topganidan song Makkaga Kabaposh yuboradi. Yaman hukmdorlari bu hodisani bir necha bor qaytarishga harakat qildilar. Lekin mamluklar sultoni Rukniddin Zohir Beybars (1260-1277) bir necha bor haj ziyoratini amalga oshirib, bu sharafli ishni oz qoliga oldi.45 Ikki qochoq abbosiy Abu Abbos Ahmad va Abu Qosim Ahmad ibn Zohirni Sulton Beybars Qohiraga chaqirganida, Abu Qosim oldinroq keladi, Abu Abbos esa Shomga ketishni ixtiyor qiladi. Beybars oz davlatining etiborli kishilarini yigib, ularga Abu Qosim Ahmad Abbosiy xalifa Zohirning (12251226) ogli, oxirgi xalifa Mustasimning amakisi ekanligini aytadi va ushbu shahodat tufayli bosh qozilar bu xabarni qabul qiladilar.
Sulton Zohir Beybars yangi xalifani kutib olishga jiddiy tayyorgarlik korib, uni kutib olishga chiqqan. Buyuk davlat arboblari, obro-e'iborli olimlar Abu Qosimga ta'zim qilish uchun otlaridan tushib kutib olishadi hamda qoshin bilan birga qalaga yetib borishadi.46 Qalada Sulton Beybars abbosiy xalifani sharaflab, huzurida taxtga otirmadi. Zohir Beybars kengash chaqiradi. Bu kengashda qozi Hakam Tojiddin ibn Bint al-Azz tomonidan uning nasl-nasabi asosliligi togrisida hukm chiqargan. Misrning eng yirik diniy peshvolari uning xalifalikka bolgan huquqini tasdiqladilar. Shunda Sulton Zohir Beybars xalifaga sodiqlik haqida bayat bergan. Bu bay'at hamda ommaviy elon qilingan hujjatda Beybars abbosiy xalifaga sodiq qolishi, muqaddas urush olib borishi, qalalar qurishi, flot tashkil etishi, xalifaning huquqlari va Islom olamining siyosiy rahbari sifatida rasmiy ravishda tan olishi majburiyat sifatida takidlangandi.47 Abbosiy xalifa ham oz navbatida Allohning kalomi Quroni Karim va Uning elchisining sunnatida belgilangan yolda faoliyat yuritishga, yaxshilikni targib qilishga vada berib xalifalik maqomini qabul qilgan. Shunday qilib, Zohir Beybars Bagdodda yakun topgan xalifalikni Misrga kochiradi va goyoki uni tiklaydi. Qohiradagi abbosiy xalifaga al-Mustansir Billoh laqabini berdilar. Abbosiy xalifalar odatiga kora, Misr sultoniga bezakli kiyim kiydirib, xalifa sifatida uning hukmdorligini tasdiq etish marosimi bolgan. Xalifa sifatida al-Mustansir Sulton Beybarsni Misr, Suriya, Diyorbakir, Hijoz, Yaman va Furot yerlari sultoni sifatida qonuniy ekanligini tasdiqladi. Abbosiylar xalifaligini Misrga kochirish haqidagi fikr birinchi bolib Sulton Beybarsdan chiqqan deyish xato boladi. Aslida bu loyihani avval Ahmad ibn Tulun, undan song esa Muhammad ibn Tagj Ixshid royobga chiqarishga urinib korgan, lekin bu reja amalga oshmay qolgan edi.
Xalifa al-Mustansir Beybarsning ishonchini qozona olmadi. Bunga asosan sulton va xalifaning janjallari, ularning shaxsiy xususiyatlari, bir tomondan Beybarsning yakka hukmronlikka intilishi, xalifa al-Mustansirning shuhratparastligi va siyosiy qarashlari sababli yuzaga keldi. Uch oy otgach, Beybars xalifadan xalos bolishga qaror qildi.48 U al-Mustansirni mogullardan Bagdodni qayta qolga olib, xalifalik markazini qaytarishiga yordam berishiga ishontira oldi. Xalifa al-Mustansir bu va'daga ishondi va jiddiy ravishda eng sodiq va eng yaqin odamlarini toplab, harbiy yurishga tayyorlandi. Sulton unga 300 otliq berdi va ularga yana bir necha ming turkiy va badaviylar qoshildi. Biroq Damashqqa yetib borishgach, Sulton Beybars oziga xos bahonalar bilan xalifani bir necha soqchilar bilan tashlab, katta qoshin bilan Qohiraga qaytdi. Al-Mustansirning keyingi taqdiri unchalik aniq emas. Ehtimol, u 1261-yil noyabrda Bagdodni ozod qilish uchun muvaffaqiyatsiz urinish paytida mogullar qolida oldirilgan bolishi mumkin49.
Taxminan bir yil otgach, Zohir Beybars ikkinchi marta Misrni abbosiy xalifalar maskaniga aylantirishga urinib kordi. Shu maqsadda u xalifalik taxtiga abbosiylar avlodining yana bir vakilini qoydi. Xalifa al-Hakim har qanday vaziyatga moslashuvchan, ehtiyotkor edi. U mamluk sultonlari bilan mojaro kelib chiqmasligi uchun dekorativ funksiyalarni bajarib, ularning ishlariga aralashmas edi.50 Yangi xalifa Beybars uchun kerak bolgan odamga aylandi.
Sulton Beybarsning Abbosiy xalifalikni Qohiraga kochirishi, mogullarga qarshi mardona kurashi bois, ismi Misr xalqi ogzaki ijodida abbosiy xalifa Horun ar-Rashid (786-809) va Salohiddin Ayyubiy (1171-1193) bilan bir qatorda tilga olinadi. Sulton Beybars haqida tadqiqotchi Zakiy Muhammad Hasan quyidagicha yozadi: Qoshinni tartibga solish, uni qattiqqollik bilan boshqarish, yollar qurish, dengiz portlari, qalalarni tamirlash, soliqlarni yengillatishini hisobga oladigan bolsak, u buyuk boshqaruvchi hamda katta siyosatchi, qogirchoq hukumat sifatida xalifalikni Misr poytaxtiga kochirish haqidagi Ahmad ibn Tolunning orzusini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.51 Edmund Bosvortning yozishicha, Qohiradagi xalifalik Misrni mamluklar tomonidan boshqarilishiga qonuniy tus bergan va mogullar, salibchilarga qarshi ma'naviy ozuqa bolib xizmat qilgan.52 Orta asr tarixchisi As-Suyutiyning fikricha, mogullar tomonidan tugatilgan abbosiy xalifalik Misrda oz faoliyatini amalga oshirgan, hukmdorlar hokimiyatiga bezak berishdan iborat emas edi. Bagdoddan song dunyo faqatgina uch yarim yilgina xalifasiz yashadi, qolgan vaqt xalifaning qarorgohi vazifasini Bagdod orniga Qohira egalladi. U yerda islom qoidalari yuksalmoqda, sunnat yuqori choqqida, bid'at yoq qilingan va shu bilan birga olimu ulamolar, fozilu fuzalolar yashamoqda. Paygambardan songgi xalifat qaerda bolsa, u yerda Quroni karimga ishonch va amal boladi. Zamondoshi bolmish xalifa Mutavakkil II haqida gapirib uni xalq sevishda davom etayapti, deydi.53 Doimiy ravishda mogullarning tahlikasi sabab Beybars Suriyaga nisbatan siyosatini ham belgiladi. Suriya va Falastinning kichik hukmdorlari ozlarini tashqi tahdiddan himoya qilishga kuchlari yetmasdi. Shu sababli bu Falastin-Suriya qalalarini oziga boysundirishni xohladi. Damashqdan Misr va Hijozgacha bolgan yolni boshqaradigan al-Karak qalasining hukmdorligi ayyubiylardan bolgan al-Mugis Umarga tegishli edi. 1263-yilda Sulton Beybars hiyla orqali al-Mugisni qolga oladi va uni mogullar bilan munosabatda bolganlikda ayblab, Damashq qozisi qoliga topshiradi. Shundan song al-Mugis Misrga yuborildi. Shunda uning ogillari Zohir Beybarsga qalani topshirishga majbur bolishadi.54 Beybarsning rasmiy nomi Rukn ad-Din (sozma-soz din tayanchi, ustuni) degan manoni bildiradi. Bu ism Beybarsga salibchilarga qarshi muvaffaqiyatli urush uchun berilgan. Uning maqsadi salibchilarni Yaqin Sharqdan butunlay chiqarib yuborish bolgan. Bu masalada u haqiqatan ham ulkan yutuqlarga erishdi.55 Xalifaning faqatgina diniy obro-e'tiborigina uni martabali qilib korsatardi. Misr sultonlari bilan hokimiyatni bolish haqida hech qanday gap bolishi mumkin emas edi. Lekin Ali Ibrohim Hasanning Tarix al-mamoliyk al-bahriyya kitobida yozilishicha, Xutbada xalifaning nomi aytilgan va tangalarda ismlari aks ettirilgan . Misrdagi xalifalarni hindistonliklar tan olgan va ularning nomlari bilan tangalar zarb ettirilgan. Xalifa Mustakfiy olimidan (1340) song hattoki Hindistonda 1343-yilga qadar uning nomi xutbada oqilgan, tangalarda yozilgan.56 Orta asr tarixchisi az-Zohiriy (v.1468 y.) yozishicha: ... kimki ozi qilich yordamida xalifa nomidan qasam ichmasdan sulton bolsa, u qozgolonchi sanalib, unga kimnidir qozi vazifasiga tayinlashga ruxsat berilmaydi, agar u shunga oxshash nimadir qilsa, uning qarori haqiqiy emas (ya'ni boshqaruvchi shaxs), hattoki uning nikoh haqidagi bitimi ham... . Bunday holatlarda xalifadan muboyaa (guvohnoma, qasamyod) olingan. Agar sulton ikkinchi marta taxtga otirgan bolsa, marosim qaytadan otkazilgan. Bazi xalifalar bir necha sultonlardan qasamyod qabul qilishgan. Xalifa Abu Abbos Ahmad ibn Mustakfiy (13401351) sakkizta, Xalifa al-Mu'tadid Billoh (14141441) oltita sultondan qasamyod qabul qilganlar.57 Nazariy jihatdan olganda, xalifa tort mazhabning bosh qozilari bilan birgalikda sultonni mansabidan olib tashlashga haqqi bor edi. Amalda esa u katta harbiy lashkarboshilar tomonidan sultonning agdarilganligiga rasmiy tus berardi, xolos.
1453-yilda ajabtovur hodisa bolib otgandi, unda xalifa al-Qoim (14511455) oz huquqini talab qilgan. Shu yil Sulton Inol xalifani oziga qarshi harakatda aybladi. Ozining tang ahvolidan qutulish uchun xalifa sultonga shunday murojaat qiladi: Men ozimdan xalifalik huquqini olib tashlab, sizning sultonligingizni ham almashtiraman. Bunday galati holatni yuzaga kelganini korgan bosh qozi Alamiddin al-Bulqoniy bu qaltis vaziyatdan chiqish maqsadida Xalifa ozidan-ozi xalifalik huquqini olib tashladi, endi u xalifa emas va binobarin, sultonni lavozimidan olib tashlay olmaydi, deydi .
Bagdod xalifaligi davridan xalifa nomi saqlanib kelayotgan bolsa-da, avvalgi haqiqiy Xalifa Rasulilloh, yani Alloh paygambarining orinbosaridan mamluklar davridagi xalifa butkul farq qilardi. Qohiradagi abbosiy xalifalar asosan sultonning amriga boysungan. As-Suyutiy Tarix al-xulafo kitobida Qohira xalifasini misli sultonning ayoni, yani oddiy zodagon sifatida tasvirlaydi58. Ular hech qanday hukmdorlikka ega bolmagan. 1291 va 1292-yilda xalifa tort marta imom bolib, masjidda juma xutbasini oqigan. 940-yildan buyon Xalifa Radiy olimidan song bagdodlik xalifalar xutbaga chiqmagandilar. 1298-yilda xalifa Hakim Makkaga Haj ziyoratini amalga oshirgani haqida manbalarda yozma ma'lumot qoldirilgan. Bu vaqtda Misrda tangalarga xalifaning ismini yozish man etilgan. Makka va Madina xutbasida xalifaning nomi zikr etilmay, faqat sultonning ismi aytib otilgan . Tadqiqotchi Hasan Ibrohim Hasanning etirof etishicha, Sultonlarga din homiysi bolish uchungina xalifaning yordami kerak edi.59 Tomas Arnold (1864-1930) ozining Xalifalik nomli kitobida orta asrlardagi Rim imperiyasi bilan ilk Arab xalifaligining farqini yoritib berishga harakat qilgan. U quyidagicha yozadi: Imperator aholining diniy ishlariga aralashmagan. Davlatning diniy ishlari bilan Papa shugullangan. Arab xalifaligida esa mazkur vazifaning har ikkalasi ham aslida xalifa zimmasiga yuklangan. Xalifalikka otirgan shaxs davlat boshligi sifatida ham diniy, ham siyosiy vazifalarni boshqara olishi lozim bolgan. Xalifa kishilarga namozda imom, askarlarga lashkarboshi va yana bir qator vazifalarni oz boyniga olishi kerak edi. Lekin Qohiradagi xalifa boshqaruv hokimiyatining boshligi emasdi. Amalda u faxrli nom bolib, islom va shariatning himoyachisi, ilm va fan homiysi sifatida mashhur bolgan.60 Qohira xalifalari hech qachon aniq tashkilotni, umuman hech qanday diniy ishlarni boshqarmagan. Ular musulmon dunyosi boshqaruvchisi sifatida (korinishigina) edi. Ular marosimlarda qatnashardilar, shayxulislomlar bilan birga har oyda sultonni maqtardilar va yangi sultonlardan qasamyod qabul qilardilar. Shu bilan abbosiylar islom olamidagi boshqaruvchilarni sayqallashtirib, Misrni xalifalik yeri kabi uluglab, mamluklarga bezak berib turishgan. Misr sultonlarini boshqa xalifalar borligi shu qatorda qoshni musulmon davlat hukmdorlari tomonidan quraysh qabilasidan xalifa titulini qabul qilgani xavotirga solmasdi. Madina masjidida butun dunyo ziyoratchilari koz oldida usmonli sulton Boyazid II (14811512) sharafiga mavlona amir al-muminiyn as-sulton al-malik al-muzaffar (bizning olampanohimiz, sulton-muzaffar podshoh, mominlarning amiri, yani xalifasi) nomi bilan sharaflab yozuv yozib qoyilgandi61. Bunga qarshi mamluklar ozlarining islom sultoni va xodim al-haramayn titullarini asrardilar. Bu masalada mamluklar hattoki qurolli nizolar chiqarishdan ham toyilmasdilar. Rus tadqiqotchisi N.A.Ivanovning e'tirof etishicha, kopgina musulmon hukmdorlar XIVXV asrlarda mamluklarning rahbarlik va muqaddas shahar homiysi ekanliklariga qarshi chiqishgan. Shu bois Makkaga ka'baposhni yuborish bilan bogliq qator kelishmovchiliklar yuzaga keldiki, buning asosida musulmon dunyosidagi boshliqlikka bolgan kurash yotardi. Amir Temur, Shohrux va qator turkman sulolasidan Oq quyunli va Qora quyunli Misrning diniy boshchiligini tan olishmagan62.
1429, 14351436 yillar va 1443-yilda Shohrux, muqaddas shaharlar homiysi sifatida oz davolarini elon qildi. Har bir bunday davo urushni keltirib chiqargan. Oq quyunli sulolasidan Eron hukmdori Uzun Hasan 1472-yilda mamluklarga qarshi yurish qildi. Biroq, deydi V. V. Bartold, Misr sultonlarining yutuqli tomoni shunda ediki, muqaddas shaharlarning homiysi sifatida uzoq vaqt davomida na Temur xalifaligi, Shohrux va na uning qarindoshlari, na qora qoy turkmanlari, na ularning ornini egallagan oq qoy (XV asrning ikkinchi yarmi) turkman sulolasi tomonidan ular kabi obroga ega bolmagan63. Ushbu orinda V.Bartol'dning Amir Temur hukmronlik qilgan joyni xalifalik deb atashiga fikr bildirish lozim deb topildi. Chunki abbosiy xalifalar sulolasi masalasida Amir Temur chinakam daho ekanini korsatdi. Ibn Xaldunning yozishicha, Damashq shahri ichidagi qala taslim bolgach, bir kishi Amir Temur huzuriga kelib, ozini Bagdodda otgan abbosiy xalifalarning naslidan, deb tanishtirdi va Sohibqirondan haqiqiy merosxor sifatida xalifa mansabiga tayinlashni talab qildi. Faraz qilaylik, agar Amir Temur uni ozi bilan Samarqandga olib ketib, abbosiy xalifalarning davomchisi, deb e'lon qilganda Samarqand xalifaligi to XX asrgacha yetib kelishi muqarrar edi. Ammo Amir Temur bunday soxta obroni, togrirogi, tarix oldida kulgi bolishni oziga ep kormadi va juda oqilona chora qolladi: faqih va qozilarni, jumladan, Ibn Xaldunni chaqirtirib, mazkur shaxs boyicha muhokama uyushtirdi. Ularning fikrlarini adolat tarozisiga solgach, da'vogarga shunday dedi: Fatvo ahli va qozilarning gaplarini ozing eshitding. Ravshan boldiki, mendin xalifalikni talab qilmoqqa senda hech qanday haq yoq erkan 64.
Bu kengashning etiborga loyiq jihati, xalifa saylash masalasini Amir Temur boshchiligida uch mazhab vakillari hanafiy mazhabi olimi Abd al-Jabbor ibn Numon al-Hanafiy (Amir Temur atrofidagi kopgina ulamolar shu mazhabda bolishgan), Misr qozisi, hanbaliy mazhabi vakili Burhoniddin ibn Muflih al-Hanbaliy va molikiy mazhabi vakili, orta asr tarixchisi, shu mazhab qozisi Ibn Xaldun ishtirokida bolgan bu majlisda xalifalikka davogar masalasi soxta xalifa sifatida e'tirof etilgan. Bu ishi orqali Amir Temur nafaqat buyuk sarkarda, balki mulohazali donishmand ekanligini ham yana bir bor tasdiqladi.
XIII asr oxiriga kelib, Suriya va Falastinning dengiz sohillarida joylashgan shaharlar salibchilardan tozalandi, keyingi asrda esa Kilikiya Armanistonidagi Rubeniylar saltanati ham tugatildi. Shu tufayli mamluklar butun musulmon dunyosida majusiylar, mogullar va nasroniylarga qiron keltirgan qudratli kuch sifatida juda katta shuhrat qozondilar. Ularning mulklari garbda Kirenaikagacha, janubda Nubiya va Massavagacha, shimolda Tavr toglarigacha chozilib ketgan edi. Arabistondagi muqaddas shaharlar ham ularning himoyasida edi. XV asrga kelib Mamluklar Usmonli sultonlarni ozlarining asosiy dushmanlari deb bilishardi. Mamluklar garbiy Diyorbakrdagi oraliq davlati sifatida Zulgadir ogullari degan turkman xonligini saqlab qoldilar va qaramoniylarni qollab-quvvatladilar. Ammo ozlarining beqiyos gayratu shijoatlari, zambaraklar va miltiqlardan mohirona foydalanishlari bilan ajralib turuvchi usmonli sultonlar ulardan ustun edilar. 1516-yilda Halab yaqinidagi Marj Dobiq degan joyda bolgan jangda mamluklarning nufuzli songgi sultoni Qonsux al-Guriy oldirildi. Shundan keyin Salim I Yovuz Suriya bilan Misrni egalladi. Endi ular usmonlilar saltanatida bir podshohlikka aylandilar. Shunga qaramay, 1811-yilda albaniyalik Muhammad Ali ularni uzil-kesil bartaraf qilmaguncha, harbiy mamluklar amalda Misrni boshqarishni davom ettirdilar.
Demak, xalifalik qarorgohini Bagdoddan Qohiraga kochirish boyicha rejalar nafaqat Zohir Beybarsda, balki toluniylar davrida ham bolgan. Lekin bu reja amalga oshmay qolgan. Bu loyiha Sulton Beybars tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga erishildi. Bunga hissa sifatida tom ma'noda Sulton Qutuzning mogullar ustidan qozongan galabasini keltirish orinli. Orta asr tarixchilarining ba'zilari Bagdoddan song dunyo faqatgina uch yarim yilgina xalifasiz yashadi, qolgan vaqt xalifaning qarorgohi vazifasini Bagdod orniga Qohira egalladi. U yerda xalifalik qonuniy ravishda olib borilmoqda, islom ilmlari rivojlanmoqda, olimu ulamolar, fozilu fuzalolar oz faoliyatlarini olib borishgan deb hisoblashgan. Bazilar esa Qohiradagi xalifalik hech qanday vazifani bajarmagan, faqatgina nomi uni uluglab turgan deb yozishgan.
Kopgina orta asr tarixchilari sulton Beybars haqida ikki murda orqali taxtga kelganiga qaramay (sulton Oybek va Qutuz), uni bu qilgan ishini yoqlab, sulton Beybars islom dunyosiga mushkulliklar yogilgan paytda vaziyatdan chiqib, xalifalarni saqlashda, xalifalikning davom etishida va islom ilmlari rivojiga hissa qoshilishida orni beqiyos deb yozishgan. Islom himoyachisi sifatida mamluk sultoni al-Malik az-Zohir Rukniddin Beybars haqida epik asarlar bitilgan.
Niderlandiyada yashovchi ozbek adibasi Shahodat Ulug ham Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz nomli roman yaratgan va ozbek adabiyotini Misr mamluklari haqidagi badiiy asar bilan boyitgan65. Asarda Sayfiddin Qutuzning Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining singlisiga farzand ekanligi, yoshligida qul qilinib Shom, undan Misr yurtlariga olib kelingani, Misrda ayyubiylar hukmdori al-Malik as-Solih Najmiddin Ayyub xizmatiga kirgani hamda mamluklar lashkarboshisiga aylanishi, mogullar ustidan qozongan sharafli galabasi hamda oz noibi Rukniddin Beybars tomonidan xoinona qatl etilishi haqida soz boradi.