Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishining vazifalari



Yüklə 423,5 Kb.
səhifə2/10
tarix09.06.2023
ölçüsü423,5 Kb.
#127624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5190856066165912467

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Shu bilan birga, ushbu bitiruv malakaviy ishining quyidagicha vazifalari ham mavjud:

  • Hokimiyat tepasiga abbosiylarning qanday kelishi haqida axborot berish;

  • Xalifalik tarixida abbosiylarning tutgan o‘rni haqida to‘xtalish;

  • Abbosiylar davlatining Bag‘doddagi siyosiy va iqtisodiy hayotini yoritish;

  • Abbosiylarning Bag‘dod xalifaligi inqiroziga sabab bo‘lgan omillarni tushntirish va parchalangan davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatda abbosiylarning ahamiyatini yoritish;

  • Bag‘dodning buvayhiylar (945), saljuqiy turklar (1055) va mo‘g‘ullar (1258) tomonidan zabt etilgandan keyingi voqealarini o‘rganish;

  • 1261-yilda Misr poytaxti Qohiraga ko‘chirilgan abbosiylarning taqdirini yoritish va Qohira davri abbosiylari haqida ma’lumot berish;

  • Qohira davrida yuz bergan siyosiy o‘zgarishlarni tahlil etish;

  • 1517-yilda abbosiy xalifalikning Turk xalifaligiga aylanishi sabablarini tushuntirish.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Abbosiylar davri bo‘yicha o‘rta asrlarda yartilgan juda ko‘p manbalar bizgacha yetib kelgan. Xususan, Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning „Tarix ar-rusul val-muluk“ („Paygʻambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi“)1, Ahmad ibn Yahyo al-Balazuriyning “Futuh ul-buldon” (“Mamlakatlarni fath etish”)2, “Ansob ul-ashrof” (“Iqtidorli kishilarning nasablari”), Abul Abbos Ahmad al-Ya’qubiyning “Kitob ul-buldon” (“Mamlakatlar kitobi”), “Tarix”, Аbul Hаsаn аl-Mаs’udiyning “Оltin kоnlаri vа qimmаtli quymа mа’dаnlаr shоdаlаri”, Xalifa ibn Hayyotning “Tarix” asarlari muhim manbalardan hisoblanadi. O‘zbekistonda Abbosiylar xalifaligi tarixini o‘rganishda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o‘zining “Islom tarixi”3 asari bilan katta hissa qo‘shgan. “Islom tarixi”da Abbosiylar xalifaligining diniy hokimiyatiga ko‘proq ahamiyat berilgan. Bundan tashqari sharqshunos olima, professor Zuhra Aripova o‘zining “Mamluk sultonlari davlat boshqaruvida abbosiy xalifalarning o‘rni” nomli monografiyasi4 bilan Abbosiylar xalifaligining Qohira davrini ancha mufassal ravishda ilmiy tahlil etgan. Jahon miqyosida abbosiylarning har ikkala davri ham puxta o‘rganilgan. Xususan, Tohir Abbos5, Ahmad al-Hasan6, Ralf Brauer7, K. Bosvort8, Remi Brage9, Benson Bobrik10, Mishel Bonner11, Frenk Brinkli12, Patrisiya Kron kabi amerikalik va yevropalik olimlar Abbosiylar xalifaligi tarixini har tomonlama mukammal tadqiq etishda munosib hissa qo‘shganlar.

Yüklə 423,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin