Bitiruv malakaviy ishining yangiligi. Tadqiqotga abbosiylarning Bagdod va Qohira davrida yuz bergan ichki ziddiyatlar tushunarli va sodda tilda yoritildi. Ilmiy ishni yaratishda tarjima tarixiy asarlardan, soha mutaxassislarining ilmiy monografiyalaridan foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Ushbu ilmiy tadqiqot ishi Abbosiylar xalifaligini tadqiq etayotgan har bir mutaxassis uchun yordam bera olishi kozda tutilgan. Shuningdek, xalifalikning Qohira davri boyicha Misr-Ozbekiston ortasidagi ilmiy hamkorlikka yordam bera oladi.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti.Bagdod va Qohiradagi abbosiylarning tarix sahnasidagi roli, ahamiyati va qoshgan hissasi, ularning siyosiy hokimiyatiga putur yetkazgan omillar.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Iroq hududida Bagdod xalifaligi hamda Misr hududida Qohira xalifaligi davrini yoritish.
Tadqiqot ishining tuzilish hajmi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism va xulosadan iborat. Asosiy qism 2 bob, 5 paragrafdan tashkil topgan. Ilmiy ish yakunida foydalanilgan adabiyotlar royxati keltirilgan.
I BOB. ABBOSIYLARNING BAGDOD DAVRIDA OLIB BORGAN SIYOSATI Abbosiylarning hokimiyat tepasiga kelishi
VII asrning birinchi choragida Arabiaton yarimorolining Hijoz olkasida yagona Allohga etiqodga asoslangan ilohiy talimot islom dini va uning ahkomlari paygambar Muhammad alayhissalomga nozil qilindi. Aynan islom dini tufayli ilgari tarqoq holatda yashagan, bir-biri bilan qonli urushlar holatida bolgan, jaholat botqogiga botib, ilm-fan va marifatdan yiroqlashib ketgan arab qabilalari yagona bir davlat atrofida birlashtirildi. Natijada arablar uchun ilgari nomalum bolgan yangi-yangi yurtlarga fathlar amalga oshirilib, islom dini juda keng miqyosda yoyila boshladi. Xususan, hijriy 11-41/milodiy 632-661-yillarda (Xulafoi roshidin davri) da Arabiston yarimoroliga qoshni bolgan Vizantiya qol ostidagi gassoniylar sulolasi vakillari boshqargan Shom va Fors imperiyasiga qarashli laxmiylar sulolasiga boysunuvchi Iroq hududlari, Vizantiya imperiyasiga qarashli Misr va Liviya hududlari, Sosoniylar Eronining barcha hududlari bosib olindi. Xulafoi roshidin davridagi fathlarni munosib davom ettirgan umaviylar (hukmronlik davri: hijriy 41-132/milodiy 661-750) sulolasi vakillari 661-732-yillar mobaynida Movarounnahr, Xuroson, Sind, Shimoliy Afrikadagi berberlar yerlari (Tunis, Jazoir Marokash), Pireney yarimorolidagi Vestgotlar davlati hududlari (hozirgi Ispaniya va Portugaliya), Franklar qirolligining bir qismini bosib oladilar va u yerlarda islom madaniyati va dinini yoyishda katta hissa qoshadilar. Ulardan keyin hukmronlik qilgan abbosiylar sulolasi davrida (hijriy 132-656/milodiy 750-1258-yillar) yirik fathlar amalga oshirilmagan bolsa-da, ilm-fan va madaniyat yuksak choqqiga kotariladi, yangi poytaxt shahar Bagdodga asos solinib, u yerga turli mamlakatlardan olimlar yigiladilar, yunon, lotin va fors tilidagi kitoblar arab tiliga tarjima qilinib, ulardagi falakiyot, riyoziyot, handasa, adabiyot, falsafa va mantiqqa oid bilimlar ozlashtiriladi. Dunyoga dongi ketgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Fargoniy kabi movarounnahrlik olimlar ham aynan Bagdodda tashkil etilgan Bayt ul-hikmada faoliyat korsatishgan.
Abbosiylar arab xalifalari sulolasi (7501258) bolib, Muhammad alayhissalomning amakisi Abbos ibn Abdulmuttalib avlodlari hisoblanadi. Ushbu sulola Abu Muslim harakati natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Abu Muslim harakati 747-750-yillarda arab xalifaligining sharqiy qismi – Movarounnahr va Xurosonda umaviylar hukmronligiga qarshi koʻtarilgan harakat bo‘lib, unga asli kelib chiqishi forslardan bo‘lgan Abu Muslim boshchilik qilgan.13 Harakatning asosiy kuchi shahar hunarmandlari va qishloq mehnatkashlari, Movarounnahr va Xurosonning mahalliy zodagonlari, umaviylar siyosatidan norozi boʻlgan Xurosondagi arab muxolifatchi guruhlari va qullar edi. Umaviylarga qarshi harakatni kuchaytirish maqsadida Abu Muslim Marv yaqinidagi Safizanj, Moxuvon (Mahon) va Shavvol qishloqlarini qarorgohga aylantirib, xalifalikka qarshi tashviqot olib boradi. Abu Muslim soliqlarni qisqartirish va majburiy hashar ishlarini bekor qilishga vada beradi. Shu sababli harakat ayrim joylarda mulkdorlarga qarshi keskin tus oladi. 747-yil dekabr, 748-yil yanvarda Abu Muslim umaviylarning Xurosondagi voliysi Nasr ibn Sayyorni yengib, Marv shahrini, 748-yilda Nishopur va Tus shaharlarini egallaydi. 748-yilda xalifalikning poytaxti Damashqqa yurish qiladi, 749-yilda Nahovand yaqinida umaviylarni tor-mor etib, 750-yil boshlarida Katta Zob daryosi boʻyida hal qiluvchi gʻalabaga erishdi va oxirgi umaviylardan chiqqan xalifa Marvon II ni taxtdan olib tashladi. Uning oʻrniga Paygʻambar alayhissalomning amakisi Abbos avlodidan boʻlgan Abul Abbos as-Saffoh (750-754) xalifa boʻldi. Shu bilan xalifalik abbosiylar qoʻliga oʻtdi.
Abbosiylarning dastlabki poytaxti Kufa shahri bolgan. Abbosiylar davlatining tashkil topishi Banu Hoshim olib borgan davatning yutugi deb bilinadi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan keyin xalifalik u zotning qarindoshlariga otishi kerak degan chaqiriq bilan chiqqan bolib, bu fikr islomning avvalida maglubiyatga uchragan edi. aslida esa islomiy talimotlarga, korsatmalarga binoan xalifalik musulmonlarning barchasiga mulk bolib, ular ozlari loyiq korgan kishini xalifa qilishlari kerak bolgan.14 Abbosiylarning birinchi hukmdori Abul Abbos Saffoh bolgan. Toliq ismi Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali ibn Abdulloh ibn Abbos ibn Abdulmuttalib.15 U Humeyma (hozirgi Iordaniya) shahrida tugilgan, Arabistondan bolgan, Quraysh qabilasining qabilasidan bolgan Bani Hoshim qabilasining boshligi bolgan. Saffoh (Xunrez) laqabi bilan mashhur bolgan. Uning davrida qoshin yangitdan tashkil qilinadi. Bu qoshin tarkibiga musulmon va arab bolmaganlar ham kiritiladi.
Abu Jaʼfar Abdulloh ibn Muhammad al-Mansur (707-775) – abbosiylar sulolasiga mansub xalifa (754-775). Yirik davlat arbobi. Maʼmuriy va moliya islohotini oʻtkazgan. Savdo va hunarmandchilikni taraqqiy etishiga rahnamo boʻlgan. Xalifalik chegarasini yanada kengaytirish maqsadida poytaxtni Al-Xoshimiyya degan joydan hozirgi Bagʻdod oʻrniga koʻchirib, shu bilan Bag‘dod shahriga asos solgan (762-yil).16 Barmakiylar xonadoniga mansub vazirlar (Fazl, Yahyo va Ja’far) koʻmagida davlatni idora qilgan.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-Mansur, taxallusi Al-Mahdiy bilan mashhur, 775-yildan 785-yilgacha vafotigacha hukmronlik qilgan uchinchi abbosiy xalifa edi. U otasi al-Mansurdan keyin taxtga otirdi.
Horun ar-Rashid 786-yil 14-sentabrdan 809-yil 24-martgacha xalifalikni boshqargan. Eron zodagonlari manfaatini ifoda etuvchi barmakiylar xonadonidan chiqqan vazirlar yordamida hokimiyatni idora qilgan, 803-yilda barmakiylarni qirgʻin qilgach, davlatni yakka oʻzi boshqargan.17 Horun ar-Rashid davrida mamlakatda qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, savdo va madaniyat (asosan, adabiyot) ancha rivojlangan. Yevropadagi Franklar qirolligi va Vizantiya imperiyasi, Xitoydagi Tan imperiyasi, Hindistondagi yirik knyazliklar va port-shaharlar bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. Lekin shu bilan birga davlatning tanazzulga yuz tutganligining belgilari ham namoyon boʻla boshlagan. Xususan, 788-yilda Mag‘rib (Marokash va Mavritaniya)dagi idrisiylar sulolasi, 800-yilda Ifriqiyya (Tunis va Jazoirda)gi ag‘labiylar sulolasi xalifalikdan o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan.18 Horun ar-Rashid Vizantiya bilan oʻtmishdoshlari boshlagan urushni davom ettirgan. Horun ar-Rashid shaxsi haqida koʻplab rivoyatlar, badiiy asarlar yaratilgan. “Ming bir kecha” ertaklarida u oliyjanob, adolatli hukmdor sifatida tasvirlangan. Movarounnahrdagi Rofe ibn Lays qoʻzgʻolonini bostirish uchun harbiy safarga chiqqanda vafot etgan (809). Hozirgi Eronning Mashhad shahridagi Imom Rizo maqbarasiga dafn etilgan.
Maʼmun (786-833) – abbosiylar sulolasidan boʻlgan xalifa, yirik siyosiy arbob, ilm fan homiysi, Xalifa Horun ar-Rashidning oʻgʻli. Ma’mun otasining vaziri Jaʼfar ibn Yahyo tarbiyasini olib, kamol topgan. Xuroson viloyati (markazi— Marv shahri) noibi (809-819). 813-yilda akasi al-Amin bilan taxt uchun boʻlgan jangda gʻolib chiqib, Bagʻdod xalifaligi uning ixtiyoriga oʻtadi, ammo Bagʻdodga faqat 819-yilda koʻchib oʻtgan. Ma’mun Movarounnahr va Xuroson olimlarini oʻz saroyida to‘play boshlab ularni oʻzi bilan Bagʻdodga olib ketgan, ular “Bayt ul-hikmat” (“Bilim uyi”) da oʻz ilmiy faoliyatlarini davom ettirganlar. Dunyoning turli burchaklaridan, Oʻrta Osiyo va Xuroson (Muhammad al-Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Habash al-Xosib al-Marvaziy, Xolid al-Marvarudiy, al-Abbos al-Javhariy, Ahmad al-Fargʻoniy) dan taklif etilgan allomalar ilmiy mavzularda munozaralar olib borishgan. Misrdagi isyon va Ozarbayjondagi Bobak qoʻzgʻaloniga qarshi kurash olib borgan (815-837).19 Ma’mun davri ilm-fanning nihoyatda rivojlangani bilan ajralib turadi. Ma’mun riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, geografiya falsafa, mantiq, adabiyot, diniy ilmlar sohasida qator yutuqlarga erishgan, muʼtaziliya taʼlimoti rivojiga ulkan hissa qoʻshgan. Ma’mun bobosi Mansur, otasi Horun ar-Rashid tomonidan saroyda toʻplangan kitoblar sonini koʻpaytirgan. Otasi davrida bu kutubxona “Bayt ul-hikmat” deb nomlana boshlagan, keyinchalik u kutubxonalik doirasidan chiqib, tarjima va ilm markazi yoki oʻziga xos akademiya vazifasini oʻtagan.20 Abbosiylar sulolasidan jami 37 ta xalifa mamlakatni boshqargan.
Umaviylar va Abbosiylar davrida xalifa lavozimi nasldan naslga meros bolib otadigan bolgan. Xalifa cheklanmagan hokimiyatga ega bolgan despot bolib qolgan. Arab xalifaligining birinchi davrida xalifalar xalqdan alohida bolishga intilmagan hamda kamtarona hayot tarzida yashagan bolsalar, Umaviylar va Abbosiylar juda boy-badavlat turmush kechirganlar. Umaviylar va Abbosiylar davrida ancha keng va nisbatan markazlashgan byurokratik apparat tashkil etilgan.
Xalifa huzurida kengash (shu’ura) mavjud bolib, muhim ishlarni hal etgan. Xalifaning bevosita maslahatchisi va orinbosari, davlatda oliy mansabdor shaxs buyuk ministr bolgan. Vazir sozi arabcha ogirliklarni kotaruvchi degan manoni bildiradi. Buyuk vazir juda katta vakolatlarga ega edi. U xalifa nomidan davlatning daromad va xarajatlarini nazorat qilardi, amirlar va sultonlarni tayinlardi. U xalifa devonxonasi boshligi hisoblangan. Saroydagi muhim mansablar: xalifaning shaxsiy qoriqchilari boshligi, politsiya boshligi, boshqa mansabdor shaxslarni nazorat qiluvchi maxsus chinovnik edi.
Davlat boshqaruvining markaziy organlari devonlar deb atalardi. Arab xalifaligida quyidagi devonlar bolgan:
Al-Xiroj - ichki ishlar devoni - moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan;
Al-Xatim xalifa kotibiyati hisoblangan, yashirin politsiya funksiyasini ham bajargan;
Al-Rasoil - pochta va aloqa devoni bolgan. U pochtalarni va davlat yuklarini yetkazib bergan. Yollarni, karvonsaroylarni, quduqlarni qurilishiga rahbarlik qilgan;
Al-Mustaqilot - harbiylarni hisobga olish, armiyani ta'minlab turish vazifasini bajargan.
Ushbu korsatilgan tortta devon Umaviylar davrida tashkil topgan bolsa, Abbosiylar davrida devonlarning soni 10 taga yetadi. Devonlarning boshida xalifa tomonidan tayinlanadigan ministr, yani rais-ud-devon turardi. Yuqoridagilardan tashqari, davlat xazinasi - bayt-al-mol ham bolib, u zakot soligini undirish ishlarini yuritgan.
Dastlab armiya asosan arab qabilalaridan va kongillilardan iborat edi. Xalifa oliy bosh qomondon hisoblangan. U armiyadagi oliy va orta darajadagi zobitlar tarkibini tayinlagan va almashtirib turgan. Umaviylar davrida har bir viloyatning oz qurolli kuchlari (otryadlari) mavjud edi. Ularga tegishlicha viloyat hukmdorlari boshchilik qilgan. Abbosiylar davrida ulkan harbiy dengiz floti tashkil etiladi.
Sud hokimiyati mamuriy hokimiyatdan ajratilgan edi. Mahalliy hokimiyatlar sudyalarning qaroriga aralashish huquqiga ega bolmaganlar.