Adabiyot. Umaviylar hokimiyati inqirozga yuz tutgandan so’ng xalifalik Abbosiylar sulolasiga o’tdi. Uning asoschisi Abu-l Abbos as-Saffoh bo’lib, u Umaviylar sulolasi vakillarining barchasini qatil qildirdi va poytaxtni Damashqdan Iroqdagi al-Anbar shahriga kochirdi. Undan keyin xalifa bolgan uning ukasi Abu Jafar al-Mansur (754-776) poytaxtni Bagdodga kochirdi.25 Abossiylar davlatining rivojlanishiga forslar katta tasir korsatdilar. Davlat tuzilishi, uning devonlaridagi ish yuritish va boshqa kopgina yumushlar forslar qol ostida boldi. Bu davrida ilm fan, madaniyat rivoj topdi.
Shariat olimlariga etibor.Horun Ar-Rashid ulamolar nasihatiga quloq solar, Abu Yusuf ham qozilarni ozi tayinlardi. Podshohga ham tortinmay nasihat qilardi, unga musulmonlar baxtu saodatiga masul ekanini tinmay eslatardi. Horun ar-Rashid Madina imomi, molikiy mazhabboshisi imom Molikning hurmatini joyiga qoyar edi. Imomning maslahat, vaz-irshodlariga amal qilardi (Shavqiy Abu Xalil. Horun ar-Rashid amirul xulafa).
Hayotiy ilmlarga etibor. Horun ar-Rashidning ilmga bolgan muhabbati, gayridinlarga bolgan bagrikengligi tufayli hayotiy ilmlar ham yaxshi organildi. U Fransiya qiroli Katta Karlga garoyib soat sovga qiladi. Soat xona devoricha bolib, suv quvvati bilan yuradi. Har soatda undan musiqa ohangi taralardi. Soatdan otliq haykalcha chiqib, aylanadi, songra yana joyiga qaytib kirardi. Bu soat haqida malumotlar arab va ajam manbalarda keltirilgan. Podshoh va ayonlari soatni korib qattiq hayratlanishadi. Saroy rohiblari esa soat ichida shayton bor deb oylashadi, kechasi soatni sindirib ichini ochib korishadi, lekin shaytonni topa olishmaydi (Ahmad Foris Shodyoq. Kashful maxba fi fununi Uruba). Horun ar-Rashid davrida ulamolar ikrom qilinardi. Shulardan biri uning xos tabibi nasroniy bolgan Jabroil ibn Baxtashu edi. Xalifa haj qilib yurganda unga: Haqqingizga kop duolar qildim, dedi, songra ogillariga qarab: Sizlarga gapim yoqmadi shekilli, axir bilasizlar, u mening sogligimga qaraydi, men esa musulmonlar uchun ishlayman, musulmonlar men sababli kuchlidir, dedi. Ogillari: Rost aytasiz deb javob qilishdi (Ibn Abu Usayba. Tabaqotul atibba).