Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi



Yüklə 423,5 Kb.
səhifə5/10
tarix09.06.2023
ölçüsü423,5 Kb.
#127624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5190856066165912467

Adabiyot. Umaviylar hokimiyati inqirozga yuz tutgandan so’ng xalifalik Abbosiylar sulolasiga o’tdi. Uning asoschisi Abu-l Abbos as-Saffoh bo’lib, u Umaviylar sulolasi vakillarining barchasini qatil qildirdi va poytaxtni Damashqdan Iroqdagi al-Anbar shahriga ko’chirdi. Undan keyin xalifa bo’lgan uning ukasi Abu Ja’far al-Mansur (754-776) poytaxtni Bag’dodga ko’chirdi.25 Abossiylar davlatining rivojlanishiga forslar katta ta’sir ko’rsatdilar. Davlat tuzilishi, uning devonlaridagi ish yuritish va boshqa ko’pgina yumushlar forslar qo’l ostida bo’ldi. Bu davrida ilm – fan, madaniyat rivoj topdi.

Shariat olimlariga e’tibor. Horun Ar-Rashid ulamolar nasihatiga quloq solar, Abu Yusuf ham qozilarni o‘zi tayinlardi. Podshohga ham tortinmay nasihat qilardi, unga musulmonlar baxtu saodatiga mas’ul ekanini tinmay eslatardi. Horun ar-Rashid Madina imomi, molikiy mazhabboshisi imom Molikning hurmatini joyiga qo‘yar edi. Imomning maslahat, va’z-irshodlariga amal qilardi (Shavqiy Abu Xalil. “Horun ar-Rashid amirul xulafa”).
Hayotiy ilmlarga e’tibor. Horun ar-Rashidning ilmga bo‘lgan muhabbati, g‘ayridinlarga bo‘lgan bag‘rikengligi tufayli hayotiy ilmlar ham yaxshi o‘rganildi. U Fransiya qiroli Katta Karlga g‘aroyib soat sovg‘a qiladi. Soat xona devoricha bo‘lib, suv quvvati bilan yuradi. Har soatda undan musiqa ohangi taralardi. Soatdan otliq haykalcha chiqib, aylanadi, so‘ngra yana joyiga qaytib kirardi. Bu soat haqida ma’lumotlar arab va ajam manbalarda keltirilgan. Podshoh va a’yonlari soatni ko‘rib qattiq hayratlanishadi. Saroy rohiblari esa soat ichida shayton bor deb o‘ylashadi, kechasi soatni sindirib ichini ochib ko‘rishadi, lekin shaytonni topa olishmaydi (Ahmad Foris Shodyoq. “Kashful maxba fi fununi Uruba”). Horun ar-Rashid davrida ulamolar ikrom qilinardi. Shulardan biri uning xos tabibi nasroniy bo‘lgan Jabroil ibn Baxtashu’ edi. Xalifa haj qilib yurganda unga: “Haqqingizga ko‘p duolar qildim”, dedi, so‘ngra o‘g‘illariga qarab: “Sizlarga gapim yoqmadi shekilli, axir bilasizlar, u mening sog‘ligimga qaraydi, men esa musulmonlar uchun ishlayman, musulmonlar men sababli kuchlidir”, dedi. O‘g‘illari: “Rost aytasiz” – deb javob qilishdi (Ibn Abu Usayba. “Tabaqotul atibba”).

Yüklə 423,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin