2.2. Abbosiy xalifalar va Misrdagi mamluk sultonlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar. Mamluklar arabcha “mamolik” soʻzidan olingan boʻlib, “qul”, “xizmatkor” degan maʼnoni anglatadi. Holbuki, “mamolik” so‘zi islom tarixida idiomatik ma’no kasb etgan, “mamolik” esa shunchaki qullar emas, balki ma’lum bir davrda qullar guruhini bildiradi. Mamluklar tarixini o‘rganishni boshlasak, biroz orqaga, ya’ni 198-218 yillardagi mashhur Abbosiy xalifasi Ma’mun va undan keyin 218-227 yillarda xalifa bo'lgan ukasi Mo'tasim davriga qaytishga to‘g‘ri keladi. Bu ikki xalifa davrida qul bozorida ko‘plab qullar olib kelingan va sotilgan va ular sotib olingan va jangchi sifatida ishlatilgan. Shunday qilib, mamluklar oxir-oqibat qo'shinlarning asosiy guruhiga aylandi. Ular ba'zan bir qancha islom davlatlarida yagona doimiy armiya bo'lib xizmat qilganlar. Xalifa Moʻtasim (218-227 / 833-842) Oʻrta Osiyo xalqlariga mansub turkiy millatlardan iborat qullarning katta qoʻshinini birinchi boʻlib tuzgan. O'sha paytda uning qo'shinidagi mamluklar soni bir necha o'n minglarga yetgan edi.66Mamluklar urushda asirga olingan va qul bozorlaridan sotib olingan qullardan tashkil topgan. Mamluklarni musulmonlar Movarunnahr yerlaridan, yaʼni Turkmaniston va Afgʻonistonning shimolida, ularni Oʻzbekiston va Tojikistondan ajratib turadigan Jeyhun daryosi atrofidagi qul bozorlaridan sotib olganlar. Bu hududlarda doimiy urushlar olib borilganligi sababli, qul bozorlari har doim harbiy asirlar va boshqa turdagi qullar bilan to'la edi. Mamluklarning aksariyati turkiy xalqlar vakillari edi, chunki bu yerlarda asosan turkiy xalqlar yashagan. Oʻsha davrda eng koʻp qullar boʻlgan joylar Qrim, Koʻkoz, Qipchoq va Movarounnahr shaharlari – Samarqand, Fargʻona va Xorazm boʻlgan. Ayni vaqtda bu yerlarga 100 yil davomida arman, moʻgʻul va yevropalik qullar olib kelingan.Ayyubiylar davlati amirlari ham mamlakatda oʻz hokimiyatini mustahkamlashda mamluklarga tayanganlar. Ular Ayyubiylar davlatining turli bosqichlarida qoʻllanilgan boʻlsa-da, mamluklar maʼlum bir doira bilan chegaralangan. Shoh Solih Ayyubiylarga bosh bo‘lgach, uning qo‘shinida Xorazm qo‘shinini ajratish uchun fitna paydo bo‘lgach, mamluklardan kengroq foydalanishga majbur bo‘ladi. Shunday qilib, Najmuddin Ayyub mamluklar hisobiga qo‘shinini kuchaytirib, ularga tayanadi. Shu sababli mamluklar soni yanada ortdi. XIII asr ortalarida ayyubiylar sulolasi hokimiyatining zaiflashuvi natijasida qoshinda asosiy rol oynayotgan mamluk jangchilari amalda hokimiyatni egalladilar. Fransiya qiroli Lyudovik IX (1226-1270) tomonidan 1248-1254-yillarda Misrga qarshi uyushtirilgan salib yurishida mamluklar katta jasorat korsatib, Misrni xristianlar bosqinidan asrab qoladi. Aynan mamluklardan chiqqan sulton Sayfiddin Qutuz 1260-yili Ayn-Jolutda mogullar ustidan galaba qozongan edi. Yana bir mamluk sultoni Rukniddin Beybars esa 1277-yili Elbiston jangida elxoniylar (mogullarning Eron, Kichik Osiyoning bir qismi va Iroqda tuzgan davlati) ustidan qozongan yana bir zafari Mamluklar sultonligining xalqaro maydondagi obrosini oshirdi. Mamluklar butun islom diyorlarida hali hech kim butunlay tor-mor eta olmagan dushman mogullarni yenggan sulola sifatida tarixga kirdi. 1517-yili usmonli turklar tomonidan Misr bosib olingunga qadar davlat boshliqlari sifatida hatto Makka va Madina tomonidan ham tan olingan.67 XIII asrning 60-yillarida mamluklar Misr va Yaqin Sharqda mustahkamlanish siyosatini yurgizdilar. Garbda Yaqin Sharq va Misrga yurishlari toxtamagan salibchilar, sharqda esa kuchayib borayotgan hamda Shom hududiga xavf solayotgan mogullarga qarshi tura olish uchun mamluklarga kuchli qoshin va ittifoqchi davlatlar zarur edi. Shu maqsadda, sulton Rukniddin Beybars 1261-1263-yillari Olin Orda xoni Berkaxon bilan hamkorlik aloqalarini ornatib, u bilan ittifoqchilik munosabatlariga kirishib, ozaro bordi-keldi va sovga-salom yuborishni yolga qoydi. Sulton Beybars osha yillari uning qiziga uylandi. Bu ittifoq, shubhasiz, ikkovlarining ham dushmanlari bolgan Elxoniylar saltanatiga qarshi kurashga yol ochdi. Qohirada mogul elchilarini qabul qilishda abbosiylar xalifasi musulmonlarning ramziy rahbari sifatida muhim rol oynadi.68 Garchi mogullarning tahdidi Misr uchun eng muhim xavf bolib qolayotgan bolsa-da, Sulton Beybars Orta yer dengizi sohilidagi oz strategik punktlariga ega bolgan salib yuruvchilarini etibordan chetda qoldirmadi. Beybars Frot daryosining chap sohilida joylashgan Bira qalasini egallab oldi, shunday qilib Shimoliy Suriyada mamlakatni himoya qilish uchun zamin yaratdi. 1265-yildan 1271-yilgacha Zohir Beybars armiyasi franklarga qarshi urush olib bordi. Kesariya porti, Yaffa va Xayfo shaharlarini ketma-ket qolga kiritdi.
Uilyam Popper ozining Cherkes sultonlari davrida Misr va Suriya asarida sulton hukmronligining ramzlarini korsatib otadi:
1) Bagdoddagi abbosiy xalifalarining ananaviy kiyimi – qora atlasli xalifalik kiyimi va qora bosh kiyimi;
2) Minbar shaklidagi marmar taxt, bu kabi taxtlar Shomning barcha asosiy shaharlarida mavjud bolgan;
3) Qohira masjidida maxsus, ibodat qilinishiga moljallab, tosiq bilan oralgan joy;
4) Sulton ismini buyumlar va kiyimlarga rangli kashtalar korinishida yozuvi;
5) Sulton oti uchun teridan qilingan oltin kashta bilan tola bolgan egar;
6) Oltin bilan tikilgan sariq va jigarrang ipakdan qilingan sulton soyaboni, kumushdan yasalgan va oltin bilan qoplangan qush haykalchalik bolib, yuqori lavozimdagi amirlardan biri sultonning boshi uzra kotarib yurgan;
7) Sulton otining boynidagi yugan, sariq ipak bilan qoplangan, oltin ip bilan toliq tikilgan va otning boynini kozlaridan tortib to oxirigacha tortilgan;
8) Bir-biriga iloji boricha korinishi jihatidan oxshash bolgan, sulton otiga oxshash jihozlangan otlarga minib, sariq ipakdan tikilgan ustki kiyim kiygan va kashta tikilgan salla kiygan bir xil yoshdagi ikki otliq. Marosim vaqtida ikkala otliq ham sultondan oldinda otda unga hamrohlik qilishgan;
9) Sulton ismi yoki unga berilgan taxallus yozilgan bayroqlar;
10) Tabl, karnay, fleyta yoki turli xil tovush beruvchi kuy asboblaridan iborat orkestr. Ushbu orkestr har safar quyosh botganidan keyin chalib, sultonni safar va harbiy yurishlarida hamrohlik qilgan;
11) Qoshiqchi, xonandalar;
12) Kichkina qalqonli, mis plitali baraban va naylarni kotaruvchilar ham hamroh bolardilar;
13) Sulton sayohat qilish uchun turli xil ranglardagi chodirlari;
14) Sultonning almashtiriladigan oti sulton istagan paytda ketishi uchun saroy oldiga navbat bilan qoyilgan otlardan biri;
15) Xanjar;
16) Jabduq69.
Mamluk sultonlari xalifaligi arab dunyosining songgi orta asrlar sulolasiga aylandi. Ularning muqaddas shaharlari bolgan Makka va Madina bilan Hijoz ustidan hukmronlik qilishlari, Qohirada abbosiy xalifalar va tortta asosiy sunniy qozining mavjudligi ularga musulmon dunyosida ustun mavqega ega bolish imkoniyatini berdi. Ular Islom va musulmonlar sultoni unvonini oldilar va oz davlatlarini Islomning markazi deb hisoblay boshladilar. Musulmonlarning goyalariga kora, Islom diyori doimo yaxlit bolgan. Musulmon hamma joyda oz etiqodiga sodiq qolib, islom arkonlarini bajargan.
“Bu yagona Islom diyorida, - deb yozadi tarixchi N. A. Ivanov, bitta rahbar va hukmdor bolishi kerak edi. U eng kuchli hukmdor, iymon uchun kurashchi va barcha iymon keltirganlarning himoyachisi hisoblangan. Misrning mamluk sultonlari Makka va Madinada tan olingan edilar, ularning jangchilari haj va umra ziyoratchilarini qoriqlagan. Bundan tashqari, mamluk sultonlari Kabaga muqaddas kisva (Kaba ustiga yopiladigan maxsus qora mato)ni yuborish huquqiga ega edilar.70 Mamluklar jamiyatida xalifaning diniy ustunligini faqatgina ibodat va rasmiy tadbirlarda hozir bolishida korish mumkin. Jan-Klod Garsinning takidlashicha, Qohiradagi abbosiy xalifalar davlatga oid tadbirlarda kozga korinib turuvchi jonli haykal timsoli edilar.71 Abbosiy xalifalar roli shu darajaga bordiki, mamluklar siyosiy harakatida, ularning madaniyati va urf-odatlari, marosimlarida xalifalarni yoqligi aqlga sigmas darajaga yetdi. Darhaqiqat, osha davr tarixchilari asarlarida, yilnomachilari hisobotlarida xalifalar kop tilga olingan. Ular: Agar xalifalar Misrda bolmasa, taxt noqonuniy bolib qoladi - , deb hisoblashgan.
Xalifa Abulfath Al-Mutadid II ibn Mutavakkil (1414-1441) taxminan ottiz yil davomida xalifa sifatida kamida yetti mamluk sultonidan bayat olgan. Bu xalifa siyosiy jihatdan yakkalanib qolgan bir paytda, undan mamluk sulton va amirlari nimani talab qilishsa, osha ishni bajarardi. Shu sababli uni otasi Al-Mutavakkil va akasi Al-Mustain kabi quvgin qilishmadi. Shuni takidlash kerakki, uni hokimiyat tepasiga kelishi uchun imkoniyati yoq edi. U vaboga qarshi ibodat qilish kabi jamoat dasturlariga vakolat berish va shuningdek, rasmiylarning dushmanlarini ayblash uchun mavjud bolgan diniy ramz bolib qoldi72.
Xalifalar mamluk sultonlari tomonidan ajratiladigan nafaqa hisobidan yashar edi. Uning miqdori sultonlar bilan xalifalar ortasidagi mavjud munosabatdan kelib chiqib ajratilar, ularning aniq bir korsatkichi yoq edi. Malumki, hokimiyat tepasiga burjiy (cherkes) mamluklari kelgunga qadar, yani bahriy mamluk sultonlari hukmdorligi davrida (1250-1382) nafaqa miqdori juda kam bolib, xalifaning oz ichki xarajatlarini qoplashgagina yetgan. Xalifaning moddiy ehtiyojining yaxshilanishiga Nafisa maqbarasidan keladigan tushum uning tasarrufiga otganidan songgina erishildi. Kelib chiqishi kavkazlik cherkeslardan bolgan sulton al-Malik az-Zohir Sayfiddin Barquq (1382-1399) hokimiyat tepasiga kelgach, xalifalarga iqto, shuningdek oyiga 500 dinor miqdoridagi maosh va oziq-ovqat ajratila boshlandi. Masalan, 1451-1455-yillarda abbosiylar xalifasi bolgan Abulbaqo Hamza al-Qoim Biamrillahga ozining iqtosidan tashqari 1453-yilda 1000 dinor miqdoridagi pullik mukofot va yangi iqto ham berilgandi. Xalifa al-Mustanjid (1455-1479) iqtosiga Damanxur va Giza muhofazasi, shuningdek Imbaba qishlogini ham qoshgandi. XV asrning ikkinchi yarmida xalifaning xarajatlariga sulton gaznasidan 5 ming dinordan oshirmay ajratish urfga aylandi. Burjiy mamluklar davrida (1382-1517) bazi xalifalar ozlarining moddiy imkoniyatlari katta ekanligi bilan mashhur bolgan. Hukmron xalifa Abu Abdulloh Muhammad al-Mutavakkil I Alolloh hukmronligi davrida (136277, 137783, 13891406) abbosiy xalifaning daromadi oshdi. Har bir xalifa taxt tepasiga kelgach, unga malum miqdorda yashashi uchun mablagajratilgan.73 Nafaqat moddiy taminot, balki xalifalik lavozimiga tolov (rutba) ham sultonning xohishiga qarab belgilanardi. Xalifa mansabga otirishdan oldin, tortta mazhab qozisi oldida sultonga sodiqligi haqida qasam ichardi. Aslini olganda, xalifalik Abbosiylar tomonidan meros qolgan bolib, otadan bolaga otishi kerak edi. Sulton xalifa nomzodi kimga tegishli ekanligi haqidagi tortishuvlarga aralashar va u xalifaning ogli orniga oldingi xalifaning ukasini yoki xohlagan Abbosiylar sulolasi azosini qoyishi mumkin bolgan. Hatto istasa, sulton tort mazhab qozisiga buyurib, xalifani mansabidan olib tashlashi ham mumkin edi. Mumkin qadar, bu ishni amalga oshirishda katta amirlar bilan maslahatlashilgan. Bunday holatlarda sulton xalifani qamoqqa olgan yoki yuqori Misrga surgun qilgan. Shunga qaramay, yana bir etiborli tomoni shundaki, mamluk sultonlari xalifalar bilan yaxshi munosabatda bolgan, buvayhiy yoki saljuqiy sultonlar esa xalifalarni kozini oyib olishgan va hattoki, ularni oldirishgan.74 Orta asrlarda yashagan misrlik tarixchi Jaloliddin Suyutiyning fikricha, mogullar tomonidan tugatilgan abbosiylar xalifaligi Misrda oz faoliyatini amalga oshirgan, hukmdorlar hokimiyatiga bezak berishdan iborat emas edi. Bagdoddan song dunyo faqatgina uch yarim yilgina xalifasiz yashadi, qolgan vaqt xalifaning qarorgohi vazifasini Bagdod orniga Qohira egalladi. U yerda islom qoidalari yuksalib, sunna yuqori choqqida, bidat yoq qilingan va shu bilan birga olim va fuzalolar shod-xurram yashamoqda. Paygambardan songgi xalifalik qayerda bolsa, u yerda Quroni Karimga ishonch va amal boladi. Zamondoshi bolmish xalifa Mutavakkil II Alolloh (1479-1497) haqida gapirib uni xalq sevishda davom etayapti- , deb yozgan.75 Lekin hamma musulmon olimlari ham Misr xalifaligi haqida bunday fikrda emasdilar. Suyutiyning fikriga Usmoniylar davrida yashagan tarixchi Qutbiddin qarshi bolib, quyidagicha yozadi: 1258-yildan song musulmonlar xalifasiz qoldi. Misr xalifalarini abbosiy xalifalar bilan tenglashtirib bolmaydi; agar Bagdodda (buvayhiy va saljuqiylar davrida) xalifalar hukmdorligi cheklangan bolsa, bularning esa shunchaki ismigina bor edi, xolos. Mamluklar davrida xalifaning norasmiy diniy majburiyatlari ham bor ediki, bu ibodat va marosimlar mamlakatning abadiyligi va muvaffaqiyati uchun xizmat qilgan. Garchi, aniq moddiy foyda olmasa ham, xalifaning mamluklarning zafarga erishishi va musulmonning gullab-yashnashi haqidagi ibodatlari osongina rad qilinmaydigan merosning bir qismi edi.76 Xalifa Umar ibn Xattob davridan boshlab, Alloh Muhammad alayhissalom qarindoshining ibodatlarini ijobat qilishiga ishonchi bois, qurgoqchilikka chek qoyish istagida solat al-istisqo” (yomgir sorab ibodat qilmoq, yomgir tilab namoz oqimoq) ni abbosiy xalifa avlodlari uzoq vaqt davomida yomgir sorab jamoat bilan ibodat qilishgan. Mamluklar davrida bir necha yillar davomida otkazilayotgan ushbu yomgir yogdi tadbiri abbosiylar xalifalar boshqaruvida ham bolib otishi natijasida, orta asr tarixchilari keltirgan xabarlarga kora behuda ketmagan.
Mamluklar sultoni Al-Ashraf Zayniddin Shabon (1363-1376) 1373-yil avgustdagi (hijriy rabiʼu al-avval oyi) qurg‘oqchilikdan tashvish qilib, xalifa al-Mutavakkil, to‘rt mazhab qozisi va boshqa din ahlidan yomg‘ir yog‘ishini so‘rashlarini talab qilishga majbur bo‘lishgan. Ba’zi ulamolar suv sathi ko‘tarilishiga umid qilib, Paygambarimiz alayhissalom davrida quduqni suvini olchashgan jihozni olib kelib, nilometr (fasqiyot al-miqyos) qudugiga tiqishgan. Bu xalifalarning yomgir sorab ibodat qilish marosimlarini otkazishlari oxirgi martasi emasdi. 1450-yil avgustda Nil daryosi sathi yana bir marta xavfli ravishda pasayganida, sulton al-Malik az-Zohir Sayfiddin Chaqmoq (1438-1453) xalifa al-Mustakfiy Billah II (1441-1451) va boshqa din ulamolariga sulton Barquq maqbarasida yomgir sorash marosimi otkazishni buyurdi. Bu tadbirga yahudiy va xristianlar ozlarining muqaddas kitoblari bilan, shuningdek yosh musulmon bolalari ham qoshilishgan. Marosimda tort mazhab qozisi ham ishtirok etgan.
Chavaldagi kuchli qurgoqchilikni yengish uchun 1462-yil oktabrda sulton Xushqadam77ning maslahatchisi shayx Aminiddin Oqsaroy sultonga abbosiylar oilasining barcha azolarini toplab, ularni ogzilarini chayishlari va chayqab toplangan suvni nilometr (fasqiyot al-miqyos) qudugiga quyishni tavsiya qildi. Shundan keyin Sulton tavsiyani bajarish uchun turli yoshdagi Abbosiylarni oilaviy ravishda Eski Qohiradagi Nilda toplagan. Orta asr arab manbalari Abbosiy suvi (baraka) tomonidan daryoning rasmiy darajasi mojizaviy ravishda deyarli ikki barmoq boyi kotarilganligini takidlagan.
XIV asr ortalarida Qohira shahrida vabo kasalligi tarqaldi. Mamluk sultoni an-Nosir Badriddin Hasan ibn Muhammad ibn Qalovun (1347-1351) vabo kasalligiga qarshi kurashish uchun xalifa al-Hakim Abul Abbos Ahmad ibn Mustakfiydan ibodat marosimlari otkazishni soragan. 1347-yil dekabrda (hijriyda ramazon oyi) vabo kasalligi avj olgan paytda, sulton An-Nosir Badriddin Hasan davrida, Qohira tashqarisidagi galaba gumbazi ostida xalifa imomligida kasallik tufayli qirilib ketayotgan aholini omon qolishi, kasallik bartaraf etilishini sorab, ibodat marosimi otkazildi. Xalifaning otkazgan marosimi kasallikni qaytaradigan muqaddas qudratga ega bolgan kuch sifatida etirof etilgan.
Qohira shahri XV asr boshlarida al-Muhayyad shayx hukmronligi davrida vabodan aziyat chekdi. Aholisining deyarli yarmi dehqonlardan iborat bolgan Qohira shahrida 1419-yil aprel-may oylarida qora ajal (vabo) tarqaldi. Bu holatdan xavfsiragan Sulton Abu Nosir Shayx Mahmudiy xalifa Abu al-Fath Al-Mutadid II ibn Mutavakkil va tort mazhab qozisi ishtirokida marosim otkazish boyicha qaror qabul qildi. Sulton shu yilning 11-may kunidan uch kunlik ommaviy roza tutishga buyruq berdi. Shuningdek, sahro tekisligida xalifa, olimlar va sofiylar ishtirokida kamtarona marosim otkazildi. Xalifa Al-Mutadid II va sulton qozi va olimlar qurshovida juma namozini oqidi. Orta asr tarixchisi Ibn Tagribirdiy (1410-1470) ushbu voqea qanday muvaffaqiyatga erishgani haqida aytib, vabo tarqalishi tezda pasayganiga ishora qilib, abbosiy xalifalar va sulton Abu Nosir Shayx Mahmudiyni vaboga qarshi turuvchi timsol sifatida etirof etgan. Xalifani falokatlarning oldini olish uchun jamoat namozlariga jalb qilish togrisida sultonning qarori mamluklar hokimiyatini mustahkamladi. Biz unutmasligimiz kerakki, abbosiy xalifa kopgina odamlar orasida diniy kuch manbalaridan biri edi. Manbalarga kora xalifa sulton tomonidan muntazam ishga solinmasa ham, uning xizmati Mamluk sultonligida oziga xos oringa ega boldi. 1430-yil fevral oyining ortalarida vabo tarqalishi paytida sulton al-Ashraf Barsbey (1422-1438) xalifani chaqirmadi, uning orniga qirqta qorini chaqirib, Al-Azharda Quron tilovatini qildirdi. Abbosiy xalifasining diniy obrosi sultonga istalgan musulmon raqiblarini din dushmani sifatida qoralashni imkonini berardi. 1310-yili Beybars Joshangir xalifaning kuchidan foydalanib, an-Nosir Muhammadga qarshi kurashda merosxor sifatidagi hukmronlikni qoralagan. Xalifa Sulton Beybars Joshangirga Al-Nosir Muhammadni islom birligini buzuvchi omillarni yaratib berganlikda, qon tokilishi va islom dini dushmanlariga yordam berganlikda ayblab, jinoyatlar qilgan deb, qoralaydi.78 1389-yilda Suriya amirlarining qozgoloni sabab Barquq qisqa vaqt ichida hokimiyatdan agdarib tashlandi va Qohiradan quvib chiqarildi. Bu qozgolonning bosh fitnachisi Amir Mintosh xalifaga yaqinroq bolib, Sulton Hoji hokimiyatini qayta ornatishga harakat qilib kordi. Amir Mintosh xalifa, tort qozi va ulamolar chaqirib, 1389-yil 11-noyabrda Sulton Barquqqa qarshi urush elon qilishning qonuniyligi togrisida fatvo tayyorladi. Nosiriddin Solihiy xalifa va Sulton Hojini noqonuniy ravishda taxtdan agdarilgani togrisida hujjat tayyorlagan. On nusxada yozilgan hujjat koplab qozi va taniqli din vakillari tomonidan imzolangan. 15-noyabr kuni xalifa al-Mutavakkil va qozilar ishtirokida Amir Mintosh va Hoji hukumat amaldorlari bilan uchrashdi.
1389-yilning songgi oylarida Amir Mintosh Barquqni dushman deb elon qilib, xalifa va molikiy mazhabi qozisi Ibn Xaldunga bu elonni tasdiqlab, imzolashni buyurdi. Bu jinoyat hujjatida xalifaning agdarilib, qatl ettirilishi asosiy jinoyat sifatida korsatilgandi. Ibn Xaldun Amir Mintoshning majburlovi sabab, ushbu farmonni imzolashga majbur bolganidan qattiq nafrat bildirgan.
Bir necha yil otgach, Qora quyunli podshohi Qora Yusuf (1390-1420) bosqinchiligiga duch kelishganda, Sulton Abu Nosir Shayx Mahmudiy 1418-yil sentabrda xalifa va ulamolarni yigib, Qora Yusufni shariatga qarshi jinoyatkor deb topib, sunniy shariatga xiyonatkor deb e'lon qilishdi. Hukmdorning dahshatli qonunbuzarliklari boyicha hujjat toplanib, Xalifa Al-Mutadid II ibn Mutavakkil ham bu xabarni astoydil qollab-quvvatladilar. Bu farmon sabab, Qohirada Qora Yusufning olimga hukm qildilar. Shunday qilib, abbosiy xalifalarning Qohirada ekanligi, diniy hokimiyati sulton dushmanlarining rasmiy ravishda yoqotishga yordam berdi.
Mamluklar jamiyati uchun abbosiy xalifalarning mavjudligi noyob muqaddaslikning tan olinishi hisoblanib, bu esa Sultonga kelishuvlar va muhim qarorlar uchun tirik muhr bolib xizmat qilishga imkon berdi.
Mamluklar davri tarixchilarining takidlashicha, xalifaning Qohiradaligi sulton, qozi, amirlar tomonidan tuzilgan bitimlarni qonuniy ekanligini taminlagan.79 1387-yil iyunda Sulton Barquq Amir Temurga qarshi kurash boyicha qoshinni moliyalashtirish uchun masjid va vaqflardan xayr-ehson tushumidan ishlatishga ruxsat olish umidida xalifa, tort mazhab qozisini chaqirdi.80 Diniy muassasa azolari sultonga qarshi chiqishadi, lekin oxir-oqibat xalifa jimgina rozi bolgach, vaqf tushumlarining malum qismini berishga rozi bolishdan boshqa ilojlari qolmadi.
Shunga oxshash holat 1468-yilda Sulton Al-Ashraf Qaytbey davrida (1468-1496) yuz bergan. U xalifa va tort mazhab qozisidan Usmonli tomonidan qollab-quvvatlangan qozgolonni bostirish uchun moliyalashtirishga savdogarlarning mablaglarini tortib olib, diniy qonuniylik berishga chaqirgan .
Amir Yilbuga an-Nosiriy va Mintosh ortasidagi ittifoq parchalanganidan keyin, 1389-yilda Sulton Barquqni vaqtincha taxtdan agdarib turgan ikki amirdan biri amir Yilbuga Xalifaga sodiqligini ayta turib, Amir Mintoshga talablarini yetkazdi.81 Oradan yigirma yil otgach, 1409-yil avgustda Barquq merosxori sulton Farajga qarshi muvaffaqiyatsiz isyon kotarilganidan keyin, Amir Shayx al-Mahmudiy Rabi shahridagi qalaga chaqirildi. Xalifa al-Mustayin ham shayx bilan uchrashishga bordi. Garchi Xalifa al-Mustayin bu uchrashuv yuzasidan sultonga tafsilotlarini yozib olish uchun u yerda bolganiga qaramay, Shayx hech qachon Sultonga itoat qilmasligini bildirgan.82 1489-yil mart-aprelda bolganidek, Sulton Al-Ashraf Qaytbeyning faoliyatidan norozi mamluklar oz maoshlarining ozligi tufayli isyon kotarish bilan tahdid qilishgan. Shunda xalifaning borligida kelishuvga erishishi aniq edi. Diniy muassasaning yordami bilan, norozi mamluklar bilan suhbat otkazib, kelishuvga erishgach, Sulton Qaitboy kelishuvni muhrlash va tasdiqlash uchun oz yashash joyidan xalifa al-Mutavakkil II (1479-1497) chaqiradi. Xalifa, tort mazhab qozisi va boshqa diniy ulamolar Sulton Qaytboyga yangitdan sadoqat qasamini berdi.83 XIII-XV asr oxirlarida xalifalar har oy sultonni tabriklash va din arboblari bilan yaqinligini aks ettirish uchun qozilar bilan birga qalaga tashrif buyurishgan. Bu ayniqsa, hijriy-qamariy marosimlar, tantanalar yoki sultonning galabadan keyin Qohiraga qaytishi kabi xayrli vaqtlar uchun juda muhim edi. Ushbu amal Sulton Inol (1453-1462) va xalifa al-Mustanjid bilan (1455-1479) mamluk sultonlari hukmronligining nihoyasigacha davom etgan. Aksariyat hollarda xalifa qalaga kelib, Sultonning xonasiga kirgandan song, Sulton xalifaning yonida bir oz otirish uchun taxtdan tushgan. Birozdan song xalifa qaytib ketgan, lekin qozilar diniy ishlar bilan shugullanish yoki bu borada maslahatlarini berish uchun qolishgan.
Amir Yilbuga an-Nosiriy va Mintosh ortasidagi ittifoq parchalanganidan keyin, 1389-yilda Sulton Barquqni vaqtincha taxtdan agdarib turgan ikki amirdan biri amir Yilbuga Xalifaga sodiqligini ayta turib, Amir Mintoshga talablarini yetkazdi.
Oradan yigirma yil otgach, 1409-yil avgustda Barquq merosxori Sulton Farajga qarshi muvaffaqiyatsiz isyon kotarilganidan keyin, Amir Shayx al-Mahmudiy Rabi shahridagi qalaga chaqirildi. Xalifa al-Mustayin ham shayx bilan uchrashishga bordi . Garchi Xalifa al-Mustayin bu uchrashuv yuzasidan sultonga tafsilotlarini yozib olish uchun u yerda bolganiga qaramay, Shayx hech qachon Sultonga itoat qilmasligini bildirgan.
IX-XV asr oxirlarida xalifalar har oy sultonni tabriklash va din arboblari bilan yaqinligini aks ettirish uchun qozilar bilan birga qal'aga tashrif buyurishgan. Bu ayniqsa, hijriy- qamariy marosimlar, tantanalar yoki sultonning galabadan keyin Qohiraga qaytishi kabi xayrli vaqtlar uchun juda muhim edi. Ushbu amal Sulton Inol (1453-1462) va xalifa al-Mustanjid bilan (1455-1479) mamluk sultonlari hukmronligining nihoyasigacha davom etgan. Aksariyat hollarda xalifa qalaga kelib, Sultonning xonasiga kirgandan song, Sulton xalifaning yonida bir oz otirish uchun taxtdan tushgan. Birozdan song xalifa qaytib ketgan, lekin qozilar diniy ishlar bilan shugullanish yoki bu borada maslahatlarini berish uchun qolishgan.
Bu sulton qozi savollariga javob beradigan holatlar bolganida yoki bazan Xalifa, qonuniylik kabi bazi xatti-harakatlarning etikasi yoki maqbulligi togrisida shubhali manbalardan malumotlarni tahlil etilganida bolgan. Shuningdek, xalifaning sulton bilan munosabatida xalifa nazoratida yoki ozini nazoratida bolmagan shaxsiy masalalarga aralashishi mumkin edi. Bunga eng yorqin misol bu 1472-yilda qizining Suriya amiri Xushkeldi al-Baysuqiy bilan nikohini bekor qilmoqchi bolgan xalifa al-Mustanjiddir. Dastlabki tosiqqa qaramay Bosh qozi, xalifa Sulton Qaytboy bilan shaxsan uchrashganidan keyin bu masalani hal qildi.84 Qohirada istiqomat qiluvchi abbosiy xalifa Madina, Damashq va Bagdod merosiga amal qilgan holda, Qohira shahrini haqiqiy Islom poytaxtiga aylanishiga yordam berdi va shu bilan muhim diniy yaxlitlikni taminladi.
XV asr oxiri XVI asr boshida vaziyat ozgarib, mamluklar Garbiy Yevropaga qarshilik korsatishga ojiz ekanligi oydin boldi.
1516-1517-yillarda Usmonli imperiyasining Marj Dobiq va Ar-Ridoniyadagi janglarda mamluk kuchlari ustidan galaba qozonganidan song, abbosiy xalifa al-Mutavakkil III (1508-1517) usmonli turklar sultoni Salimga diniy rahnamolikni topshirishga qaror qildi.
Usmonli sultoni Qohiradagi Mamluk isyonkorlari bilan ozaro bir-birini tushunishga erishish uchun xalifaning obrosidan foydalanishga harakat qildi. Bundan tashqari, xalifa Salim va xususiy shaxslar ortasida vositachi vazifasini bajardi.
Usmonli turklar sultoni Salim I Yovuz 1517-yilda mamluk qoshinlarini tor-mor etdi va bir necha yillardan beri bahriy va burjiy mamluk sulolalari tomonidan boshqarilgan Misr sultonligiga barham berdi. Salim I Marj Dobiq jangidan keyin Halabga kirdi. Ilk juma namozida masjid xatibi podshoh nomiga xutba oqirkan, (Makka va Madinani nazarda tutib): Sohib al-haramayn ash-sharifayn (Ikki muqaddas haram egasi), - dedi. Bundan sulton Salim juda sevinib ketdi va qimmatli kaftanini darhol egnidan yechib, xatibga sovga qildi. Faqat: Men Harami ash-sharifaynning sohibi emas, xodimiman, - deya xutbadagi bu jumlaning Xodim al-haramayn ash-sharifayn shaklda ozgartirilishini buyurdi. Sulton Salim I Misrdaligida Makka sharifi Muhammad ibn Abu Barakot Kabaning kalitlarini va Omonati muboraka ni sulton Salimga yubordi.85 Misr Abbosiylarining songgi on yettinchi xalifasi Mutavakkil III Misr fotihi sulton Salim I bilan birga Istanbulga ketdi. Ayo Sofiya jome masjidida majlis otkazilib, unda turk va arab ulamolari qatnashdi. Mutavakkil jome masjidida minbarga chiqib, bir xutba oqidi hamda sulton Salimning salohiyatini tushuntirib, uni xalifalikka loyiq ekanligini aytdi. Xalifa Mutavakkil ustidagi kiyimini (rasmiy xirqani) Salim I Yovuzga kiydirib, xalifalikni oz xohishi bilan tark etganligini ochiq-oydin malum qildi. Yigilishdagi din peshvolari va ulamolar sulton Salimni xalifa etib saylab, shahodat qilichini unga topshirdi. Ushbu davrgacha xalifalar Arab sulolasidan tayinlanardi. Endi Arab xalifaligi tugab, 1517-yildan Turk xalifaligi davri boshlandi. Usmonli sultonlar Turkiya ichida Usmonlilarning podshohi, ammo Turkiya ichida ham, tashqarisida ham barcha musulmonlarning xalifasi boldi. 1522-yilda sulton Sulaymon Qonuniy sobiq xalifa Mutavakkilga Qohiraga qaytishga ruxsat berdi. Mutavakkilning 1538-yilda vafot etgani haqida uzuq-yuluq gaplar tarixda saqlanib qolgan, xolos.86 Xulosa qilib aytganda, mamluklar sultoni Rukniddin Beybars tashabbusi bilan tashkil etilgan abbosiylar xalifaligining Qohira davri faqatgina mamluk sultonlarining siyosiy va diniy hokimiyatiga qonuniy tus berish, qolaversa, Misrning islom dunyosidagi nufuzi va rolini oshirishga qaratilgan siyosat edi. Beybars ilgari hech kim yengolmagan mogullarni yenggan Misr sultonlaridan biri sifatida tarixga kirgan. Shuningdek, u Shomdagi salibchilarning oxirgi qarorgohlariga zarba bergan va ularning tugatilishiga zamin yaratgan hukmdor sifatida tarixga kirgan. Abbosiylarning Qohira davri oziga xos jihatlari shundan iboratki, unda xalifaning faqatgina nomi borligi, u mamluk sultoni tavsiyasi asosida saylanishi, qolida hech qanday siyosiy va diniy hokimiyat mavjud emasligi, istalgan paytda xalifa titulidan mosuvo etilishi mumkinligi edi. Mamluk sultonlari xalifalarga har oyda katta nafaqa va hadyalar berar, davlat yerlaridan bir qismini ham ularning ixtiyoriga bergan edi. Abbosiy xalifalar esa buning evaziga har oyda sultonning qabuliga kelishi va uning qonuniy hukmdor ekanligi hamda islom dunyosida eng obrosi baland sultonligini etirof etgan.
XULOSA Abbosiylar xalifaligining VIII asr oxiri IX asr boshlaridan etiboran siyosiy inqirozga yuz tutishi natijasida Osiyo va Afrikada bir qancha yangi mustaqil davlatlar shakllandi. Ularning barchasi rasman abbosiy xalifalariga itoat etib, ulardan hukmdorlik yorliqlarini olib, ularni diniy rahnamo sifatida tan olib tursa-da, amalda siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan mutlaqo mustaqil ish yuritardilar. Abbosiylar IX asr davomida bir qancha ichki urushlar, xalq qozgolonlarini boshdan kechiradi. Xususan, 806-810-yillarda Movarounnahr va Xurosonda yuz bergan Rofe ibn Lays qozgoloni, 815-837-yillarda Ozarbayjonda yuz bergan Bobak isyoni xalifalikni iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha zaiflashtirdi. Buning ustiga xalifaning diniy hokimiyatida ham mutaziliya kabi adashgan firqalarga moyillikning yuzaga kelishi, xalifalar tayinlagan vazirlar hamda devon azolarining shialardan bolishi mamlakatda norozilikni keltirib chiqardi. Xalifa Mutasim davridan boshlab turk gulomlarining qoshinga olina boshlashi va ulardan lashkarboshilar tayinlanishi hokimiyatni butkul turk amirlari qoliga otib ketishiga sabab boladi. X asrga kelib abbosiylar xalifalar faqat Bagdod va uning atroflaridagina hokimiyatni saqlab qoldilar, xolos. Eron buvayhiylarga, Movarounnahr va Xuroson somoniylarga, Misr fotimiylarga otib ketadi. 945-yilda kelib esa shialikka etiqod qiluvchi daylamlik buvayhiylar Bagdod xalifasini oziga qaram qilib oldilar. Buvayhiylarga qarshi tomonda somoniylar va gaznaviylar sulolalari hokimiyat uchun kurash olib bordilar. XI asr ortalariga kelib oguzlardan chiqqan saljuqiy turklar butun Orta va Yaqin Sharqda hukmronlikni ornatdilar. Abbosiylar xalifalar diniy hokimiyatni tiklashga erishdilar. 1194-yilga kelib saljuqiylar tasiridan qutilganiga qaramay, abbosiylarning siyosiy hokimiyati qayta tiklanmadi. 1258-yilning qishida Chingizxonning nabirasi Xulaguxon Iroq va uning markazi Bagdod shahrini egallab, abbosiylar sulolasiga barham beradi, ammo ushbu sulola vakillari Qohiraga kochib otib hukmronlikni nomiga bolsa-da, davom ettirdilar. Abbosiylarning Qohira davri 1261-yildan 1517-yilgacha davom etdi.
Abbosiylar hukmronligining Qohira davri sulolaning hech qanday real hokimiyatga ega emasligi, xalifa titulining faqat Misrdagi mamluklar hukmronligini qonuniylashtirish uchungina saqlab qolinganligi bilan xarakterlanadi. Bunga asosiy sabab mamluk sultonlarining Misr, Shom va Hijoz kabi islom mamlakatlari uchun muhim strategik mintaqalarni egallab turganligi hamda bu yerlarning islom madaniyatiga bevosita korsatgan tasiri edi. Mamluklar bironta musulmon hukmdor eplay olmagan ishni amalga oshirdilar, yani 1260-yilda mogullarning Misr va Hijozga qarshi yurishiga chek qoydilar, 1280-1290-yillarda saljuqiylar davlatini zaiflashtirgan asosiy dushman salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohlariga zarba berib, ularni tugatdilar. Abbosiy xalifalarning 1261-yilda mamluklar sultoni Rukniddin Beybars huzuridagi hokimiyati amalda hech qanday tasirga ega emasdi. Abbosiylar Misr sultonlari tolayotgan nafaqa hisobiga kun kechirar, ular ajratgan yer-mulkdan tashqariga chiqishlari mumkin emasdi. Misr sultonlari diniy masalalardagina ulardan maslahat olar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ozlari mustaqil qaror qabul qilardi. Mamluklar abbosiylarning islom olamidagi xalifalik nufuzidan oz hokimiyatlarini mustahkamlash yolida foydalandilar va bu maqadga erishdilar ham. XIII asr ortalaridan XVI asr boshlarigacha davom etgan Mamluklar sultonligi davrida islom madaniyatining mogullar bosqinidan oldingi nufuzi tiklandi, Yaqin Sharqda tartib va tinchlik ornatildi. Biroq 1453-yilda turk sultoni Mexmet II tomonidan Konstantinopolning zabt etilishi voqeasi mamluklarning sultonlik va abbosiylarning xalifalik unvonlariga soya sola boshladi. Kuch-qudratga tolib borayotgan usmonli turklar hamda zaiflashayotgan mamluklar ortasida islom olamida yetakchilik uchun kurash bolishi muqarrar edi. XV asr ortalariga kelib Misrda hokimiyat ancha beqarorlashgan hamda markaziy hukumatga qarshi viloyatlarda tez-tez isyonlar sodir bolayotgan edi. Bundan tashqari Qizil dengiz orqali Hijoz va Misrga portugallar hujumi xavfi yuzaga kelgandi. Negaki 1498-yilda Portugaliyadan Hindistonga boruvchi dengiz yolini kashf etgan portugallar, 1500-yillarda Arabiston yarimorolidagi portlarga ham tahdid qilayotgandi. Mamluklar va portugallar ortasida 1505-yil martda urush boshlandi. 1513-yil martda portugallarning Adan portini ishgol etib, Qizil dengizga kirishi muqaddas shaharlarni xavf ostida qoldirdi. Ammo kuchli shamol tufayli portugallarning Jiddaga yurishi amalga oshmadi. Urushning 1517-yil yanvarda portugallar galabasi bilan tugashi Qizil dengizdan tashqarida musulmonlarning hukmronligini cheklagan katta omil boldi. Portugallarning dengizda galaba qozonishiga mamluklarning quruqlikda usmonli turklar bilan ketayotgan janglari yordam berdi. Hind okeanining Arabiston va Hindiston yarimorollari sohili ustidan nazorat uchun kurash turk sultoni Sulaymon Qonuniy davrida (1520-1566) ham davom etdi, ammo portugallar bu urinishlarni tor-mor etib, turklarning okeanda ham hukmronlik qilishiga imkon qoldirmadi.
Turk sultoni Boyazid II davrida (1481-1512) mamluklarga qarshi kurash boshlandi va Salim I Yovuz davrida (1512-1520) shiddatli tus oldi. 1514-yilda mamluklarning ittifoqchisi bolgan safaviylar Salim I tomonidan tor-mor etilgach, mamluklar hokimiyati xavf ostida qoldi. 1516-yilda turklar Shomdagi bir nechta janglarda mamluklarni tor-mor etib, Shom va Hijoz nazoratini oz qollariga oldilar, hatto janglardan birida mamluklar sultoni Qonsux al-Guriyni ham oldirdilar. 1516-yilda Hijozga kirgan usmonli turklar sultoni Salim I ikki muqaddas shahar xodimi unvonini oldi. 1517-yilda Misr poytaxti Qohirani egallagan turklar Mamluklar sultonligiga rasman barham berdi, ammo mahalliy hokimliklarni mamluk beylari qolida qoldirdi. 1517-yil yanvarda Qohiradagi oxirgi abbosiylar xalifasi Mutavakkil III xalifalik rutbasini turklar sultoni Salim I Yovuzga topshirishga majbur boldi. Umuman olganda, islom olamida hukmronlikning kuchsiz abbosiylardan kuchli usmonlilarga otishi davr talab qilayotgan hodisa edi. Negaki yuqorida eslab otilgan mamluklar va portugallar ortasidagi urush musulmon diyoralarini ham quruqlik, ham dengizdan mudofaa qilishga qodir markazlashgan davlat va yagona hukmdorga talabni oshirib yubordi. Usmonli turklar esa mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ham mamluklarning sultonligini, ham abbosiylarning xalifaligini bekor qilib, ana shunday yagona markazga boysunuvchi davlatni tashkil etdilar.