Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali matematika va tabiiy ilmiy fanlar


O‘lchashlarning yozilish tartibi va bajarilgan labo



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə3/33
tarix26.12.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#197320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Laboratoriya met qo\'llanma (2)

O‘lchashlarning yozilish tartibi va bajarilgan laboratoriya ishi
to‘g‘risidagi hisobot
O‘lchanayotgan fizik kattaliklar ikki va undan ortiq bo‘lib, ulardan faqat bittasi funktsiya rolini, qolganlari esa argument vazifasini o‘taydi. Xullas, ular orasidagi funktsional bog‘lanish tenglik yoki tenglama ko‘rinishida beriladi. Shu tenglikning chap tomonidagi kattalikning qiymati uning o‘ng tomonidagi kattaliklar qiymatini hisoblash orqali quyidagi tartibda topiladi.
1. Tenglikning o‘ng tomonida qatnashuvchi barcha kattaliklarning qiymatlari etarli darajada aniq o‘lchanadi va uning chap tomonidagi kattalik (funktsiya) ning qiymati berilgan tenglik yordamida hisoblanadi.
2. O‘lchash natijalarinn hisoblab chiqishda ulardan avvalo eng ishonchlilari olinadi. Noaniqroq bo‘lgan natijalar tashlab yuborilib, o‘lchash takrorlanadi. Har bir o‘lchash natijasining o‘rtacha arifmetik qiymati, uni aniqlashdagi o‘rtacha absolyut xatolik va nisbiy xatolik topilib, natija quyidagicha yoziladi:

Laboratoriya ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar
1. Talabalar texnika xavfsizligi bilan tanishib chiqib, unga amal qilishi kerak.
2. Talaba navbatdagi amaliy mashg‘ulotda qaysi nomerdagi laboratoriya ishini bajarishi lozimligini o‘qituvchi unga bir hafta oldin ma’lum qiladi. Bu erda talabaning vazifasi belgilangan ishning nazariyasini o‘zlashtirish, tegishli qurollar va ishni bajarish tartibi bilan tanishib kelishdan iborat.
3. Har bir talaba laboratoriya ishlari uchun maxsus hisobot daftari tutib, bu daftarda laboratoriya ishini qanday bajarganligi, olgan natijalari to‘g‘risidagi hisobotni tartibli qilib yozib borishi kerak.
4. O‘qituvchi talabani ishning nazariyasini va ishni bajarish metodikasini o‘zlashtirganligiga ishonch hosil qilgach, unga ishni bajarishiga ruxsat beradi.
5. Talaba ishga kirishgach, o‘qituvchi uning qurollardan to‘g‘ri foydalanayotganligini, olinayotgan natijalariing ishonchliligini ishni bajarish jarayonida tekshirib boradi va talabaning ishini bajarganligi to‘g‘risida uning daftariga hamda laboratoriya jurnaliga belgilab qo‘yadi.
6. Laboratoriya ishining bajarilishi va olingan natijalar, hisoboti o‘qituvchiga grafik bo‘yicha topshirib boriladi. Bu haqda o‘qituvchi tomonidan talaba daftariga va laboratoriya jurnaliga qayd qilinadi.
7. Agar talaba biror sababga ko‘ra bitta yoki ikkita ishni bajara olmasa, qolib ketgan ishni darsdan tashqari vaqtda laboratoriya mudirining nazoratida bajarishi va o‘qituvchiga bu haqdagi hisobotni topshirishi shart. Talabaning o‘zboshimchalik bilan ish navbati grafigini buzishi qat’iy man etiladi.
8. Har bir talaba o‘quv semestri davomida o‘quv ishchi dasturida ko‘rsatilgan praktikum mashg‘ulotini bajarishi va barcha ishlar yuzasidan umumiy kollikvium topshirishi lozim. Shundan keyin o‘qituvchi talabaning sinov daftarchasiga va sinovlar qaydnomasiga ball qo‘yadi.
9. Laboratoriya darsi mashg‘ulotlarida aktiv va namunali qatnashgan, barcha ishlarning natijalarini ilmiy saviyada olishga muvaffaq bo‘lgan ayrim talabalar o‘qituvchi tavsiyasiga ko‘ra, kafedraning qaroriga binoan predmet kollikviumidan ozod qilinadi.
10. Laboratoriyadagi asbob - uskunalarga va boshqa o‘quv jihozlariga sovuqqonlik bilan qarash 'natijasida ularni ishdan chiqargan talaba kafedra va dekanat tomonidan moddiy va ma’naviy jazolanadi.
11. Amaliy mashg‘ulotlar olib borilayotgan vaqtda guruhdagi boshqa talabalarning ishdan e’tiborini chalg‘itmaslik, ularning o‘lchashlariga xalaqit bermaslik zarur.



Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin