Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali matematika va tabiiy ilmiy fanlar



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə6/33
tarix26.12.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#197320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Laboratoriya met qo\'llanma (2)

Shtangentsirkul bilan jism enini o‘lchash


1. Jismning uzunligini o‘lchashda noniusning nolinchi chizig’i asosiy shkaladagi 16 mm ro‘parasida to‘xtagan bo‘lsin, bunda jismning o‘lchami
bevosita 16,0 mm = 1,60 cm ga teng bo‘ladi.
2. O‘lchash jarayonida noniusning nolinchi chizig’ich 23 mm dan o‘tgan, ammo 24 mm ga etmagan bo‘lsin. (3 - rasm).



3 – rasm. Shtangensirkul bilan ishlash.


Demak, jismning o‘lchami 23 mm dan mm ning qandaydir o‘nlik ulushi L cha ortiq bo‘ladi. 5-rasmdan ko‘rinadiki, noniusning nolinchi chizig’i 23 mm dan o‘tgan, ammo 24 mm ga etmaydi. Bundan tashqari noniusning birinchi chizig’i, asosiy shkaladagi 1-chiziq, bilan mos tushgan. Demak, o‘lchanayotgan jism uzunligi 23 1 mm + 0,1 mm 1=23,1mm = 2,31cm ga teng.
3. Noniusning nolinchi chizig’i asosiy shkaladagi 50 va 51mm ga teng bo‘limlari orasida hamda noniusning 7-chizig’i asosiy shkalaning biror bo‘limi bilan mos tushsin. Bu holda jism uzunligi
50 •1mm + 0,1mm • 7= 50,7 mm = 5,07cm ga teng.
Shunday qilib, bu misollardan ko‘ramizki, jismning uzunligini topish uchun noniusning nolinchi chizig’i ko‘rsatgan butun millimetrlarga asosiy shkalaning biror bo‘limi bilan ustma-ust tushgan nonius chizig’i nomerini, nonius aniqligiga ko‘paytirishdan chiqqan natijaga qo‘shish kerak. Amalda uzun­ligi 19 mm ga teng 20 ta bo‘lim chizilgan noniuslar ham keng tarqalgan. Bunday noniusning aniqligi 1 mm/20 = 0,05 mm ga teng.
Bu holda ham natija yuqoridagi misollarga o‘xshab topiladi. Bunday noniusda ham asosiy shkalaning eng kichik chizig’I 1 mm ga teng bo‘ladi. Misol uchun noniusning nolinchi chizig’i asosiy shkaladagi 20 mm dan o‘tgan, ammo 21 mm ga etmagan bo‘lsin, hamda noniusning 8-chizig’i asosiy shkalaning birorta bo‘limi bilan mos tushsin. U holda o‘lchanayotgan uzunlik

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin