ODDIY O‘LCHOV ASBOBLARI VA ULARDAN FOYDALANISH (NONIUSLAR) 1.1-mashq.Shtangentsirkul Jismning chiziqli o‘lchamlarini 0,1 mm dan 0,02 mm gacha aniqlikda o‘lchash uchun ishlatiladigan asbob shtangentsirkul’ deyiladi. Shtangentsirkul’ yordamida qattiq jismning uzunligi, ichki diametri va chuqurliklarini o‘lchash mumkin. Shtangentsirkul’millimetrlarga taqsimlangan qo‘zg’almas chizig’ich (shtanga) 1), qo‘zg’aluvchan ramka (2) ga o‘rnatilgan nonius (3) hamda mahkamlovchi vint (4) dan tashkil topgan. Masshtabli chizig’ich va qo‘zg’aluvchan ramkaning 5 va 6 oyoqlari bor bo‘lib, ularning ichki sirti tekis qilib ishlangan (1-rasm).
1-rasm. Shtangentsirkul tuzilishi: 1-qo‘zg’almas chizig’ich; 2-qo‘zg’aluvchan ramka; 3-nonius; 4-mahkamlovchi vint; 5 va 6-chizig’ich va qo‘zg’aluvchan ramka oyoqchalari.
Jismlarning chiziqli o‘lchamlarini o‘lchash uchun masshtab va nonius ishlatiladi.
Noniusdeb, asbobning asosiy shkalasiga qo‘shimcha bo‘lgan chiziqli (yoki doiraviy) masshtab yordami bilan asosiy shkalaning o‘lchash aniqligini 10-20 marta orttirish imkonini beradigan moslamaga aytiladi.
O‘nlik nonius eng oddiy bo‘lib, u uzunlikni asosiy shkala bo‘limining 0,1 ulushigacha aniqlik bilan o‘lchash imkonini beradi. Bunday nonius 10 ta o‘zaro teng bo‘limlarga taqsimlangan qo‘shimcha chizig’ichdan iborat. Shtangentsirkulning 5 va 6 oyoqchalari bir-biriga tegib turganida nonius bo‘yicha hisob nolga teng bo‘ladi.
Shtangentsirkulning oyoqchalarini bir-biriga tekkizganimizda, asosiy masshtab shkalasining nolinchi chizig’i, noniusning nolinchi chizig’i bilan ustma-ust tushadi, bu holda noniusning oxirgi chizig’i esa asosiy shkalaning 9-chizig’i bilan ustma-ust tushadi. Biror jism uzunligini yoki enini o‘lchash uchun bu jismni 5 va 6 oyoqchalar orasiga joylashtirib, oyoqchalarini jismga tekkunicha suriladi (2-rasm).