Toshkent davlat Transport universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə9/16
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#114711
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Jalolov Quvonchbek TVV-732

18
Resiverlar
Ishlatish maqsadiga ko`ra chiziqli, sirkulyatsion, drenaj va himoya resiverlari mavjud.
Chiziqli resiverlar kondensat yig’ish va uning zaxirasini hosil etishga mo`ljallangan. Chiziqli resiverlar yuqori tomoniga kondensatordan keyin o`rnatiladi. Ular kondensatorlar bilan suyuqlik va bug’ tenglashtirish truboprovodlari yordamida birlashtiriladi.



Resiver.

Chiziqli ammiak resiverlari gorizontal silindrik idishdan iborat bo`lib (8.3-rasm), unda suyuq ammiakning kirish va chiqish patrubkalari 1, 2, bug’ tenglashtirish truboprovodi uchun patrubka 3, sath ko`rsatkich 6, manometr 7, saqlash klapani 5, moy va havoni chiqarish ventillari o`rnatilgan. Bundan tashqari, chiziqli resiver ustiga tizimdan havoni chiqarish uchun ikki trubali apparat 2 o`rnatilgan. Chiziqli resiver 1,8 MPa (18 kgs/sm2) bosimgacha rejimda ishlashi mumkin.


Freonda ishlovchi kichik qurilmalarda ham gorizontal, ham vertikal chiziqli resiverlar ishlatiladi. Suyuqlikni chiqarish trubasida filtr o`rnatilgan. Suyuqlik resiverdan burchak ventili vositasida chiqariladi.
19
Xavfsizlik qoidalariga ko`ra, chiziqli resiverning hajmi bug’latish tizimi (barcha batareya va havo sovutgichlar) hajmining 30% ni tashkil etishi zarur. Bu sovutish agenti jihozlarga yuqoridan beriluvchi tizimlarga tegishli. Sovutish agenti pastdan beriluvchi tizimlar uchun esa – 60%.
Sirkulyatsion resiverlar yirik ammiakli sovutish qurilmalarida ishlatiladi. Sirkulyatsion resiver past bosim tomoniga o`rnatiladi. Undagi suyuqlik ammiak nasosi vositasida sovutish batareyalariga yuboriladi, ya’ni sirkulyatsion resiver sig’im vazifasini o`taydi. Ular gorizontal hamda vertikal bo`ladi.
Gorizontal sirkulyatsion resiver xuddi chiziqli resiverga o`xshash bo`lib, faqat tepasida havo ajratgich o`rnatilmaydi, lekin nasos ulanishi uchun patrubka o`rnatiladi. Gorizontal sirkulyatsion resiverlar suyuqlik ajratgichlar bilan birgalikda ishlatiladi. Suyuqlik ajratgich resiver tepasiga o`rnatiladi. Vertikal sirkulyatsion resiverlar suyuqlik ajratgich vazifasini o`tagani uchun ham ularsiz ishlatiladi.
Vertikal sirkulyatsion resiverga ammiak rostlash ventilidan patrubka orqali uzatiladi, so`ng suyuqlik ammiak nasosi vositasida patrubkadan so`rilib, kamera batareyalariga yo`naladi. Batareyalardan bug’ patrubka orqali resiverga kiradi va suyuqlik bug’dan ajralib, quruq bug’ kompressorga patrubka orqali so`riladi. Vertikal resiver rostlagich va sath signalizatorini ulash uchun patrubkalar batareyalardan suyuqlikni qo`yishi uchun (ular yuzasidagi qorni eritish oldidan) patrubka, itarish tomonidagi issiq bug’ni kiritish uchun patrubka (apparatni tozalash uchun) hamda saqlash klapani, manovakuummetr, sath ko`rsatkich va moyni chiqarish patrubkalari bilan ta’minlangan.
Sovutish agenti yuqoridan berilganda batareyalar suyuqlik bilan 25-30% ga, pastdan berilganda – 60% ga, havo sovutgichlar – 50% ga to`ldirilishi
20
lozim. Sirkulyatsion resiver ana shu sovutish jihozlaridagi barcha suyuqlikni o`ziga sig’dira olishi zarur.
Himoya resiveri nasossiz sxemalarda ishlatiladi va yuqori issiqlik nagruzkalarida batareyalardan to`lib oqib tushgan sovutish agentini yig’ish uchun suyuqlik ajratgich ostida o`rnatiladi. Vertikal resiverlarda suyuqlik ajralishi apparatning yuqorigi zonasida ro`y beradi.
Resiverlarning normal to`ldirilishi: chiziqli uchun 50%, sirkulyatsion – 30%. Drenaj va himoya resiverlari normal ish sharoitida suyuqlik bilan to`ldirilmaydi.
Barcha resiverlar saqlash klapanlari, manometrlar yoki manovakuummetrlar, sath ko`rsatkich va berkitish ventillari bilan ta’minlanadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin