Toshkent davlat Transport universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə12/16
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#114711
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Jalolov Quvonchbek TVV-732

Havo ajratgichlar
Sovutish mashinasi tizimida sovutish agenti bilan birga havo va boshqa gazlar (moy va ishchi jism qisman bo`linishida paydo bo`ladigan gazlar) mavjud bo`lishi mumkin. Ular sovutish qurilmasida hosil qilingan bosim va haroratlarda kondensatsiyalanmaydi. Kondensatsiyalanmaydigan gazlarning asosiy qismini havo tashkil etadi. Tizimga havo qurilmaning ayrim elementlarini ta’mirlashda, kompressorni ishga tushirishda va past qaynash haroratlarida ishlash vaqtida kiradi. Sovutish agenti tizimga quyilganda havoning ma’lum qismi u yerda qoladi.
Havo kondensator va chiziqli ressiverda to`planadi. Ulardagi suyuq sovutish agenti gidravlik zatvor hosil qiladi, ya’ni bug’latish tizimiga yuqori
24
bosimli bug’ va havoni o`tkazmaydi.
Kondensatorda havo yig’ilib, devorda qo`shimcha termik qarshilik
ko`rsatuvchi gaz plenkasini hosil qiladi. Bunda kondensatsiyalanishdagi issiqlik almashinish yomonlashadi, kondensatordagi bosim ko`tariladi, elektroenergiya sarfi ortadi va mashinaning sovutish unumdorligi pasayadi.
O`rtacha sovutish unumdorligiga ega ammiak qurilmalarida havo ba’zan kondensatordagi havo chiqarish kranidan suv to`ldirilgan idishga chiqariladi. Havo puffakchalar tarzida havo chiqaradi, ammiak esa suvda yutiladi. Havo chiqarish kranidan havo mashina to`xtatilganidan 3-4 soat keyin chiqarilishi kerak, lekin kondensator suv bilan doim sovutilib turiladi. Bu ammiakni to`la kondensatsiyalanib, undan havoni ajralishiga sabab bo`ladi.



Havo ajratgichlar: a-ikki quvurli; b – avtomatik AV-4.


Maxsus havo ajratish apparatlarini ishlatish mashinani to`xtatmasdan, uzluksiz tarzda, kam ammiak yo`qotib havo ajratish imkonini beradi. Ikki


25
trubali va avtomatik AV-4 havo ajratgichlar keng tarqalgan. chiziqli ammiak ressiveri ustiga o`rnatiluvchi ikki quvurli havo ajratgich ko`rsatilgan. Bug’-havo aralashmasi ressiverdan tutashtirish trubkasi bo`yicha trubalararo halqasimon kanalga kiradi. Aralashma ressiverdan keluvchi suyuq ammiak bilan sovutiladi va havo ajratgichdan oldin o`rnatilgan rostlash ventilida drossellanadi. Ammiak sovutilganda kondensatsiyalanadi va truba bo`yicha ressiverga quyiladi. Ajratilgan havo shisha idishdagi suvga chiqariladi. Shisha idishda havoning chiqishini kuzatish mumkin.
Havoni chiqarish natijasida zmeyevik 5, trubka 12 va tashqi idishdagi bosim kondensatordagidan pasayadi. Shuning uchun suyuqlik rostlash stansiyasi kollektoridan Pk bosimda truba 9 bo`yicha pukakli rostlagich kamerasiga 10 kiradi, po`kak va sterjen 14 ko`tariladi. Sterjen ignaga ta’sir etib, klapanni 15 berkitadi. Bunda klapan membranasi 1 chapga ko`chadi va havo chiqishi to`xtaydi.
Havo ajratgich AV-4 maxsus shkafga o`rnatilgani uchun, uni har qanday xonaga va xona tashqarisiga o`rnatish mumkin. U puflab tozalanish uchun patrubka 11, burchak klapanlariga ega.
Katta sovutish unumdorligiga ega freon qurilmalarida ham havo ajratgichlar ishlatiladi. Lekin freon-havo aralashmasini kondensator va ressiverdan olgandan so`ng iloji boricha katta bosimigacha qo`shimcha siqish lozim, chunki shunda havo freondan yaxshi ajraladi. Freon-havo aralashmasini siqish uchun kichik o`lchamli (silindr hajmi 1-2 m3/soat) maxsus kompressorlar ishlatiladi.
26

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin