Toshkent davlat Transport universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə10/16
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#114711
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Jalolov Quvonchbek TVV-732

Suyuqlik ajratgichlar
Suyuqlik ajratgichlar kompressorni suyuq sovutish agentidan himoyalash va demak, kompressor “quruq ishlashi” uchun ishlatiladi. Ular ammiak bilan bevosita sovutish tizimlarida hamda namokob bug’latgichlaridan keyin ishlatiladi.
Suyuqlik ajratgich vertikal, silindrsimon apparat bo`lib, oqim yo`nalishi va harakatlanish tezligi qo`qqisdan o`zgarishi natijasida suyuqlik apparat tubiga tushadi, quruq bug’ esa yuqorigi qismdan kompressorga so`riladi.
Nam bug’ suyuqlik tomchilari tushib qolishi natijasida quriydi. Quruq bug’ kompressorga patrubka orqali so`riladi. Apparatda manometr o`rnatilgan. Suyuqlik sathi xavfli darajada ko`tarilsa, avtomatik asbob kompressorni to`xtatadi va shu tariqa gidravlik zarbaning oldi olinadi.
Suyuqlik ajratgichlar kompressor so`rish shtuserining diametri bo`yicha tanlanadi. Shtutserdagi bug’ning harakatlanish tezligi ammiak uchun 18 - 20 m/s, freon uchun – 10 - 15 m/s.
21


Oraliq idishlar
Oraliq idishlar ko`p bosqichli sovutish mashinalarida past siqish bosqichidan so`ng sovutish agenti bug’larini to`liq oraliq sovutish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga ulardan oraliq bosimdagi suyuq sovutish agentining idishda qaynashi hisobiga suyuqlik drossellanish oldidan o`ta sovuydi. Bu apparatlar suyuqlik ajratgich vazifasini ham o`taydi. Hozirgi davrda ikki bosqichli ammiak sovutish mashinalarida zmeyevikli oraliq idishlar keng ishlatilyapti. Zmeyevikka kondensator yoki o`ta sovutgichdan patrubka orqali suyuq sovutish agentining asosiy oqimi kiradi. Zmeyevikda suyuqlik, zmeyevik tashqarisida oraliq bosimda qaynayotgan suyuq ammiak haroratidan 3 - 4°C yuqori haroratgacha o`ta soviydi. O`ta sovigan suyuqlik patrubka orqali rostlash ventiliga boradi.
Zmeyevik tashqarisidan hajmga kondensatordan kelayotgan suyuqlikning bir qismi (oraliq bosimigacha drossellangandan so`ng) idishdagi patrubka va quvur orqali kiritiladi. Quvurdan past bosim kompressorida siqilgan o`ta qizigan bug’ ham kiradi. Bu yerda bug’ qaynayotgan suyuq ammiak qatlamiga barbotaj (suvga bug’ almashtirish) qilinadi va to`yinish haroratigacha sovutiladi. Sovuqdan bug’ konussimon tutgichlardan o`tib yuqori bosim kompressoriga so`riladi. Konussimon tutgichlar barbotaj qilinishdagi suyuqlik tomchilarini tutib qoladi.
Idishdagi suyuq ammiak sathi po`kakli rostlagich bilan saqlab turiladi va distansion sath ko`rsatkich hamda sath ko`rsatkichning muzlashi orqali nazorat qilinadi. Idishning yuqori qismida saqlash klapani va manometr o`rnatish uchun patrubka mavjud. Pastki qismda suyuq ammiak va moyni quyib olishi uchun ventillar o`rnatilgan.

22
Zmeyevikli oraliq idishlarning afzalligi past bosim kompressorining moyi bug’latgichga boruvchi suyuqlikka quyilmaydi. Oraliq idishlar yuqori bosim kompressorining so`rish shtutseri diametri bo`yicha tanlanadi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin