Toshkent davlat Transport universiteti


Yordamchi apparatlar va armatura



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə8/16
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#114711
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Jalolov Quvonchbek TVV-732

Yordamchi apparatlar va armatura

Yordamchi apparatlarga moy ajratgich va moy yig’gichlar, resiverlar, o`ta sovitgichlar va issiqlik almashinish apparatlari, suyuqlik ajratgichlar va oraliq idishlar, filtrlar va quritgichlar, havo ajratgichlar hamda nasoslar, ventilyatorlar va resirkulyatsiya (qayta aylantiriluvchi) suvni sovutish qurilmalari, armatura esa ventillar, zadvijka va klapanlar kiradi.


Barcha yordamchi jihozlar qurilmani uzoq va uzluksiz ishlashiga hamda unumdorligini oshishiga ta’sir etadi.
16
Moy ajratgichlar moy bilan kam aralashuvchi sovutish agenti (masalan, ammiak) qurilmalarining haydash truboprovodida kompressor va kondensator orasiga o`rnatiladi. Ular sovutish agenti bug’lari kompressordan olib chiqib ketayotgan moy issiqlik almashinish apparatlariga (kondensator va bug’latgich) tushmasligi uchun o`rnatiladi.
Kompressordan moy mayda tomchilar yoki bug’ ko`rinishda olib ketiladi, chunki 80-50°C da moy qisman bug’lanadi (3-30%). Moy ajratgichda moyning ajratilishi harakat yo`nalishining qo`qqisdagi o`zgarishi va moy hamda bug’ zichliklari farqi hisobiga amalga oshadi.
Bug’ harakat yo`nalishini o`zgartirish uchun apparatda to`siq o`rnatiladi (8.2.-rasm) yoki patrubkalar ma’lum tarzda o`rnatiladi. Hozirgi davrda tutib qoluvchi nasadkali siklon moy ajratgichlari keng qo`llanadi. Haydash harorati 140°C dan yuqori bo`lganda siklon moy ajratgichdan oldin bug’ 80 - 90°C gacha sovutilishi maqsadga muvofiq.
Musbat va o`rta harorat rejimida ishlovchi freon sovutish qurilmalarida moy ajratgichlar o`rnatilmaydi, chunki moy freonda yaxshi aralashib, u bilan birga sirkulyatsiya qilinadi. Freonlarda ishlovchi past harorat qurilmalarida kompressorlardan keyin suv bilan sovutiluvchi, qovurg’a mis zmeyevikli moy ajratgichlar o`rnatiladi.
Moy ajratgich korpusida bug’ning tezligi 0,7-1 m/s, haydash shtutserlarida esa ammiak uchun 20-25 m/s, freonlar uchun 15-20 m/s bo`lishi lozim. Ammiak sovutish qurilmasining moy ajratgichdan moyni chiqarish xavfli (moy ajratgich 0,8 - 1,8 MPa bosim ostida bo`ladi), sovutish agenti yo`qoladi, isrof bo`ladi.
Moy yig’gich
Bu apparat moyni chiqarishdagi xavfni, ammiak isrof bo`lishini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
17
Ammiak sovutish qurilmasining moy ajratgichi va boshqa apparatlarning moy tindirgichlaridan moyni moy yig’gichga quyadi. So`ngra undagi bosim atmosfera bosimigacha, pasaytiriladi.



Moy ajratgich.
1- kirish patrubkasi; 2-bug’ning kodensatorga chiqish patrubkasi; 3-to`siq; 4-yo`lovchi kuraklar; 5-bug’ oqimidan saqlovchi to`siq; 7-suv zmeevigi; 8-sath saqlagich; 9-quyilish quvuri.

Buning uchun moy ajratgich kompressorning so`rish tomoni bilan ventilni ochish orqali tutashtiriladi. Bosim manometr yordamida nazorat qilinadi. Moy chiqarilishdan avval moy yig’gichda isitilsa, harorat ko`tarilgani sayin bug’ni moy bilan aralashish darajasi kamayadi. Moy tashqariga chiqarilayotganda moy yig’gichdagi barcha ventillar berkitilishi lozim.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin