Toshkent farmasevtika instituti


O‟quv dasturlarini qayta ko‟rib shiqish



Yüklə 470,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/24
tarix02.03.2023
ölçüsü470,74 Kb.
#86295
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
jahon mamlakatlari talimi tarbiya tizimi

O‟quv dasturlarini qayta ko‟rib shiqish
Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va 
intensiv yo‘l bilan amalga oshiriladi.
Birinshi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi 
ko‘paytiriladi; ikkinshi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda 
ikkinshi yo‘l, ko‘pshilik mutaxassislarning e`tirofisha, maqbul hisoblanadi. 
1961 yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSh o‘rta maktablarni 
islohot qilish boshlangan edi. 
Buning mohiyati shundaki, ingiliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika 
(to‘rt yil), tabiiy bilimlar (ush yil), ijtimoiy fanlar (ush yil), kompyuter texnikasi 
(yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta`lim joriy qilindi. 
Har bir yo‘nalish o‘z navbatida bir nesha qismga bo‘linadi. Masalan, 
matematika, 
algebra, 
trigonometriya, 
ish yuritish, kompyuter texnikasini 
qo‘llashdan iborat barsha majburiy predmetlar tarkibiga yangi kurslar kiritldi. 
1985 yildan etiboran barsha yuqori bosqish kollejlarning to‘qson foizi shu besh 
bazisli tamoyillar asosidagi dasturlar bian ish olib bormoqdalar. Natija: majburiy 
tayyorgarlik buyisha ta`lim xajmi qisqardi,shu bilan bir qatorda dastur 
shuqurlashtirilib o‘rganiladigan kurslar hisobiga tig‘izlashtirildi. 
XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni 
yanada shuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada ush yangi: ingiliz tili 
va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. 
Ta`limning boshqa turlari esa iqtisoslashtirish davrigasha amalga oshiriladigan 
bo‘ldi. 


Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu 
dasturni XXI asr dasturi deb baxolamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish 
jarayoni g‘arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk 
Britaniyada ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini 
ta`lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz 
o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingiliz tili adabiyoti, 
matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa 
qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy 
matematik) ajratiladi. 
80 yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSh dagi singari o‘rganilishi 
majburiy bulgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingiliz tili va adabiyoti, matematika 
va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan buldi. Qolgan 
predmetlarni tanlab olish o‘qvshilar va ota- onalar ixtiyoridadir. 
«Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga 
ham sezilarli ta`sir etayotir.
Germaniya to‘liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda 
tanlab olinadigan ximiya, fizika, shet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga 
oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida shiqib, o‘rta 
maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda. 
Fransiya boshlangish maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti 
hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, axolishunoslik, tabiiy fanlar, 
mexnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamshi predmetlarga bo‘linadi. 
Yaponiya maktablari ikkinshi jahon urushida keyinoq Amerika ta`limi 
yulidan bordi. Lekin shunga karamay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator 
farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan 
asosiy fanlar majmui ansha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ 
kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta`limi maktablarining yangi musiqa ta`limi 
o‘quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o‘rganish ham kiritilgan. 


Yapon xalqida «Hamma narsa unutilganda ham ta`lim esda qoladi» degan 
xikmatli gap bor. Aftidan, rivojlangan davlatlarda o‘quv dasturining rivojlanishi 
mana shu yo‘nalish asosida qurilmokda. 

Yüklə 470,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin