Toshkent farmasevtika instituti


Fanlararo va fan ichida bog`liqlik



Yüklə 4,33 Mb.
səhifə59/61
tarix20.09.2023
ölçüsü4,33 Mb.
#145733
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
«ijtimoiy fanlar» kafеdrasi fanidan barcha yo`nalishlar uchun us

Fanlararo va fan ichida bog`liqlik: Guruh-bu muayyan belgiga, masalan sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat ko'rsatishning mumkinligiga va uning xarakteriga, tashkil topish xususiyatlari vash u kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham shunga muovfiq bo'lib, kichik va katta guruhlarga bo'linadi. O'z navbatda ular ham real (bog'langan), shartli formal (rasmiy) hamda noformal (norasmiy) guruhlarga, rivojlanish darajasi turlicha bo'lgan, ya'ni rivojlangan yoki kam rivojlangan guruhlarga (uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga) bo'linadi.
Mashgulot mazmuni:
Назарий қисм
Pedagog o'z ishi davomida faqat alohida har bir o'quvchi bilan ish olib bormasdan, balki o'z tarkibida o'quvchilarni birlashtirgan turli xildagi guruhlar-sinf jamoasi, o'quvchilar ishlab chiqarish brigadasi, oila va ba'zan esa o'spirinni o'z ta'siriga tortgan ko'cha ulfatlar yoki sinfning o'zida biron-bir yetakchi tevaragida birlashgan bolalar to'dasi Bilan ish olib borishga ham to'g'ri keladi. Shu munosabat Bilan o'qituvchi gurhlar va jamoalarning asosiy sosial-psixologik qonuniyatlarini bilishi shart
Guruh-bu muayyan belgiga, masalan sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat ko'rsatishning mumkinligiga va uning xarakteriga, tashkil topish xususiyatlari vash u kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham shunga muovfiq bo'lib, kichik va katta guruhlarga bo'linadi. O'z navbatda ular ham real (bog'langan), shartli formal (rasmiy) hamda noformal (norasmiy) guruhlarga, rivojlanish darajasi turlicha bo'lgan, ya'ni rivojlangan yoki kam rivojlangan guruhlarga (uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga) bo'linadi.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot ke chirayotgan anchagina odamlarni o'z tarkibiga olgan sosial umumiylikni tashkil qiladigan real (bog'langan) guruhlar shaklida bulishi mumkin. Bu xildagi katta guruhlarga korxonaning mehnat jamoasi yoki kupgina o'qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o'zaro aloqada bo'lmasalar ham, lekin ayni chog'da yagonabitta rahbarga (direktorga, ilmiy mudirga ) bo'ysunadigan, bitta partiya va kasaba soyuz tashkilotiga kiradigan, maktab hatyotiga oida hamma uchun umumiy hisoblangan ichki tartibning barcha qoidalariga amal qiladigan kattagina bir maktabning pedagoglar jamoasi kiritilgan bo'lishi mumkin. Katta gurhlar ba'zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy,yosh va boshqa belgilari)ga binoan ajratiladigan va birlashtiriladigan shartli guruhlar shaklida bo'lishi ham mumkin. Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uchrashmagan bo'lsalar ham, lekin bu hildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo'lgan belgilariga ko'ra umumiy sosial psixologik ta'rifga ega bo'lishlari mumkin. Jumladan, o'spirinlar turli shahar va qishloqlarda istiqomat qilishlariga bog'liq bo'lmagan holda bita katta shartli guruhga birlashtirilishi, ehtimol ular turli halqlarning tillarida so'zlashishlari, hech qachon bir joyga yig'ilmagan bo'lishlari mumkin va hakazo. Ularning umumiy sosial (o'rta maktab o'quvchilari), yosh (12-15 yashar payti), psixologik (shakllanib kelayotgan ulg'ayish tuyg'usi, o'spirinlik paytida o'zligini namoyon etishi va hakozo) ta'riflari asosiy belgilariga ko'ra bir-biriga o'xshash bo'ladi. Katta shartli gurhlarni urganish ularning umumiy xususiyatlari farqlanishi natijasida guruhlarda ish olib borishning ilmiy asoslangan strategiyasi va taktikasini ishlab chiqarish imkonini beradi. Shartli (yosh) guruh sifatidagi o'spirinlar shaxsiyati rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini bilgan holda pedagog maktabda va maktabdan tashqari masalalarda tarbiyaviy ishni sobitqadamlik bilan va samarali trazda olib boradi.
Kichik gurhlar-hamisha bog'langan umumiylik bo'lib, unga kiruvchi shaxslarning o'zaro birgalikdagi real harakati va ular o'rtasida real o'zaro munosabatlar bilan bog'langandir. Bu gurhlar rasmiy ( formal) bo'lishi, ya'ni yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o'rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab qo'yilgan rahbarlikka ega bo'lishi mumkin. Ishtimoiy mehnat taqsimoti sharoitlarida bu guruhlar sosiyal jixatdan taqoza etilgan faoliyat ko'rsatishi bilan boglangandir.
Guruhlar rivojlanishining darajasi yoki saviyasi ularni tasniflashning eng muhim negizi hisoblanadi. Guguhni rivojlanish darajasi shaxslararo munosabatlar shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi jarayoning natijasidir. Guguhning bu xildagi o'lchovi (parametri) sovet psixologiyasida aloxida ajratib ko'rsatilgandir.
Oila sosialistik jamiyatning yosh avlodini tarbiyalash va odamlarning o'zaro ahloqiy hamda bir-biriga o'zaro yordam ko'rsatishini taqozo etadigan shaxsiy bax-saodatini ta'minlashdan iborat eng muhim sosial vazifani bajaradigan bo'g'inidir. Oilada jamoaning aynan bir xil bo'lib qolishi bolaga hadeb rahmdillik qilaverishidan va unga hamma narsani ravo ko'raverishdan ham,bolaga nisbatan xudbinlarcha, g'arazgo'ylik bilan munosabatda bo'lishdan ham babbaravar voz kechilishini taqozo etadi. Bunda bolalar to'g'risida va ularning rohat-farog'ati haqida amaliy g'amxurlik hamda shu bilan birga ota-onalar mabodo ularning urnida bulganlarida o'zlariga nisbatan qanday talab qo'yishsa, huddi ana shunday talablar qo'yilishi
ko'zda tutiladi.

Yüklə 4,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin