Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: O‘qituvchi talabalarni bir nechta guruhlarga bo‘ladi. Har bir guruh a’zolari bittadan stol atrofida joylashib oladilar. O‘z fikrlarini yoritishlari uchun katta qog‘oz bo‘lagi yoki vatman beriladi. Qog‘oz bo‘lagining past qismi buklanib, ohirgi xulosaviy fikr o‘sha erga yoziladi.
2. Asosiyqismda: Kichik guruhlarga «Guruhlar bu mavzularning alohida ijtimoiy hodisa sifatida mohiyatini, so‘ngra ma’naviyat bilan bog‘liq tomonlarini yoritib beradilar. Xulosaviy qismda, ma’naviyat bilan berilgan hodisa yoki jarayon doimo uzviy bog‘liq va bir – birini taqozo etishi misollar, tasdiqlovchi dalillar orqali ko‘rsatib beriladi. Agar guruh kelishgan holda bunga qarama – qarshi fikrga kelgan bo‘lsa, uni ham yoritib, inkor etuvchi dalillar, misollar keltiradi, guruh rezyumesi, ya’ni xulosasini bayon qiladi. Misol va dalillar qiziqarli, betakror bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi barcha kichik guruhlarning fikrlarini umumlashtirib, darsga yakun yasaydi. Kichik guruhlardagi talabalarning uyushganligi, faolligi va javoblarini saviyasiga qarab baholaydi.
Mashg‘ulot reglamenti:Tashkiliyqismga – 5-10 minut;
Asosiyqismga:1. Guruhlarning soniga qarab 5 – 10 minut, tayyorlanish, muhokama qilish va yozishga;
2. Har bir kichik guruhning o‘z fikrini yoqlab chiqishi va «rezyume» - xulosasi bilan tanishtirishga 5 – 10 minut;
3. Qo‘shimcha fikrlarga 5 – 10 minut;
Nazorat savollari: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida diniy e’tiqod erkinligiga qanday munosabat bildirilgan?
Diniy e’tiqod erkinligi haqida Konstitutsiyaning qaysi Qonunida so‘z yuritiladi?
“Diniy tashkilotlar” deganda nimalar nazarda tutiladi?
Diniy tashkilotlarga kimlar a’zo bo‘la oladi?
Turli konfessiyalar orasida nizo chiqmasligi uchun davlat qanday tadbirlarni qo‘llaydi?
6. Xristian dinida missionerlik harakatining paydo bo‘lishi
7.O‘zbekiston qonunchiligida missionerlik faoliyatiga belgilangan jazo va choralar
8. Missionerlik harakatining asosiy g‘oya-maqsadlari.
9.Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar