Mustaqil ta’lim mavzulari
Avesto» zardushtiylikning mukaddas kitobi
Imom Buxoriy, at-Termiziy, imom Moturidiy,Axmad YAssaviylarni islom ilmini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi
O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizmga karshi kurash
Ekologiya va din
KEYSLAR BANKI
Vaziyatli masalalar!
1. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin xalqimizning ma’naviy va madaniy merosiga, tarixiga, ona tilimizga munosabat tubdan ijobiy tomonga o’zgardi. Bizning mamlakatimizda diniy qadriyatlarga erkinlik berildi. Muborak istiqlolimiz tufayli ko’p yillar quvQinda bo’lgan dinimiz yana ravnaq topa boshladi. Jumladan, siyosiy dunyoqarashlar erkinligi, xurfikrliligi, diniy tashkilotlar faoliyatining rivoj topishiga zamin yaratdi. Musulmonlar uchun turli xil adabiyotlar chop etildi. Gazetalar, jurnallar sahifalarida, zangori ekranda Islom dinining etuk vakillari o’z maqolalari va suhbatlari bilan ishtirok etdilar. Taqvodorlarning jamoa bo’lib toat-ibodat qilishlari uchun qishloq va mahallalarda masjidlar barpo etildi. Agar O’zbekistonda mustaqillikka qadar 90 ga yaqin masjid bo’lgan bo’lsa, hozir ularning soni 3000 tadan oshib ketdi. Farg’ona viloyatida istiqlolga qadar bor-yo’g’i 3 ta Jome’ masjidi qonuniy ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, hozir bunday masjidlar 200 dan ortiqroq. Namangan viloyatida ham mustaqillikkacha atigi uchta masjid bo’lgan bo’lsa, hozirgi davrda 1300 dan ortiq masjidlar faoliyat ko’rsatmoqda. Masjidlarning ko’pi juda katta mablag’ evaziga qurilgan bo’lib, moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan.
Keyslarga javob bering:
1.O’zbekistona din dalatdan ajralganmi?
2. Diniy munosabatlar haqida nialarni bilasiz?
2. Barcha dunyoviy davlatlar kabi O’zbekistonda ham din davlatdan ajratilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi”, deyiladi.
Dunyoviy davlatlar erishayotgan yutuqlar dunyoning siyosatini belgilayotgan bir paytda, davlat bilan din o’rtasidagi yoki uning bir oqimi o’rtasidagi kelishmovchilik kimga xizmat qilishini hamma tushunishi kerak. hozirgi davrda dunyo xaritasiga nazar tashlasak, rivojlangan, iqtisodi baquvvat, harbiy jihatdan qudratli, ilmiy-texnika taraqqiyotida oldinda turgan davlatlar asosan dunyoviy davlatlardir. Lekin bu davlatlardagi odamlar dinga. Xudoga ishonmaydi, degan so’z emas, aksincha, ularda ham diniy erkinlar yo’lga qo’yilgan, hatto davlat siyosatida asosiy rol o’ynaydigan ko’pgina mo’’tabar arboblar ham dinga amal qilib, ibodatni kanda qilmaydilar. Ularda din o’z yo’lida barqaror rivojlanmoqda. Din bilan davlat o’rtasida mustahkam ittifoq tuzilgan bo’lib, din davlat taraqqiyotiga, osoyishtalikka, fuqarolarni Vatanga fidoyilik, Ollohga ishonch, imonli – e’tiqodli, rostgo’y, pokiza, o’z mehnati evaziga kun ko’radigan, haromdan hazar qiladigan, kishining haqidan qo’rqadigan, adolatli, o’z huquqini taniydigan, boshqalarni hurmat qiladigan, mamlakatda mavjud qonunlar asosida ish yuritadigan ruhda tarbiyalashga ko’maklashadi.
Keyslarga javob bering:
Dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni nimalardan iborat?
Diniy tashkilotlarning asosiy vazifasi nimada?
2.Amaliy topshiriq
Solishtirma Jadvalni to’ldiring
YAxudiylik dinidagi qanday oqimlarni bilasiz?
|
YAxudiylikdagi asosiy marosimlarni sanab btring.
|
Xinduiylikdagi mavjud kastalarni sanab btring.
|
Konfutsiy-chilikdagi asosiy talablar nimalardan iborat.
|
Saduqiylar?
Esseylar
sionizm
|
Sunnat
Nikoh
|
Brahman
Kshatriy
Vayshiy
shudra
|
Osmondan yuborilgan
Jen qonunlariga amal qilish
|
«Matbuot konferentsiyasi» usuli asosida.
Dars mavzusi: Buddaviylik
Darsning ta'limiy maqsadi: Talabalarning umuman jahon tarixi, xususan Vatanimiz tarixi bo’yicha bilimlarini mustahkamlash. Ma'naviyatning tarix bilan uzviy bog’liqligini amalda ko’rsatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Mazkur usul yordamida talabalarning ijodiy kuch va qobiliyatlarini o’stirish, aniq va argumentatsiyali fikrlarni bayon qilishni o’rgatish.
Darsning jihozlanishi: Savollarga javob beradigan talabalar uchun stul auditoriyaning markaziga qo’yiladi.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning o’z ustilarida ishlash, mustaqil bilim olish, erkin fikrlash, o’z fikr – mulohazalarini qiziqarli va notiqlik mahorati bilan etkazib berish ko’nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish.
Darsda foydalanilgan texnologiya: «Matbuot konferentsiyasi» usuli asosida.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: Dars mavzusi bo’yicha seminar savollariga talabalar uy vazifasi tarzida tayyorlanib kelganliklarini e'tiborga olib, har bir savolga uchtadan talaba javob beradi, qolgan talabalar esa mavzu bo’yicha savollar beradilar. Bitta talaba «taym - spiker», ya'ni vaqt nazoratchisi qilib tayinlanadi. O’quvchi javob beradigan uchliklarni va savol beradigan talabalarni tayinlab boradi.
2. Asosiy qismda: Uchta talaba auditoriyadagi talabalar tomonidan berilgan savollarga javob beradilar. Javoblar qisqa, aniq va argumentatsiyalangan bo’lishi e'tiborga olinadi. Savol yoritilishiga ko’ra uchliklar o’zgartiriladi va boshqa savolga o’tib boriladi. Javoblar berishda reglamentga rioya qilishni «taym - spiker» nazorat qilib turadi.
3. Yakuniy qismda: Javoblar va savollari bilan amaliy mashg’ulotda faol qatnashgan barcha talabalar baholanadi. O’qituvchi darsga yakun yasaydi.
Mashg’ulot reglamenti: Tashkiliy qismga – 5 minut;
Asosiy qismga har bir savolning yoritilishiga 15 minutdan;
Yakuniy qismga – 10 minut.
Keyslarga javob bering:
Ma’naviy barkamol inson deganda nimani tushunasiz?
Sog’lom, ma’naviy barkamol va komil insonning bir-biridan farqi nimada?
6. Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga printsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir.
Keys echimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti uchun chizma namunasi
Dostları ilə paylaş: |