Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan


Dinshunoslik FANIDAN Izohli lug’at - glossariy



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə73/78
tarix07.01.2024
ölçüsü1,95 Mb.
#206360
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinsh

Dinshunoslik FANIDAN Izohli lug’at - glossariy
AVTOKEFAL CHERKOVLAR (yunoncha - “o‘z-o‘zini boshqarish”) – pravoslavlikdagi mustaqil boshqaruvga ega bo‘lgan cherkovlar tuzilmasi. Ma’lum bir tashkilot “avtokefal” maqomini olishi uchun miro moyini mustaqil ravishda tayyorlay olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
AVESTO (“Apastak”, “Ovisto”, “Ovusto”, “Abisto”, “Avasto”) - joriy qilingan qat’iy qoidalar, sanskrit tiliga yaqin o‘ziga xos (avesto tili) tilda yozilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi.
AQIDA – arab tilida biron narsani bir-biriga bog‘lash ma’nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.
AQLIY DALIL – mutakallimlarning o‘z ra’ylari. Fikriy qarashlari asosida biron aqidaviy masalaga bergan javoblari. Aqliy dalil asosan mantiq bilan bog‘liq hisoblangan.
AMERETAT - baxt, abadiylik ma’budi, Axura Mazda tarafdori.
BIBLIYA (yunoncha - “kitoblar”) – yahudiylik va xristianlik dinlarining asosiy muqaddas manbai. Yahudiylar “Bibliya”si “Kitve kadesh” va “Tanax” ham deb nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan “Bibliya” “Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd”dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan iborat.
BIBLIYA JAMIYATI – “Bibliya”ning alohida qismlarini yoki to‘laligicha dunyo tillariga tarjima qilish bilan shug‘ullanadigan jamiyatlar nomi. Bunday jamiyatlar biror bir diniy konfessiyaga qarashli bo‘lmay, buyurtma asosida ishlaydi. Ilk “Bibliya” jamiyati 1804 yilda Britaniyada tuzilgan. Hozirda dunyo bo‘yicha 140 dan ortiq shunday jamiyatlar mavjud.
BODDXISATTVAxudoning nuri, oliy kamolotga erishgan va “nirvana”ga ko‘tarilish huquqiga ega bo‘lgan inson.
VAJRAYANA – “olmos g‘ildirak”, ilk buddaviylikning dharmalar tabiati haqidagi turli qarashlari natijasida yuzaga kelgan yo‘nalish.
VAYSHLARsavdogar, hunarmand va dehqonlar.
VEDALAR – oriylar o‘zlari bilan olib kelgan muqaddas yozuvlari, sanskrit tilidan tarjima qilinganda “muqaddas, ilohiy bilim” ma’nolarini anglatuvchi Hindistonning asosiy muqaddas manbai.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin