KARDINALLAR KOLLEGIYASI – Rim katolik cherkovidagi oliy kengash. Papa o‘rni bo‘shab qolganda uning vazifasini bajarish va yangi Papani saylash vazifalarini bajaradi.
KASTA – ayni ish bilan shug‘ullanuvchi, otalardan meros qolgan haq, vazifa va odatlar bilan qattiq bog‘langan shaxslar toifasidir. Kasta insonlar tomonidan saylanmaydi va tanlanmaydi, uning ichida faqatgina dunyoga kelish mumkin. Bu tizim 4 sinfdan tashkil topadi:
QUR’ONI KARIM - Islom dinining birlamchi muqaddas manbasi bo‘lib, 23 yil mobaynida Muhammad payg‘ambarga (s.a.v.) Jabroil farishta (a.s.) orqali ba’zan oyat-oyat, ba’zan esa to‘liq sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir.
MATTO (Matfey) – “Injil” mualliflaridan biri, Iso Masihning 12 asosiy havoriylaridan biri. “Injil”da Leviy Matfey va Leviy Alfeyev nomlari bilan ham tilga olinadi.
MAHAYANA – “katta g‘ildirak”, ilk buddaviylikning diniy-axloqiy burchga sodiqlik, pok bo‘lish haqidagi qarashlaridan yuzaga kelgan yo‘nalish
MAHSHAR - qiyomat kuni bandalar yig‘iladigan va savol-javob bo‘lib o‘tadigan joy
MEDIATATSIYA – “fikrlash, o‘ylash”, shaxsning o‘z ruhiy faoliyatiga chuqur berilish holati, muroqaba, hikmat va haqiqat haqidagi ilm.
MISSIONERLIK – bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish bilan bog‘liq nazariy qarashlar va amaliy xatti-harakatlar majmui.
MONASTIR (yunoncha) – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar mavjud.
MUQADDAS YoZUV, XUShXABAR – xristianlikning muqaddas kitobi “Injil”ga nisbatan ishlatiladigan nomlar.
MUQADDAS KITOB - “Bibliya” va uning tarkibiga kiruvchi kitoblar nomi.
MUTAVOTIR – yolg‘onga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lmagan rostgo‘yligi e’tirof etilgan darajadagi ko‘pchilik kishilarning boshdan oxirigacha o‘zlari kabi kishilardan naql qilgan rivoyati.
MU’TAZILIYA – arab tilida “ajralib chiqmoq” ma’nosini anglatadi. Islom olamida eng katta e’tiqodiy ta’limotning nomi.