VERETRAGNA - eng mashhur ezgulik yazatlaridan biri.
VIDEVDAT - 22 bobdan tashkil topgan “Avesto”ning saqlanib qolgan eng mukammali bo‘limi.
VIJDON ERKINLIGI – kishilarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqi.
DINIY BAG‘RIKENGLIK – kishilar va jamiyatda diniy asosda o‘zaro bir-birini tushunish, xolis va haqqoniy bilimlar, adolatli va haqiqiy baholar, o‘zaro hurmat va ishonchga, hamjihatlik va hamkorlikka asoslangan qarashlar va amaliy faoliyat tizimini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy-madaniy hodisa.
DINIY MUTAASIBLIK –o‘z aqida va g‘oyalarining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilganlikni, boshqa firqa va mazhablarga murosasiz munosabatni ifodalovchi qarashlar va xatti-harakatlar majmui.
DINIY SEKTA – ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruh.
DINIY TASHKILOTLAR – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjid, cherkov, sinagoga, monastir va boshqalar).
DODGOH - hamma uchun ochiq bo‘lgan muqaddas olov yoniq turadigan xona.
YEPISKOP (yunoncha — “nazoratchi”) – xristian cherkovidagi ruhoniylik unvoni. Yepiskoplar havoriylarning izdoshlari, deb hisoblanadi.
JABROIL - Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida elchi vazifasini bajaruvchi farishta.
ZAKOT - arab tilida – poklash ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot
ISLOM - arab tilida – taslim bo‘lish, bo‘ysunish, istilohda esa yagona Allohga bo‘ysunish ma’nolarini beradi.
QAVLIY SUNNAT – Rasululloh (sav)ning turli holat va munosabatlarda aytgan so‘zlari.
QADIMGI AHD – “Bibliya”ning qismlaridan biri. “Tavrot” (Musoning 5 kitobi), “Zabur” va boshqa kitoblardan iborat, jami 39 kitobni o‘z ichiga oladi.