Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan


Messiya deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə72/78
tarix07.01.2024
ölçüsü1,95 Mb.
#206360
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinsh

Messiya deganda nimani tushunasiz?

  • Yahudiylikning asosini nimani tashkil etadi?



    9. Buddaviylik asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko’plab buddaviylik bilan shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma'nolari quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ismi, Gautama - urug’ ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib shunday ketgan, Djina - g’olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo’lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik) nomi berilgan.
    Keyslarga javob bering:

    1. Budda so’zining ma’nosi?

    2. Budda qanday ismlarda keladi?

    10. XVI asr boshlarida katolitsizmdan bir necha Evropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kal’vinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o’zlariga xos bo’lgan tomonlarga ega bo’lish bilan bir qatorda, bular ham o’z navbatida bir necha yo’nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo’lindi. Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi etti butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.
    Xristianlikning SHarqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 14 Mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, Pol’sha, CHexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.
    Katolitsizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo’lmagan Rim Xristian jamoasi bo’lib, rivoyatilarga ko’ra uning birinchi Episkopi apostol Petr bo’lgan.
    Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko’rinishga ega, diniy o’qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. provslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig’inish odatlari mavjuddir.
    Keyslarga javob bering:

    1. Katolitsizm bilan provaslav diniy oqimlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?

    2. Xristianlik dinining asosi y manbai nima?

    “DINSHUNOSLIK” FANIDAN TEST SAVOLLARI


    1. Urug‘ qabila dinlarining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?
    A) faqatgina bir qabila yoki urug‘ e’tiqod qilgan dinlar
    B) urug‘lar va qabilalar sig‘ingan
    C) totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar
    D) barcha urug‘ va qabilalar uchun umumiy bo‘lgan dinlar
    2. Jahon dinlari qaysilar?
    A) Buddizm, Xristianlik, Islom
    B) Yahudiylik, Buddizm, Sintoizm
    C) Xristianlik, Islom, Yahudiylik
    D) Hinduizm, Islom, Konfusiychilik
    3. Monotestik dinlar haqida nima bilasiz?
    A) yakkaxudolik dinlari
    B) jahon dinlari
    C) millat dinlari
    D) ko‘pxudolik dinlari
    4. Totemizm e’tiqodining asosi nima?
    A) odamning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor, deb bilish
    B) faqatgina bir turdagi hayvon go‘shtlarini iste’mol qilish
    C) hayvonlar surati tushirilgan tumorlar taqib yurish va ularning madad berishiga ishonish
    D) o‘ldirilgan hayvonlarning ruhi o‘ch oladi, deb ishonish
    5. Shamanizmdagi marosimlar qaysi qatorda berilgan?
    A) o‘z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog‘lanish
    B) tabiatdagi ba’zi hodisalarini ilohiylashtirish va ulardan madad so‘rash
    C) muayyan hayvonlar va o‘simliklarni o‘zlarining ota-bobolari deb bilib, ularga sig‘inish
    D) turli timsol va haykallar yasab ularga topinish
    6. Qadimgi Misrda ilohiylashtirilgan podshohlar sulolasi qanday nomlangan?
    A) fir’avnlar
    B) barbarlar
    C) nomlar
    D) mirmadanlar
    7. “Veda” so‘zi nima ma’noni anglatadi?
    A) muqaddas bilim
    B) taralgan ziyo
    C) muqaddas kitob
    D) qo‘shiqlar kitobi
    8. Braxmanlik dini qanday din?
    A) veda dinlarining bir shahobchasi
    B) qadimgi hind e’tiqodlaridan biri
    C) yakkaxudolik dini
    D) barcha javoblar to‘g‘ri
    9. Hinduizm qachon paydo bo‘lgan?
    A) mil. av. VI asrda
    B) milodiy III-IV asrlarda
    C) mil. av. II asrda
    D) mil. av. 2-ming yillik boshlarida
    10. Hinduizmdagi “trimurti” nimani anglatadi?
    A) asosiy xudolar – Braxma, Vishnu, Shiva uchligi
    B) jamiyatdagi kastalar tizimi
    C) insonlarning Xudo oldidagi burchlari
    D) muqaddas hisoblanadigan diniy dostonlar
    11. Jaynizm dini qachon paydo bo‘lgan?
    A) mil. av. II-I asrlarda
    B) mil. av. VI asrda
    C) milodiy III asrda
    D) to‘g‘ri javob yo‘q
    12. Sikxizm dini qachon va qaerda paydo bo‘lgan?
    A) XV-XVI asrlarda Panjobda
    B) mil. av. X asrda Xitoyda
    C) mil. av. VI asrda Shimoliy Hindistonda
    D) XV-XVI Eronda
    13. Sikxizm qaysi dinlar asosida paydo bo‘ldi?
    A) hinduizm va islom
    B) hinduizm va jaynizm
    C) buddizm va braxmanizm
    D) braxmanizm va hinduizm
    14. Buddizm asoschining asl nomini aniqlang
    A) Siddxartxa Gautama
    B) Maxavira
    C) Shuddxodana
    D) Krishna
    15. “Budda” so‘zining ma’nosi nima?
    A) nurlangan
    B) rahnamo
    C) avliyo
    D) yetib bo‘lmas
    16. Buddizm ta’limoti qismlarini toping
    A) axloq, meditatsiya, donishmandlik
    B) yolg‘on so‘zlamaslik, nirvanaga erishish, beozorlik
    C) trishna, botxa, sansara
    D) A va V javoblar to‘g‘ri
    17. Qachon va qaysi podshoh davrida buddizm birinchi marta davlat dini deb e’lon qilindi?
    A) mil. av. 273-232 yillarda hukmronlik qilgan Ashoka davrida
    B) mil. av. I asrda Kushon imperatori Kanishka davrida
    C) milodiy 381 yili imperator Siyaou-Di davrida
    D) milodiy 60-yillarda imperator Min-Di davrida
    18. O‘zbekiston hududida arxeologik qazishmalar orqali buddizmga oid ashyoviy dalillar topilgan joylarni aniqlang
    A) O‘ra-tepa, Qorovul-tepa, Dalvarzin-tepa, Quva, Zar-tepa, Ayritom
    B) Toshkent, Zaroutsoy, Ayritom
    C) Zarafshon, Mingtepa, Sirdaryo bo‘ylari
    D) barcha javoblar to‘g‘ri
    19. Konfusiychilikning asoschisi kim?
    A) Kun Szi
    B) Dao Szi
    C) Shakyamuni
    D) Szyun-szi
    20.Konfusiychilik ta’limoti qachon paydo bo‘lgan?
    A) mil. av. VI-V asrlarda
    B) mil. av. III-II asrlarda
    C) V-VI asrlarda
    D) II asrda
    21. Sintoizm dini qaerda paydo bo‘lgan?
    A) Qadimgi Yaponiyada
    B) Qadimgi Xitoyda
    C) Qadimgi Koreyada
    D) noma’lum
    22.Sintoizmda kimni osmon ruhlarining davomchisi deb e’tiqod qilinadi?
    A) yapon imperatorlari
    B) yapon ruhoniylari
    C) har bir yapon kishisi
    D) barcha javoblar to‘g‘ri
    23.Zardushtiylik dini qanday din?
    A) dualistik din
    B) ko‘pxudolik dini
    C) yakkaxudolik dini
    D) shamanlik dini
    24. Zardushtiylikdagi muqaddas olov ... deb ataladi.
    A) Ozarxurra
    B) Otash
    C) ikkala javob ham to‘g‘ri
    D) Axuramazda
    25. Avestoning nechta kitobi saqlanib qolgan?
    A) 4 ta
    B) 6 ta
    C) 5 ta
    D) Avesto mutlaqo saqlanib qolmagan
    26. Yahudiy dini qanday dinlar toifasiga kiradi?
    A) milliy dinlar
    B) jahon dinlari
    C) politeistik dinlar
    D) dualistik dinlar
    27.Yahudiylarning asosiy diniy manbasi nima deb ataladi?
    A) Tora
    B) Talmud
    C) Mishna
    D) Bibliya
    28. Saduqiylar, yesseylar va farziylar qaysi dinning oqimlari hisoblanadi?
    A) yahudiylik
    B) xristianlik
    C) zardushtiylik
    D) mustaqil dinlar
    29. Yahudiylikdagi “peysax” bayrami ...
    A) yahudiylarning Misrdagi qullikdan qutulib chiqqanlari munosabati bilan nishonlanadi
    B) Xudo Misrdagi yahudiy bo‘lgan go‘daklarni qirib tashlamaslikka amr qilgani uchun shukrona tarzida nishonlanadi
    C) Sinay tog‘ida Musoga Xudo tomonidan Toraning berilgani nishonlanadi
    D) Iordan daryosining kesib o‘tilganligi munosabati bilan nishonlanadi
    30. Xristianlik dinining asoschisi va payg‘ambari kim?
    A) Iso payg‘ambar
    B) Muso payg‘ambar
    C) Ya’qub payg‘ambar
    D) Ishoq payg‘ambar
    31.Xristianlik qachon va qaerda davlat dini deb e’lon qilindi?
    A) IV asr boshlarida Rim imperiyasida
    B) I asrda Misrda
    C) I asrda Falastinda
    D) I asrda Osiyoda
    32. Troisa (Trinity) haqidagi ta’limot qachon qabul qilingan?
    A) II Jahon soborida
    B) I Butun Olam Xristian soborida
    C) to‘g‘ri javob mavjud emas
    D) 1950 yilda
    33. Xristianlikdagi katta oqimlar qaysilar?
    A) katolik, pravoslav, protestant
    B) bapistlar, kalvinstlar, adventistlar
    C) protestant, anglikan cherkovi
    D) A va V javoblar
    34. Katolik oqimining asosini tashkil qilgan jamoaning birinchi yepiskopi kim bo‘lgan?
    A) apostol Petr
    B) apostol Barnabo
    C) avliyo Pavel
    D) noma’lum
    35. Quyidagi aqida qaysi oqimga tegishli? “Ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning ishtirokisiz in’om etiladi. Insonning najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi...”
    A) protestant
    B) pravoslav
    C) katolik
    D) barcha oqimlar
    36. Rim papasining barcha mo’min katoliklarga qaratilgan maktubi nima deb ataladi?
    A) Ensiklika
    B) Ezgulik
    C) Indugensiya
    D) Inauguratsiya
    37. Protestant sektalari qaysilar?
    A) Baptizm, pyatidesyatniklar, adventistlar, mennomentlar, svideteli Iegovi, metodizm
    B) Lyuteranlik, kalvinistlar, anglikanlik, bahoiylik, bobiylik, lamaizm
    C) Baptizm, vahhobiylik, anglikanlik, sintoizm, bobizm, lamaizm
    D) Pyatidesatniklar, zaroastrizm, hinduizm, svideteli Iegovi, kalvinizm
    38. Johiliya davrida haniflar deb atalgan kishilar kim bo‘lgan?
    A) Ibrohim a.s. dinida bo‘lganlar
    B) butparastlar
    C) hanafiya mazhabidagi kishilar
    D) oxiratga ishonmaydigan kishilar
    39. Isro va Me’roj voqealari haqida qaysi suralarda bayon qilingan?
    A) Isro, Najm
    B) Baqara, Yosin
    C) Naba’, ‘Alaq
    D) Muzzammil, Anbiyo
    40. Amr ibn Luhay kim?
    A) Arabistonga birinchi bo‘lib sanam keltirgan kishi
    B) haniflardan biri
    C) payg‘ambar sahobalaridan biri
    D) nasroniy rohibi
    41. Qur’oni karimdan ilk nozil bo‘lgan sura qaysi?
    A) Alaq
    B) Fotiha
    C) Muddassir
    D) Muzzammil
    42. Madinada birinchi bo‘lib nozil bo‘lgan surani aniqlang
    A) Baqara
    B) Alaq
    C) Fotiha
    D) Moida
    43. Payg‘ambarning vafotlari sanasini belgilang
    A) 632 y
    B) 571 y
    C) 634 y
    44. Imonning 7 sharti bor
    A) to‘g‘ri
    B) noto‘g‘ri
    S) 6 sharti bor
    D) 3 sharti bor
    45. Islomning manbalari?
    A) Hadislar to‘plami
    B) Qur’on va Sunna*
    C) Musulmon huquqi
    D) Islomning ibodat marosimlari
    46. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qaysi moddalari vijdon erkinligi masalalariga bag‘ishlangan?
    A) 18-31-61 moddalar
    B) 37-44-19 moddalar
    C) 52-32-117 moddalar
    D) 14-27-64 moddalar
    47. E’tiqod erkinligi masalasi qaysi hujjatlar tomonidan kafolatlanadi?
    A) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari
    B) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari
    C) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita buyruqlari
    D) Hokimiyatlar qarorlari


    Yüklə 1,95 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin