Foydalanilgan adabiyotlar 1Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: Xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari T., «O`zbekiston» 1997.
2.Karimov A.I. Olloh qalbimizda, yuragimizda. T, 1999
3.1999 yil fevral voqealari T., 1999
4Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'fiy asoslari T., 2004.
5.Diniy ekstremizm va fundamentalizm T., 1998 y.
MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni Dinshunoslik fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta'limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta'minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma'ruzasini tinglaydilar, tahlil qiladilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi.. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma'lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta'limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma'ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Dinshunoslik fanidan mustaqil ish majmuasi fanning ayrim mavzularini qamrab olgan va quyidagi 4 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.