Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Konfutsiychilikda ijtimoiy-axloqiy masalalar



Yüklə 83,29 Kb.
səhifə5/5
tarix25.12.2023
ölçüsü83,29 Kb.
#196133
1   2   3   4   5
5. Konfutsiylik

Konfutsiychilikda ijtimoiy-axloqiy masalalar

Konfutsiy ta’limotida hukmdor va quyi qatlam vakillari o’rtasidagi munosabatlar, jamiyatdagi tinchlik va osoyishtalik, nafosatshunoslik qoidalari haqida ma’lumotlar berilgan. Konfutsiy uchun eng muhimi bu insonning axloqi va tarbiyasi, bunda quyidagi beshta tushuncha alohida o’rin tutadi: 仁 (Ren) insonga bo’lgan muhabbat, 义 (Yi) ma’suliyat, 礼 (Li) xulq-atvor me’yorlari, 智 (Zhi) bilimlar, 信 (Xin) ishonch.


Bundan tashqari ezgu fazilatlarga kattalarga hurmat ehtirom 孝 ( xiao ) ham kiritiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan ezgulik tushunchalarining tarjimalari shartli ravishda amalga oshirilgan bo’lib, bu tushunchalarning har biri juda keng ma’noga ega bo’lgan.
“Besh ezgulik tushunchalar” ning mohiyati quyidagilardan tashkil topgan: 仁 Ren “Insonga bo’lgan muhabbat”, “Insonparvarlik” ma’nosini beradi. Inson xulq-atvor me’yorlari va axloqiy yuksalishlarini ifodalab beradi, ya’ni bunda ko’ngilchanlik, qa’tiyat, kamtarlik, oliyjanoblik, odamlarga nisbatan muhabbat, haqiqatgo’ylik, ochiq ko’ngilllik kabi hislatlar aks ettiriladi. Muallif tomonidan bu ko’rinishlardagi shaxslarga misol tariqasida afsonaviy hukmdorlar – Yao, Shun va Yuy kabilar ko’rsatiladi. Konfutsiy tomonidan insonning ahloqiy takomillashishga harakat qilishi kerakligi ta’kidlab o’tiladi. Odamning barcha ezgu xususiyatlarini u “ ren ” asosida kelib chiqqan deb ko’rsatadi, bu tushuncha asosida jamiyatdagi munosabatlar shakllantirilishi ta’kidlanadi. Konfutsiy fikricha, inson o’zini o’zi yaratadi, ya’ni hayoti davomidagi barcha qarorlari uning o’ziga bog’liq. Bunda uning boshqa insonlarga bo’lgan munosabati ham inobatga olinadi. 义 Yi “Ma’suliyat”. Insonga bo’lgan oily muhabbat (仁 ren) hayotda ma’suliyat hissi (义 yi ) orqali moddiylashadi. “Yi” tushunchasining o’zi esa ko’p ma’nolarga ega. Bu tushuncha orqali insonning ma’naviy holati belgilanadi. Bu insonnig haqiqat izlashiga va o’z ota-onasiga nisbatan haqiqatgo’y bo’lishi, ular bergan tarbiyalariga minnatdor bo’lishi orqali namoyon bo’ladi. Boshqa insonlarga nisbatan uni mehrli bo’lishi inobatga olinib, uning xudbinligiga qarshi kurashishiga da’vat etadi. 礼 Li “Xulq-atvor me’yorlari ”. 礼 “Li” tamoyili odamlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni ifodalab beradi, insonning jamiyatdagi xulq-atvorini ifodalaydi. Xitoy ahloqshunosligida uch turdagi o’zaro munosabatlar ajratib ko’rsatiladi: hukmdorlar va quyi qatlam vakillari o’rtasidagi munosabatlar, kattalar va kichiklar, ota va o’g’il o’rtasidagi munosabatlar. Biroq, bunda konfutsiychilik ta’limotida patriarxal oila va ijtimoiy tizim munosabatlari boshida “ma’rifatli hukmdor” turishi kerakligi uqtiriladi. Iqtisodiy jihatdan odamlar o’rtasidagi barcha munosabatlar Konfutsiy tomonidan ma’naviy- axloqiy toifalarga bo’lib ko’rsatiladi, bu tushunchalarning barchasi li tushunchasida mujassamlashgan. Bunda insonning urf-odatlarga nisbatan hurmati , ishonchi va ularga amal qilishi ifoda etiladi. Aslida inson xulqi orqali namoyon bo’ladi. 礼 Liga amal qilgan inson katta hurmat va yuqori cho’qqqilarga erishadi.
智 Zhi “Bilimlar“ deb tarjima qilinadi. Konfutsiy ta’limotida bilim tushunchasi masalasi tarixiy kitoblarning va ajdodlar tajribasini o’zlashtirilish tarzida ifodalaniladi. Bilimlarning o’zlashtirilishining asosiy usulini u qadimiy solnoma va tarixiy manbalar asosida o’qish jarayoni deb ko’rsatiladi. Ushbu o’rinishda Konfutsiy ta’limotida zamonavi bilimlarga kam e’tibor qaratiladi. Bilimlar tarixiy jihatdan ajdodlar tajribasi asosidagina o’rganilganda, samarali bo’lishi ta’kidlanadi. Barcha yangi hodisa va bilimlar ajdodlar tajribasi asosida yuzaga kelishi ta’kidlanadi. Konfutsiy tomonidan yuksak tarzdagi ajdodlar sifatida afsonaviy hukmdorlar Yao, Shun va Yuy kabilar alohida ko’rsatib o’tiladi. Bu shaxslarning qilgan amallari namuna tarzida xalq og’zaki ijodi orqali avloddan-avlodga uzatilgan. Konfutsiy o’z qarashlarida Yao, Shun va Yuyni namuna tarzida keltirib o’tadi. O’zi haqida esa u shunday fikrlarni bildiradi: “Men harakat qilaman biroq yaratmayman. Men tarixni sevaman va unga ishonaman.” Shuningdek u “Mening olgan bilimlarim ajdodlar qoldirgan merosdan iborat bo’lib, unga men hech narsa qo’shmaganman, uni boshlang’ich holatida avlodlarga qoldiraman. Bilim va ta’limot Osmon tomonidan yaratilgan bo’lib, men faqatgina yerga ekin ekuvchi va ishlov beruvchi dehqon kabi faoliyat ko’rsataman.” Inson o’zi qilgan ishlariga baho berib, ularni to’gri yoki noto’g’ri tahlil qilsihi lozim. Bu insonni o’jarlikdan saqlaydi.
Konfutsiy ta’limoti butun Xitoy bo’ylab yoyilgan. Chunki uning qarashlari o’z davrida muhim ahamiyat kasb etgan. Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotiga Konfutsiy va uning maktabi alohida hissa qo’shgan. Konfutsiyni yunon falsafasi tarixidagi Suqrotning o’rni bilan qiyoslash mumkin. Konfutsiy maktabida asosan uning hikmatlari, o’g’itlari va pandunasihatlari o’rgatilgan. Ular o’z ustozlarini ishlarini davom ettirishgan, ya’ni konfutsiylik ta’limotini butun Xitoy bo’ylab va butun dunyo bo’ylab yoyishga harakat qilganlar. Konfutsiyning shogirdlari unga sodiq bo’lishgan va o’z ustozlarini Buyuk Inson sifatida hurmat qilishgan. Xitoyda Konfutsiy tuzgan maktab ko’p asrlar davom etdi. Miloddan avvalgi 136-yilda imperator U Di hukmronlik qilgan davrda Konfutsiy qarashlari rasmiy ravishda “ta’limot” deb e’lon qilindi. Shundan keyin Konfutsiy ta’limoti 2000 ming yildan ortiq vaqt mobaynida hukmron ideologiya sifatida davom etdi.
Konfutsiychilikda ijtimoiy-axloqiy masala alohida o‘rin egallaydi. Shu ma'noda Konfutsiy ta'limotini inson xatti-harakati hayoti me'yorlari haqidagi ta'limot deyishi ham mumkin edi. Insonlar o‘rtasidagi hayot tarzi an'anaviy besh munosabatdan iboratligi qayd etilgan:
- davlat boshlig‘i bilan amaldorlar o‘rtasidagi munosabat;
- ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi munosabat;
- er bilan xotin o‘rtasidagi munosabat;
- katta va kichik aka-ukalar o‘rtasidagi munosabat;
- do‘st-birodarlar o‘rtasidagi munosabat.
Bu ta'limotda shunday qadriyatlar ham borki, unga qoyil qolmay iloj yo‘q. Birgina misol keltiramiz:
O‘g‘il ota-onasi oldida quyidagi beshta vazifani bajarish shart edi:
1. har doim ota-onani to‘la hurmat qilish;
2. ularga eng suyukli taomni keltirish;
3. ular betob bo‘lib qolganlarida chuqur qayg‘urish;
4. ular vafot etganlarida yurak-yurakdan achinish;
5. ular xotirasiga tantanali ravishda qurbonliklar qilish.
Konfutsiychilikda diniy marosimlarning asosiy mazmuni - Konfutsiychilikka qadar mavjud bo‘lgan an'analarni, urug‘-qabilaviy marosimlarni mustahkamlash, qonunlashtirishni tashkil etardi. Chunki konfutsiy o‘zining hyech qanday yangi ta'limot yaratmaganligini faqat eski marosimlarga, tartib-qoidalarga qattiq rioya etishni talab qilardi. Bu o‘rinda uning quyidagi so‘zlarini keltirishni maqsadga muvofiq deb bildik: «Qadimdan joriy etilgan marosimlar saqlanmas yoki ular bekor qilinar edi, unda hamma narsa aralashib ketadi, izdan chiqadi. Nikoh marosimini yo‘q qiling-chi, unda er-xotinlik bo‘lmaydi, bu bilan bog‘liq katta-katta jinoyatlarga yo‘l ochiladi yoki dafn etish va qurbonlik qilish marosimini yo‘q qilingchi, unda bolalar vafot etgan ota-onalari xotirasi to‘g‘risida o‘ylamay, tiriklarga esa xizmat qilmay qo‘yadilar; Pin-Szin marosimini yo‘q qilingchi - unda podshoh bilan amaldor o‘rtasidagi farq yo‘q bo‘lib ketadi, kichik-kichik knyazchalar o‘z boshimchalik qila boshlaydilar, natijada ta'qib etish va zo‘ravonlik boshlanadi».
Konfutsiychilikning bosh xudosi - osmon Xudosi edi. Keyinchalik Konfutsiyning o‘zi ham ilohiylashtirilgan. Uning sharafiga, hatto imperatorning o‘zi ham diniy marosimlarni bajo keltirar edi. Bu bejiz emas edi, albatta. Chunki, Konfutsiychilik oddiy xalq ustidan «aslzodalar»ning hukmronligini oqlardi. Bu dinga ko‘ra ayni paytda imperatorning o‘zi oliy Xudoning yerdagi vakili edi. Konfutsiychilikda imperatorga qarata yozilgan quyidagi maslahat ham bor edi: «Agar imperator biror katta maqsadni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, u albatta ajdodlari ibodatxonasiga borishi lozim. Qilmoqchi bo‘lgan ishidan, o‘zining maqsadidan avlodlarini xabardor etmog‘i kerak. Shu paytda u osmonda yo‘lduzlarning holatiga qaramog‘i, ular qulay joylashganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng o‘zining maqsadini amalga oshirmog‘i mumkin».


XULOSA

  • Konfutsiy ijtimoiy tartib, axloqiy qadriyatlar, etakchilik va ta'lim haqidagi fikrlari bilan mashhur.

  • Konfutsiylik beshta asosiy munosabatlar va "Reyn" kabi tushunchalar bilan inson munosabatlariga urg'u beradi.

  • Ta'lim ijtimoiy tartibni saqlash uchun muhimdir va yaxshi rahbar bo'lish uchun axloqiy qadriyatlarga ega bo'lishi kerak.

  • Analektlar Konfutsiy ta'limotini o'z ichiga olgan asosiy matndir.

  • Konfutsiylik Xitoy madaniyatiga chuqur ta'sir ko'rsatdi va uning ta'siri keng geografiyada namoyon bo'ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Mo’minov A.K. Dinshunoslik asoslarini o’qitish va o’rganishning yagona kontseptsiyasi. Toshkent. 1999.


2. Radugin A.A. Vvedenie v religiovedeniya. Moskva. 1996.
3. M o’minov A. Hammualliflikda. Dinshunoslik asoslari. Darslik. T„ 2004.
4. A.E.Abdusamedov. Dinshunoslik asoslari. T. 1995 y.
5. Yo’ldoshxo’jaev va boshqalar. Dinshunoslik. 2000-2004 y.


Yüklə 83,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin