O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI Organik sintez kafedrasi Organik sintez modulidan Mustaqil ish Fakultet:Harbiy klinik farmatsiya.
Guruh:314.
Bajardi:Abdullayev S.
Tekshirdi:Yaxshiyeva Yu.R.
Toshkent - 2023
Mavzu: Sintez gaz asosida olinadigan mahsulotlar. Reja:
Sintez gazi.
Qattiq organik xom ashyodan sintez gazi orqali mahsulot olish sxemasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. ORGANIK SINTEZ MODULIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA. Organik moddalar ishlab chiqarish uchun xom ashyo manbalari- bu toshko‘mir, neft, tabiiy gaz hisoblanadi. Ulardan organik sintez uchun kerakli bo‘lgan moddalar: parafinlar, olefinlar, aromatik birikmalar, atsetilen va sintez gaz olinadi (1-jadval).
1-jadval - Organik moddalar olish xomashyolari
Organik sintez va neft-kimyosi jarayonlari uchun qo‘llaniladigan uglevodorod xomashyolariga ancha kuchli talablar qo‘yiladi. Organik sintezda qo‘llaniladigan reaksiyalarning ko‘pchiligi katalitik yoki radikal zanjirli, sifatli mahsulot olish uchun katalizatorni yuqori selektivligi talab etiladi, oraliq reaksiyalarni sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. shuning uchun xom ashyoning tozalik darajasini yuqori bo‘lishi talab etiladi. Bir qator jarayonlarda gazlar tarkibida suv bug‘lari, uglerod oksilari, uglerod disulfid, ammiak va boshqa reaksion qobiliyatli aralashmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Organik moddalarni ishlab chiqarishda sanoatda turli texnologiyalardan foydalaniladi. «Texnologiya» so‘z i grekcha «texnos»- sa’nat va «logos» ilm degan ma’noni bildiruvchi so‘z lardan olingan bo‘lib hunarlar to‘g‘risidagi ilmdir, ya’ni D.I.Mendeleyev aytganidek, «Texnologiya –tabiiy mahsulotlarni inson hayotida foydalanadigan mahsulotlarga aylantirishni o‘rganish» demakdir.
Texnologik jarayonning tarkibiy qismlari bo‘lgan jixozlar, apparatlar, mashinalarning bajaradigan ishi samaradorlik tushunchasi bilan xarakterlanadi.
Samaradorlik (P) – vaqt birligi () ichida ishlab chiqarilgan mahsulot (yoki qayta ishlangan xomashyo) ning miqdoridir:
(kg/soat; tonna/soat; tonna/sutka)
Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori hajm birliklarida (Vm) o‘lchansa:
(m3/soat)
Jihozlar samaradorligini oshirishning ikki usuli mavjud:
-jihozning o‘lchamini (hajmi) oshirish;
-ishlash tezligini oshirish.
Ishlab chiqarish jixozlarining jadalligi– J, ayni jihozning biror xarakteristikasiga nisbatan uning samaradorligidir.
J = P /v = G / v (apparat hajmiga nisbatan)
J = Vm / v Apparatning ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbatan
J = P / S = G / S va J = Vm / S Jadallikni oshirishning ta’sir usullariga haroratni o‘zgartirish ham kiradi. Uning qatoriga bosim, moddaning konsentratsiyasi, katalizator ishtiroki ham kiradi.
Mexanizatsiyalash – qo‘l mehnatini mexanizmlar orqali amalga oshirish.
Avtomatlashtirish – ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita inson ishtirokisiz priborlar yordamida bajarish yoki nazorat qilish.
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda: o‘lchagich (datchik), regulyator (rostlagich) va bajaruvchi moslamadan iborat yangi tizim ishlaydi.