Shamanizm («shaman» so’zining tungus tilidagi ma’nosi – «sehrgar»).
Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish
maqsadida amalga oshiriladigan rituallar – urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va
animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lib, unga ko’ra uning vositasida kishilar o’z
totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog’lanishni amalga oshirib
kelganlar. Shamanizm qadim o’tmishda paydo bo’lib, minglab yillar davomida
saqlanib kelgan va tabiiyki, muntazam rivojlanib borgan. Odatda, afsungarlik urf-
odatlari bilan maxsus odamlar – shamanlar, afsungarlar shug’ullanganlar. Ular
orasida, ayniqsa, ayollar ko’p o’rinni egallaganlar. Bu shamanlar, afsungarlar
jazavali va asabiy kishilar bo’lib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda bo’la
olishlariga, ularga jamoaning orzu niyatlarini ruhlarga etkazish, ularning irodasini
talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga chuqur ishonganlar. Shamanlar, odatda,
ma’lum harakatlar: ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo’li bilan
nog’oralar va qo’ng’iroqlar ovozlari ostida jazavaga tushib, o’zini yo’qotish,
jazavaning yuqori nuqtasiga etish bilan afsungarlik qilishgan.
Sehrgarlik marosimlari ikki usul: yakka holda yoki jamoa bo’lib amalga
oshirilar edi. Afsungarlik maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: 1) zarar
keltiruvchi – yovuz afsungarlik. Bundan kimgadir zarar etkazish niyat qilinadi; 2)
harbiy afsungarlik. Bunday afsungarlik dushmanga qarshi qo’llaniladi (masalan,
qurol aslahalarni sehrlash); 3) sevgi afsungarligi, boshqacha aytganda, «issiq» yoki
«sovuq» qilish; 4) tibbiy afsungarlik. Davolashda ishlatiladi; 5) ob-havo
afsungarligi. Bu sehrgarlik turidan yomg’ir chaqirish yoki shunga o’xshash ob-
havoni o’zgartirish maqsadlarda foydalanilgan. Sehrgarlik hozirda ham mavjud
dinlarda, turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.
Fetishizm ( «fetish» so’zi fr. fétiche – «but», «sanam», «tumor» ma’nosidagi
so’zni anglatadi). Mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inishdir. Unga ko’ra
alohida buyumlar kishini o’z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarni
o’zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy, ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega.
Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning paydo
bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar
g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar.
Bunday