Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro


Ibtidoiy (urug’-qabila) dinlari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
True

Ibtidoiy (urug’-qabila) dinlari
fetishizm, totemistik, animistik 
tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shamon yoki qabila 
boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib 
ketgan. Hozirgi Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda 
saqlanib qolgan: 
IBTIDOIY DIN SHAKLLARI 
 
 
 
Totemizm – 
«ototem» so’zi Shimoliy Amerika indeetslarining Ojibve qabilasi 
tilida «uning urug’i» ma’nosini anglatadi va mohiyatan «odamning hayvonot yoki 
Ibtiodiy din 
shakllari
Fetishizm 
Animizm 
Totemizm 
Shomonlik 
Sehrgarlik 


11
o’simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor», deb e’tiqod qilishlik 
ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan 
hayvon yoki o’simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning 
diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo’lishi mumkin. 
Urug’dosh guruhlar o’zlarini umumiy belgilari va totemlari bo’lgan hayvon yoki 
o’simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Totemlarga bunday e’tiqod uzoq 
o’tmishga tegishlidir, ularning mavjud bo’lganligini faqat qadimgi rivoyatlargina 
tasdiqlaydi. Masalan, hozirgacha Avstraliya aborigenlari orasidan bu xususda 
afsonalar saqlanib qolgan.
Urug’dosh jamiyatning shakllanishida jarayonida totemizm muhim rol 
o’ynagan, ayniqsa, qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga, «o’zimizniki», 
ya’ni «bir totemga tegishli» degan aniq taassurot paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. 
Totemizm ta’sirida paydo bo’lgan urf-odatlar va me’yorlar asrlar davomida qat’iy 
ravishda qo’llanildi. Ayni totemga xos bo’lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va 
me’yorlaridan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli tabiiyki
totemistik ko’rinishlarning evolyusion xarakteriga ham ta’sir kuchini o’tkazmay 
qolmadi. Vaqt o’tishi bilan qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi 
jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqida tasavvur ilgari surildi. 
Zooantropomorf ko’rinishi bilan aralashgan holda odam bilan uning totemi 
qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar, ya’ni odam vafot etgach uning o’z 
totemiga aylanishi yoki, aksincha, qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlar 
paydo bo’ldi. Shunday qilib, totemizm urug’chilik jamoasida diniy ko’rinishlarning 
tarixiy asosi bo’lib qoldi.
Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy 
vazifalari, yuqorida aytib o’tilganidek birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi. 
Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi sanalsa-da, hozirda ham ko’plab 
xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (masalan, 
Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, qirg’izlarda oq bug’u afsonaviy baxt 
keltiruvchi hayvon sifatida ulug’lanadi).
Animizm
(lotin tilida «anima» – «ruh», «jon» ma’nolarini anglatadi). Animizm 
– ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonot, o’simlik 
va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni ilgari 
suruvchi ilk diniy shakllardan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim o’tmishda, 
ehtimol, 
totemistik 
qarashlar 
paydo 
bo’lgunicha, 
oilaviy 
jamoalarning 
shakllangunicha vujudga kelgandir.
Animizm totemizmdan farqli jihatlari haqida talabalarga aniq ma’lumot berish 
lozim. Albatta, totemizm ma’lum bir oilaviy guruhning ichki iste’moliga, uni 
boshqalardan farqlash maqsadiga yo’naltirilgan bo’lsa, animistik tasavvurlar keng va 
umumiy xarakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma’qul bo’lgan. Shu bilan 
birga u tabiatning qudratli kuchlarini – osmon va er, quyosh va oy, yomg’ir va 
shamol, momoqaldiroq va chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb 
bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki 
relefning ayrim alohida qismlari – tog’lar va daryolar, adir va o’rmonlar kabi odam 


12
e’tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo’lar edilar. 
Shunday bo’lgach, har qanday voqea-hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo’lish 
taqazo etilgan, qurbonliklar qilingan, ruhlar haqiga duo qilib, marosimlar 
uyushtirilgan. 
Animizm zamonaviy dinlarning barchasida asosiy aqidaviy qismni tashkil etadi. 
Jumladan, jahon dinlari sanalmish buddizm, xristianlik va islomda ham ruhlar 
haqidagi ta’limot mavjud.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin