Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
True

 
 
Diniy dunyoqarashning shakllanishi tadrijiy va jiddiy jarayon bo’lib, o’z 
ichiga ibtidoiy din shakllaridan tortib milliy va jahon dinlarini qamrab oladi. Dinlar 
unga e’tiqod qiluvchilar soni, o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud 
millat tanlamasligiga ko’ra turli guruhlarga bo’linadi. Bu haqida talabalarga etarli 
ma’lumot berish zarur. 
1.
 
Ibtidoiy (urug’-qabila) dinlari
– fetishizm, totemistik, animistik 
tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shamon yoki qabila 
boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib 
ketgan. Hozirgi Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda 
saqlanib qolgan: 
 
LEGITIMLAS
HTIRUVCHI 
 
DUNYOQARA
SH 
 
 
REGYULATI
VLIK 
 
 
KOMMUNIK
ATIVLIK 
 
INTEGRATIV
LIK 
 
 
KOMPENSAT
ORLIK 
 
 
 
FALSAFIY 
 
Dinning 
vazifalari 


8
2.
 
Milliy dinlar
– ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillarini o’ziga 
qabul qilmaydigan dinlar. Masalan, Yahudiylik (Yahudiy millatiga xos), hinduiylik 
(hindlarga xos), Konfutsiylik (xitoy millatiga xos), Sintoizm (yaponlarga xos). 
3.
 
Jahon dinlari
– dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan 
qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Buddaviylik, xristianlik 
va islom dini kiradi. 
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko’ra monoteistik – yakkaxudolik 
(Yahudiylik, islom) va politeistik – ko’pxudolik (hinduizm, konfutsiychilik) dinlari 
va h.k.ga bo’linadi.
Talabaning diqqatini
 
ibtidoiy din shakllaridan tortib urug’-qabila, milliy va 
jahon dinlarining paydo bo’lishi, rivojlanishining ijtimoiy, gnoseologik, psixologik 
ildizlari mavjud ekanligiga qaratish zarur.

Dinning ijtimoiy ildizi – ijtimoiy ehtiyojlar va insonlarni tabiatga, jamiyatga, 
bir-biriga bo’lgan munosabati bilan bog’liq sabablar yig’indisidir. 

Dinning gnoseologik ildizi – dunyoni, odamning o’z-o’zini bilish sohasi, 
mavhum tafakkurning taraqqiyoti bilan bog’liq sabablar. 

Dinning psixologik ildizi – diniy tushunchalar, tasavvurlari bilan bog’liq 
kishilarning ruhiy holatlari, kayfiyatlari, his-tuyg’ulari. 

E’tiqod (arabcha – i’taqa) ishonch, imonli bo’lish ma’nolarini anglatadi. Keng 
ma’noda e’tiqod inson faoliyati uchun ma’naviy asos, yo’l-yo’riq bo’lib, aql va 
iroda vositasida anglangan bilim, g’oya va shu asosda shakllanadigan maqsadlar 
majmuini hamda ularning to’g’riligiga ishonch bilan bog’liq bo’lgan psixologik 
holatni ifodalaydi.
Milliy istiqlol va ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot inson qadri, uning 
manfaatlari va ehtiyojlari bilan bog’liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Talaba 
yoshlarni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga 
tayyorlash, global fikrlash malakasini hosil qilish, dunyoqarashi va fikrlash 
qamrovini aqliy-kasbiy salohiyatiga uyg’unlashtirish asosiy vazifamizdir. Bu 
vazifani bajarishda esa diniy ta’limotlarning ijobiy ta’siri salmoqlidir. Din bag’rida 
shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari, ularning 
kishilarga ijobiy ta’sirchanlik masalalarini ilmiy jihatdan o’rganish va bu ma’naviy-
axloqiy qadriyatlardan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin