Sinion atrofida to’playdi; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolaydi.
4.
Oxirat kuniga ishonish. Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar, asosan
Talmudda bayon etilgan. Unga ko’ra, Yahvega chin e’tiqod qilganlar oxiratda
mukofotlanadilar. Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shafqatsiz jazo
oladilar.
Yahudiylik ta’limoti bo’yicha Muso payg’ambar Tur tog’ida Yahve bilan
uchrashganda Yagona Xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda
mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar Tavrotning
«Ikkinchi qonun» kitobidan o’rin olgan bo’lib, Yahudiylar ularga qat’iy rioya
qilishlari shart. Ular quyidagilardir:
1.
Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik;
2.
But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik;
3.
Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
4.
Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag’ishlash;
5.
Ota-onani hurmat qilish;
6.
Nohaq odam o’ldirmaslik;
7.
Zino qilmaslik;
8.
O’g’rilik qilmaslik;
9.
Yolg’on guvohlik bermaslik;
10.
Yaqinlarning narsalariga ko’z olaytirmaslik.
Yahudiylarning
muqaddas
diniy
manbalaridan
hisoblangan
Talmudda
Yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan. Unda Yahudiylar amal qilishi va
bajarishi lozim bo’lgan 248 ta buyruq, 365 ta taqiq mavjud. Ular Yahudiyning
ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari, marosimlar va
bayramlariga taalluqli masalalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar diqqatini Yahudiylikning manbalariga qaratsak maqsadga muvoffiq
bo’ladi. Yahudiy dini boshqa dinlar kabi o’zining muqaddas yozuvlariga ega.
Uning asosan ikkita manbasi bo’lib, biri – mil. av. XIII asrda yashagan va Isroil
xalqini Misrdan olib chiqib ketilishiga boshchilik qilgan Muso payg’ambarga Tur
tog’ida berilgan Tora (Tavrot; Torah of Moses; Totah shebikhtav, mil. avv. 11-6
asrlar o’rtasida shakllangan), ikkinchisi Tavrotdan keyinroq paydo bo’lgan yozma
manba Talmuddir (3-6 asrlarda shakllangan). Yahudiylikdagi bu ikki muqaddas
sanaladigan manba xristian Bibliyasining tarkibiy qismlarini (aynan emas) tashkil
etadi.