Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
True

 
Talabalarning diqqatini
 
Hindiston xalqining boy madaniyatiga qaratib, uning 
eng qadimgi muqaddas bitiklari va ular bilan bog’liq dinlar, ularning shakllanishi 
haqida atroflicha ma’lumot bermog’imiz lozim. Mil. av. ikkinchi ming yillik 
o’rtalarida Hindistonning shimoli-g’arbiy qismiga, hozirgi Panjob hududiga 
g’arbdan Hindikush dovoni orqali o’zlarini 
oriylar 
deb atalgan jangari xalqlar 
bostirib kela boshladilar. Bu xalqlar Eronga ko’chib kelgan qo’shni qabila tillariga 
juda Yaqin bo’lgan, hind-evropa tillaridan kelib chiqqan tilda gaplashar edilar. 
Harbiy jihatdan katta mahoratga ega bo’lishlari bilan birga she’riyatga ham usta 
edilar. SHu yo’l bilan ular bu mintaqada mavjud dunyoqarashni o’zlari xohlagan 
tarafga o’zgartira oldilar. Ular o’zlari bilan muqaddas yozuvlari – 
Vedalar
(sanskr. 
– 
muqaddas bilim
)ni ham olib kelgan edilar.
 
Hind adabiyoti juda boy, uch yarim ming yildan ortiq tarixga ega va bu 
adabiyotning boshlanishi Vedalardir. Vedalar doimo asos-manba bo’lib qolaveradi. 
Rigveda o’z sohasida nafaqat eng ko’zga ko’ringan kitob, balki Hindistonning o’sha 
davr voqealari haqida xabar beruvchi noyob manba hamdir. 
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo’lib, ular 
o’z ichiga ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi. 
Vedalar to’rt yirik to’plamdan iborat: 
2
Ќаранг: Диншунослик асослари. Т.: «Ўзбекистон», 1995, 48-бет. 
VEDALAR – «muqaddas bilim» 
Rigveda – «madhiyalar vedasi» 
Samaveda – «qo’shiqlar vedasi» 
Yajurveda – «qurbonliklar vedasi» 
Atxarvaveda – «afsun va jodular vedasi» 


19
Rigveda.
Rigveda – «madhiyalar vedasi» ma’nolarini beradi. Veda o’sha 
davrda yashagan insonning o’zi va uni o’rab turgan olam: xudolar, jin-shaytonlar, 
fazo, marosimlar, ijtimoiy tuzum, milliy qadriyatlar va boshqalar haqidagi bilimning 
barchasini o’z ichiga oladi. Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning to’plami, 
ya’ni, diniy yodgorlik bo’lib, uning mualliflari

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin