Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
True

Yahudiy 
so’zining kelib chiqishi haqida turli 
fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar» kitobida yozishicha, Yahudiylar bu so’zni somiy tillaridagi 
hoda 
– 
«tavba qilmoq, tavba qilganlar» so’zidan kelib chiqqan deb da’vo qilsalar-da
aslida bu fikr noto’g’ri, «Yahudiy» so’zi Banu Isroil xalqi ustidan hukmronlik 
qilgan Ya’qub Payg’ambarning o’g’li Yahudo nomiga nisbat berilgan. 
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil bo’lib, 
Isroil 
– Ya’qub 
payg’ambarning ikkinchi ismi, 
banu 
– «bolalar» ma’nosini beradi, ya’ni – «Isroil 
avlodlari». 
Yahudiy xalqiga nisbatan ishlatiladigan yana bir atama 
Yevrey
so’zi zamonaviy 
adabiyotlarda «Yahudiy» so’zining aynan tarjimasi sifatida ishlatiladi. Ammo bu 
ikki so’zning etimologiyasi turlicha: 
yevrey
qadimiy somiy tillardagi 
ibriy 
so’zining o’zgargan shaklidir. 
Ibriy
so’zi (arab. ‘
abara-ya’buru
– «kechib o’tmoq» 
fe’lidan) «kechib o’tganlar»
 
ma’nosini beradi. Tarixdan ma’lumki, Yahudiy 
qabilalari Urdun (Iordan) daryosini kechib, hozirgi Falastin hududiga kelganlar. 
Shuning uchun ularga 
ibriylar
yoki 
ibroniylar 
(«kechib o’tuvchilar»)
 
nomi 
berilgan.
 
Yahudiylik ta’limoti
: Yahudiylik ta’limoti to’rt asosga tayanadi 
1.
Olamlarni yaratuvchi Yagona xudo – Yahvega imon keltirish. Yahve so’zi 
«rabb, parvardigor» ma’nosini bildiradi. Tavrotning «Chiqish» kitobida 
Xudoning Musoga aytgan ushbu so’zi keltiriladi: «Yahve – ota-bobolaringiz 
Ibrohim, Is’hoq, Ya’qublarning parvardigori, u meni sizga yubordi» (Chiqish: 
3). Mil. av. VI asr oxirlarida Yahudiy ruhoniylari oddiy xalq hurmatini 
pasaytirib qo’ymasliklari uchun Yahve so’zini ishlatishni man etib, uning 
o’rniga murojaat uchun «Adonay» («Rabb, Xoja») so’zini qo’llashni 
buyurganlar. SHundan so’ng faqat ruhoniylargagina ibodat vaqtida Yahve 
nomini tilga olishlariga ijozat berilgan. Yahudiylik ta’limotiga ko’ra, Yahve 
olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa 
dam oldi va Yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shu sabab 
Yahudiylik dinida shanba kuni ulug’ kun hisoblanib, hech bir ishga qo’l 
urilmaydi. 
2.
Yahudiylar er yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va u «dunyoda berilajak 
in’omlarning eng haqlisi» ekanligi. Ular o’zlarini Xudo tomonidan saylangan, 
muqaddas xalq ekanini, Yahudiyning ruhi Xudoning bir qismi hisoblanishini 
da’vo qiladilar.


16
3.
Messiya – xaloskorning kelishi haqida. Unga ko’ra, oxirzamonda Yahve 
Yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1) dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi; 2) butun Yahudiylarni 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin