Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro


Ibtidodan  o’rin olgan.  «Chiqish»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104
True

Ibtidodan 
o’rin olgan. 
«Chiqish»
kitobida Muso payg’ambarning tug’ilishi, hayoti, Misr Fir’avni 
tomonidan qattiq zulmga tortilgan Yahudiylarni Yahve amri bilan xalos qilgani
unga Tur tog’ida Yahve tomonidan o’nta ”vasiyat” (zapoved)ning berilishi 
haqidagi rivoyatlar keladi. Bundan tashqari Yahudiylikning ibodatlari, rasm-
rusmlariga taalluqli ko’rsatmalar berilgan. 
«
Levit
» (Loviy) kitobi turli tuman urf-odat va diniy marosimlarga oid 
ko’rsatmalarni o’z ichiga olgan. Unda, asosan, qurbonlik haqida so’z yuritilib, 
Xudo yo’liga qanday hayvonni qurbonlik qilish yoxud, qay tarzda amalga oshirish 
lozimligi bayon qilingan. SHuningdek, Yahudiy xalqiga hayvon va parrandalardan 
qaysilarining go’shtini eyish mumkin va qaysilarini eyish ta’qiqlangani hamda 
boshqa turli hayotiy masalalar yuzasidan ko’rsatmalar berilgan. 
«Sonlar»
kitobiga ko’ra Yahudiy xalqining Muso payg’ambar boshchiligidagi 
Misrdan chiqishining ikkinchi kuni ularga urushga yaroqlik barcha erkaklarning 
hisobini olishga buyurdi. Bu kitobda Muso payg’ambar rahbarligidagi 
Yahudiylarning qabila, urug’, avlodlar bo’yicha asosiy namoyandalarining nomlari 
sanab o’tiladi. Yana, unda Misrdan chiqqan Banu Isroil qavmining Muso 
payg’ambar bilan kechirgan hayotlari va tortgan qiyinchiliklari va olib borgan 
janglari haqida so’z boradi. Yahve Musoga janglarda qo’lga kiritilgan o’lja va 
asirlarning hisobini olish va ularni qanday taqsimlash borasida ko’rsatmalar beradi.
«Ikkinchi qonun
» kitobi 34 bobdan iborat. 27, 31, 34-boblardan tashqari 
qolgan qismlari birinchi shaxs nomidan yozilgan. Bibliyada keltirilgan rivoyatga 


18
ko’ra, birinchi avliyo Xilkiya nomli shaxs Iosiya podshohligining 18 yilida, ya’ni 
mil.av. 621 yilda Quddus (Ierusalim) ibodatxonasida Qonun kitobini topgan. 
«Ikkinchi qonun»ning asosi ana shu Qonun kitobi hisoblanadi. 
Talabalarga Yahudiylik dini haqida ma’lumot berar ekanmiz, bu din eng 
qadimgi monoteistik dinlardan biri bo’lishi bilan birga, jahon dinlari bo’lmish 
xristianlik va islom dinlari vujudga kelishi va ta’limotining shakllanishiga katta 
ta’sir ko’rsatgan din ekanligi haqida to’xtalib o’tishimiz lozim.
Yahudiylar falastindan Assuriya quvg’inlari paytida – mil. avv. VIII-VI asrlarda 
Eronga ko’chib kela boshlaganlar. Erondan O’rta Osiyoga esa taxminan mil. avv. V-
III asrlarida ko’chib kelgan. Samarqand va Buxoroda Yahudiylik diniga e’tiqod 
qiluvchi Yahudiylar yashay boshlaganlar. 
Markaziy Osiyoda yashayotgan (hozirgi kunda kam qolgan) Yahudiy 
dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudizm mavjud va ular shartli 
ravishda etnik ko’rinishlar tartibiga muvofiqto’rt xil: evropalik, buxoro, gruzin, 
tog’li yoki tat Yahudiylariga bo’linadi
2
.
2.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin