Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104
True

, rishi
kuylovchilarning asosiy 
vazifalari xudolarni 
oriylar tomoniga
og’dirish bo’lgan. Ular madhiyalarni kuylab 
xudolarni maqtaganlar, ularning qahramonlik va sharaflarini ulug’laganlar, ularni 
qurbonlik keltirish marosimlariga taklif etganlar va shundan so’ng ulardan 
oriylar
ni 
qo’llab-quvvatlash hamda hayot farog’atlarini ato etishlarini so’raganlar. Xudolarga 
ta’cir etishning eng asosiy yo’li – ularga madhiya aytish bo’lgan. Rigveda qadimgi 
yunon dostonlari «Iliada» va «Odisseya»ning birgalikdagi umumiy hajmiga teng 
keladi. 
Samaveda. 
Boshqa vedalar orasida Rigvedaga ko’proq bog’liq bo’lgani bu 
Samavedadir. U hozirgi davrga ikki tahrirda etib kelgan (çākhā aynan. shahobcha): 
Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya (Rānāyaniya). Kautxuma to’plami 1810 
she’rdan iborat bo’lib, undan faqatgina 76 tasi Rigvedada uchramaydi. Undagi 
she’rlar, asosan, Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo’lib, tantanali 
qurbonlik marosimi paytida o’qiladi. To’plam ikki qismdan iborat: birinchi 
kichikroq bo’lgan hajmi Agni, Indra ilohiyatlariga, ikkinchisi Somaga qurbonlik 
keltirish marosimida aytiladigan qo’shiqlardan iborat. Hindistonda hozirgacha 
vedalarni kuyga solib kuylovchilar – 
samavedinalar 
saqlangan bo’lib, ularning turli 
maktablari mavjud. Keyingi paytlarda qadimiy musiqiy an’ananing davomi deb 
da’vo qilinayotgan zamonaviy ijro san’atini o’rganish bo’yicha ko’p ishlar qilindi.
Yajurveda 
qolgan vedalardan farqli o’laroq, to’laligicha 
shrauta (
qurbonlik 
marosimi) bilan bog’liq. Uning asosiy qismini qurbonlik usullari – 
yajus 
tashkil 
qiladi. Mazkur yajuslar marosimning ma’lum bo’limlarida ijro etilib, bu she’rlarni 
marosimning borishidan kelib chiqib tushunish mumkin.
Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I. Marosim. II. Yajus 
va mantralar. III. Braxmana sharhlari.
Atxarvaveda 
mil. av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy 
hind afsunlarini o’zida aks ettirgan. U boshqa vedalardan mazmun va mohiyat 
jihatdan farqli o’laroq, o’zining qadimiy hind jamiyatida mavjud bo’lgan barcha 
taraflarni, nuqson va kamchiliklarni o’zida aks ettirgan.
Atxarvaveda «Afsunlar va jodular vedasi» degan ma’nolarni anglatadi. U 
afsonaviy ruhoniy Atxarvana («Olov ruhoniysi») nomi bilan bog’liq. Bunga sabab 
o’sha davrda afsun va jodular olov ustida bajarilganligidir.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin