Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan barcha din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta’limot va ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy jihatdan o’rganuvchi fandir. «Din» tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa ko’p qirrali, murakkab va
ziddiyatli jarayondir. Din so’zi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo’lib,
ishonch, inonmoq ma’nosini bildiradi. E’tiqod so’zi ham arab tilidan kirib kelgan,
chuqur va mustahkam ishonch ma’nosida ishlatiladi. Demak, diniy e’tiqod
deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Din xudoga
e’tiqod qo’yish, unga ishonishdir. Aslida “din” so’zi qadimiy somit va yahudiy
tillaridan kelib chiqqan. Xristian dinidagi “religiya” so’zi lotin tilidagi “relegere”,
“religio” so’zidan olingan bo’lib, e’tiqod qiluvchi kishilar bilan xudoning
aloqadorligini bildiradi. Hindlarda dharma (qadimgi oriy tilida dhar – qo’llab
quvvatlash, himoya qilish demakdir) – ta’limot, adolat, qonun ma’nosini beruvchi
so’z ishlatilgan. Xitoy tilida chiao – ta’limot so’zi “din” ma’nosida ishlatiladi.
Hozirgi kunda “din” so’zi muayyan dunyoqarash, his-tuyg’u va marosimlar orqali
odamlar, ularning uyushmalari, xalqlar va millatlarning Yaqinlashuvi, ma’naviy-
axloqiy hayotdagi hamfikrlilik tushuniladi. Falsafiy nuqtai nazardan din jamiyat,
ma’lum bir guruh, individning ma’naviy hayotining bir sohasi; dunyoni
tushunushning bir usuli; dunyoqarashning, ma’naviy ishlab chiqarishning va
hayotiy faoliyatning bir turi, madaniyatning bir bo’lagi.
Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir to’g’ri hayot yo’lini ko’rsatadigan