Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro


va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
True

va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, 
qarash, ta’limotdir. 
Din va jamiyat hayotidagi dialektik aloqadorlikdan din va dunyoviy davlat 
munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyil – din sohasida kechayotgan 
o’zgarisharni xolis va ilmiy o’rganish, bashorat qilish va shundan kelib chiqib, 
ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengrok imkoniyat yaratish, salbiy holatlarni 
oldini olishdir. Dinga e’tiqod qilish yoki o’zga e’tiqodlar erkinligi milliy 
xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, 
huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina cheklanishi 
mumkin.
 
 
2. Dinshunoslik fanini o’qitishning asosiy maqsadi oliygoh talabalariga shu 
sohada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda 
ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo’llab, yoshlarda diniy qarashlar taraqqiyotga, 
inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish 
orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirishdan 
iborat.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotga asoslangan xolda dinshunoslik fanining 
asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:


6

Talabalarga din va diniy ta’limotlar, ularning mazmun-mohiyati haqida ham 
diniy talqinda, ham dunyoviy talqinda bilim berish; dinning ma’naviy, ijtimoiy, 
gnoseologik va psixologik ildizlari borasida falsafiy fikr yuritish; din va diniy 
ta’limotlarni o’uganishda ilmiylik, tarixiylik, ob’ektivlik prinsiplariga 
asoslangan xolda fikr yurita olish malakasi va ko’nikmalarini xosil qilish. 

Xalqimiz madaniyatining ajralmas qismi bo’lmish islom dinining jamiyat 
hayotida tutgan o’rni, ma’naviyat, san’at va adabiyotimizning rivojiga 
qo’shgan hissasi, davlatimiz ravnaqiga ijobiy ta’siri, dinimizning markazida
yaxshilikka, ezgulikka da’vat turishi, diniy qadriyatlar va umuminsoniy 
qadriyatlarning mushtarakligi, axloqiy masalalarga bo’lgan e’tibor kishilarni 
ezgulik va komillik sari etaklashini o’rganish. 

Talabalarga shu sohada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan 
masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo’llab, diniy 
qarashlar taraqqiyotga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib 
olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan 
imon va e’tiqodni shakllantirish.

Talaba yoshlarga dinni niqob qilib olgan turli oqimlarning asl mazmun-
mohiyatini, maqsadlarini ochib berish. Diniy fundamentalizm va ekstremizm 
haqida to’liq ma’lumot berish. 
Inson qadri uning ijtimoiy xususiyatlari, jamiyatda amalga oshirgan faoliyati, 
boshqalarga va atrof-muhitga munosabati, kamolotga etganligi, ijtimoiy 
xususiyatlarni o’zlashtirib olganligi va ularni ma’naviy qiyofasida namoyon qila 
olganligida ko’rinishini talaba yoshlar ongiga singdirishimiz darkor. Bugungi 
kunda ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk, barkamol inson – oliy qadriyatdir. Insonni 
etuklikka, komillik sari bilim, insoniy fazilatlar, umuminsoniy qadriyatlar 
etaklaydi albatta. Har bir diniy ta’limotning markazida esa yaxshilikka, ezgulikka 
da’vat turadi, diniy qadriyatlar va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, 
axloqiy masalalarga bo’lgan e’tibor kishilarni ezgulik va komillik sari etaklaydi.
3. Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo’lgan din xalqlar 
hayoti bilan bog’liq holda rivojlib, davrga moslashib, diniy tizimni vujudga 
keltirgan. Natijada ma’lum ijtimoiy-siyosiy va madaniy-axloqiy vazifalarni 
bajarishni o’z zimmasiga olgan. Bunday vazifalar jamiyat taraqqiyotining yuqori 
bosqichlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Avvalo din dunyoqarashlik vazifasini 
bajaradi. Shu bilan birga dinning jamiyatda ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari 
mavjuddir.
Dinning asosiy vazifalari haqida talabalarga atroflicha ma’lumot barish 
maqsadga muvoffiqdir. 
Har qanday din o’z homiylari uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:

to’ldiruvchi va ovutuvchi (kompensatorlik);

birlashtiruvchilik (integrativlik); 

dindorlar hayotini tartibga solish va nazorat qilish (regulyativlik);

jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqasini ta’minlovchi xususiyat – aloqa 
bog’lashlik (komunikativlik); 


7

Qonunlashtiruvchilik 
(legitimizatsiya) 
funksiyasi 
– 
dinning 
bu 
funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T. Parsons ishlab chiqdi. 
Uning fikricha, «har qanday ijtimoiiy sistema muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la 
olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq normalarini ishlab 
chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan 
munosabatni ham belgilaydi».
Bulardan tashqari dinning:

falsafiy vazifasi insonning yashashdan maqsadi, hayotning mazmuni, 
dorulfano, dorulbaqo – dunyo haqidagi masalalarga o’z munosabatini bildirishdan 
iborat; 

dunyoqarashlik vazifasi – kishilarda o’ziga xos diniy dunyoqarashni 
shakllantiradi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin