42
III-asrda mazkur maskanlarga buddizm bo’yicha tahsil olgani Hitoy budparastlari
tashrif buyurganlar”.
15
Olimlarning ta’kidlashicha, buddaviylik zardushtiylik va moniylik dinlariga
ta’siri katta. “Sayyid Nasafiyning e’tiroficha, Budda ta’limoti Zardushtiy
an’analarini vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatgan”.
16
Lekin, bir guruh mutaxassislar
tomonidan zardushtiylik dini dunyoning eng qadimgi dini sifatida qayd etilgan.
SHuning uchun, bu ikki qadimgi dinlarning o’zaro bir-biriga ko’rsatgan ta’siri
haqida gapirsak, xaqiqatga Yaqinroq bo’ladi. Ikkinchi guruh olimlarining
ta’kidlashicha, Zardusht va Moniy ta’limotlari buddizmdagi “katta g’ildirak”
mazhabining yuzaga kelishida muayyan rolga ega bo’lgan.
17
Yana uchinchi bir
nuqtai nazarga muvofiq,”Moniy ibn Fatakning nur va zulmat kuchlari o’rtasidagi
kurash g’oyasi aslida Budda va Zardusht g’oyalarining davomi edi. Moniy
Buddaning ta’limotini yaxshi o’rganib, uni moniylik adabiyotiga singdirganligi
turkiy matnlarda yaqqol ko’rinib turadi”
18
.
Buddaviylik dini bilan bog’liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga
solingan rasmlar hududimizda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim
o’rin
egallaydi.
XX
asrning
30-yillaridan
O’zbekistondagi
Qoratepa,
Dalvarzintepa, Fayoztepalarda olib borilgan arxeologik qazilma ishlarining
natijasi, buddizmning dastlab Surhon vohasida qo’nim topganligini nazariy va
amaliy jihatdan namoyon qildi. Bular orasida eng yirik inshoat eski Termizdagi
Qoratepa nomli g’or ibodatxonasidir (I-II asrlar). Qoratepa er osti ibodatxonalarida
saqlanib qolgan sanskrit, brahmiy va baktriy tillaridagi yozma yodgorliklar matni
namunalari: “Budda diniy e’tiqod (haqida) so’zlamoqda” yoki “Bu idish sadaqa
beruvchi ...Budda ulug’ e’tiqod (haqida) so’zlamoqda”.
19
Buddaviylik odamlarning barcha insonlarni xudo oldida tengligi, xalos
bo’lishning individual yo’li tanlanganligi, boshqa dinlarga munosabatda
bardoshliligi, tarixiy shart-sharoitlarga moslashuvchanligi kabi xususiyatlari bilan
davlat chegaralari va boshqa to’siqlardan o’tib jahon diniga aylangan.
Hinduiylikning siquvi natijasida miloddan avvalgi IV-III asrlarda dastlab Osiyo
qit’asining janubi va janubiy-sharqiga, milodiy I asrdan boshlab shimoli, shimoli-
g’arbi, va shimoli-sharqiga yoyilgan. Buddaviylik Hindistondan tashqari birinchi
bo’lib Seylon (SHri-Lanka)da davlat dini sifatida qabul qilingan. Bu erda dindorlar
uyushmasidan diniy tashkilot –
Dostları ilə paylaş: